So’nggi yangiliklar

23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1

O'zbekiston milliy terma jamoasi Yamanga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Yamanga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi

Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

13 noyabr kuni jamoa Toshkentdagi “Jar” stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'lotlar ikki guruhga bo'lingan holda olib borildi. Guruhlardan biri - 12 noyabr kuni KXDRga qarshi o'yinda maydonga tushgan futbolchilardan iborat bo'lib, ular engil, tinklanish mashqlarini bajarishdi. Ikkinchi guruhda esa saralashning 7-turida maydonga tushmagan jamoa azolari asosan jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishdi.

Takidlash kerakki, Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi 8-turi doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasiga raqib bo'ladigan Yaman terma jamoasining avvalgi o'yinlari murabbiylar shtabi tomonidan sinchkovlik bilan o'rganib chiqilmoqda. Raqibni yanada yaxshiroq o'rganish maqsadida terma jamoa texnik direktori Deyan Jurjevich Yamanning Filippinga qarshi o'yinini Manilada, stadiondan bevosita kuzatib bordi. Ayni paytda u Toshkentga qaytib kelgan va jamoa bilan birga.

O'zbekiston milliy terma jamoasining Yamanga qarshi o'yini 17 noyabr kuni, 20:30 boshlanadi. O'yin Qatar poytaxti Dohada bo'lib o'tadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi Dohaga charter reys bilan yakshanba kuni yo'l oladi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика