So’nggi yangiliklar

19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  1 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  2 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  2 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  3 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4 15:14Саудия Арабистони клублари Левандовскини сотиб олмоқчи  2 14:52"Андижон" янги легионерини Суперлига учун рўйхатдан ўтказа олмади  7 14:42Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  2 14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  3 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   40

O'zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyada tantanali ravishda kutib olindi Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyada tantanali ravishda kutib olindi

OK-2015 mahalliy Tashkiliy Qo'mitasi Osiyo Futbol Konfederaciyasi bilan hamkorlikda Sidneyda O'zbekiston milliy terma jamoasini tantanali ravishda kutib oldi.
6 yanvar kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi joylashgan SHangri-La mehmonxonasida O'zbekiston terma jamoasini tantanali ravishda kutib olish marosimi o'tkazildi. Qayd etish lozim, ushbu marosim chiroyli va o'ziga hos atmosferada o'tkazildi. Mazkur marosim taassurotlari O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasiga juda manzur bo'lganini qayd etish lozim.

Marosim davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari Sidneydagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashib ularga dastxat ulashdilar.

Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasini SHangri-La mehmonxnasida mahalliy aborigenlar qavmi ajoyib va o'ziga hos raqslar bilan kutib oldi.

SHu kuni O'zbekiston terma jamoasiga OFK va musobaqa tashkiliy qo'mitasi tomonidan ajratilgan maxsus avtobus berildi.

Quyida mazkur marosim va O'zbekiston terma jamoasining Sidneydagi ilk kunidan qiziqarli suratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

Jasur Hasanov Sidneydagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga dasthat ulashmoqda.

Bolalar O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashuvdan juda xursand bo'lishdi.

Ularga dastxat berishdan hech kim erinmadi. SHuhrat Muhammadiev ham bajonidil bolalarga dastxat ulashdi.

Bolalarning aytishicha, Osiyo Kubogida ular aynan O'zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilishadi.

Mahalliy aborigenlar qavmi.

Avstraliyadagi aborigenlarning milliy raqsi.

Raqsda nafaqat bolalar, balki yoshi katta insonlar ham ishtirok etishdi.

Ko'rinishidan ancha chaqqonga o'xshaydilar.

Esdalik uchun umumiy surat.

O'zbekiston terma jamoasining avtobusi esa aynan shunday ko'rinishda.

O'zbekiston terma jamoasini olib yuruvchi avtobus haydovichisi Markning aytishicha, uning muylovi unga faqat omad keltiradi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика