O'zbekiston milliy terma jamoasi 105-g'alabasini qo'lga kiritdi
14 okt 2014 21:49
Yangiliklar
O'zbekiston milliy terma jamoasi 105-g'alabasini qo'lga kiritdi
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 4:0 hisobida zafar quchdi.
Ushbu o'yin terma jamoamizning 226-uchrashuvdagi 105-g'alabasi bo'ldi. Vakillarimiz 49 marta durang o'ynashgan va 72 marta mag'lub bo'lishgan.
Bugungi o'yindagi urilgan to'rtta goldan so'ng umumiy gollarimiz soni 417taga etdi. O'tkazilgan gollar esa 269ta.
Malumot uchun, O'zbekiston BAA bilan 15-marta to'qnash keldi va 3-marta g'alabaga erishdi. Qolgan to'rt bahsda g'olib aniqlanmagan va 8 marta arablar zafar quchishgandi. To'plar nisbati 17:23ga o'zgardi. Futbolchilarimiz BAAga qarshi o'yinda ilk bor 2tadan ortiq gol urishdi.
O'zbekiston terma jamoasi 2014 yilda o'zining birinchi yirik g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu yil bo'lib o'tgan 8ta o'yinning hech birida vakillarimiz yirik hisobda g'olib chiqishmagandi. So'nggi bor termamiz 2013 yil 15 noyabr kuni Osiyo Kubogi-2015 saralashi doirasidagi Vetnamga qarshi bahsda yirik g'alabani (3:0) qo'lga kiritgandi.

Fikrlar