O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari Turkiyaga uchib ketishdi
31 may 2019 10:18
Yangiliklar


O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari Turkiyaga uchib ketishdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Turkiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish maqsadida Turkiyaga uchib ketishdi.
Bugun 31 may kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi Toshkent-Istambul-Antaliya yo'nalishi bo'ylab Turkiyaga yo'l oldi. U erda milliy terma jamoamiz Turkiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Uchrashuv 2 iyun kuni Alanya shahridagi "Alanya Stadium" o'yingohida bo'lib o'tadi.
SHundan so'ng milliy terma jamoamiz azolari 3 iyun kuni yarim tunda Toshkentga qaytib kelib, yig'inni davom ettirishadi.
7 va 11 iyun kunlari Toshkentdagi "Milliy" stadionda KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar