So’nggi yangiliklar

23:30Элит ОЧЛ. "Ал Насср" ва Роналду мусобақани тарк этди. "Кавасаки Фронтале" финалда!  80 23:01ЕЧЛ. "Барселона" – "Интер". Бошланғич таркиблар аниқ!  17 22:45Сергей Лебедев: "Назаримда, бугунги ўйинда ёмон ҳаракат қилмадик"  4 22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  3 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  3 21:58Россия кубоги. "Зенит" – ЦСКА. Бошланғич таркиблар аниқ!  9 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  3 19:40Гюндоган Рюдигер ҳақида: "Тонида провокацион хулқ-атвор бор. У кубок финалида чегарадан чиқди"  18 19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  9 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  6 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  1

O'zbekiston Liga kubogi nega kerak edi? Diyor Imomxo'jaev javob berdi Yangiliklar

O'zbekiston Liga kubogi nega kerak edi? Diyor Imomxo'jaev javob berdi

Ko'p berildi shu savol, javob berishga harakat qilamiz.

Bir yil avval Superligada 12 ta jamoa ishtirok etgandi (shunisi maqul variant degan fikrimni o'zgartirmaganman). 2019 yil jamoalar soni 14 taga etkazildi. Bu esa Superligada o'yinlar soni kamayishiga olib keldi. Bir yil avval jamoalar chempionatda 32 turda ishtirok etgan bo'lsa, buy il o'yinlar soni 26 taga tushib qoldi.

OFK bir mavsum davomida professional jamoalar minimum 27 ta o'yinda ishtirok etishi kerak degan talabni qo'ygan. Superliganing biror klubi O'zbekiston kubogidagi birinchi o'yinidayoq mag'lub bo'lsa, aynan 27 dona uchrashuv o'tkazgan bo'ladi. Endi solishtirib ko'ring. Aytaylik, biz havas qiladigan APL jamoalari bir mavsumda o'ldim deganda 40 ta uchrashuv o'tkazsa, bizda esa 27 ta. Farq juda sezilarli.

O'tgan yili #lokomotiv bir mavsumda 40 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Bizning sharoitda bu yaxshi ko'rsatkich. Ligani tark etgan #neftchi esa 34 ta uchrashuv o'tkazgan. 27 va 34 orasida farq katta. Liga kubogi mana shu farqni nisbatan yaqinlashtiradi. Guruh bosqichida jamoalar minimum 3 ta uchrashuv o'tkazishi inobatga olinsa, demak oddiy bir jamoada bir mavsumda 30 ta uchrashuv o'tkazishning imkoniyati bor.

Xo'sh, bu o'rtoqlik turnirimi? Yo'q, bu rasmiy turnir. CHunki unda olingan qizil kartochkalar, sankciyalar qolgan musobaqalarga tasir o'tkazadi. Klublar unga qanday munosabatda bo'lishni esa o'zlari hal qilishlari mumkin. Kimdir Gvardiolaga o'xshab hamma turnirda zafar quchmoqchi bo'ladi, kimdir Kloppning yo'lidan yurib, chempionat va xalqaro maydonni tanlab oladi. O'zPFL esa mazkur turnir g'olibini (balki finalchilarini) qanday qilib taqdirlash ustida ish olib boradi. Balki finalchilarga qishda Turkiyada 10-12 kunlik bepul yig'in tashkil qilib berilar, balki yo'q. Ishlayapmiz shuning ustida.

Liga kubogi nima uchun FIFA kunlariga tushib qolgan? Bu savolni biroz o'ylab berish kerak. CHunki FIFA kunlari 3—11 iyunga tayin qilingan. O'zPFL taqvim ishlab chiqayotganida 2 iyun kuni Turkiya bilan o'yin bo'lishini xayoliga ham keltirmagan. Rejamizga ko'ra, 1 iyun kuni jamoalar klublari safida o'ynab, ertasiga terma lageriga jo'nab ketishlari kerak edi. Biz buni hisobga olganmiz.

Nima uchun "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'yinlari surildi? 11 iyun kuni FIFA kuni tugasa, 14 iyunda ular Superliganing 11-turida maydonga tushishi kerak edi. 72 soat — normal ko'rsatkich. Taqvim tuzayotganda klublarimiz OCHL guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o'tadi, degan yaxshi niyatimiz bo'lgan. O'tganlarida, ular 17-18 iyun kunlari xalqaro o'yinlarda ishtirok etishlari mumkin edi. Afsuski, o'ta olishmadi va endi o'yinlarini bemalol ortga surishimiz mumkin.

CHunki FIFA kunlarida terma 3 ta o'yin o'tkazyapti. Bu normadan biroz yuqori ko'rsatkich. Kuper bir futbolchini har uch o'yinda maydonga tushirmasa kerak, biroq tushirishi ham ehtimol. SHunday ekan, "Lokomotiv" yoki "Paxtakor"ning ehtimoliy futbolchilarida tiklanish uchun biroz vaqt bo'lgani yaxshi.

Taqvim, musobaqalar va uning atrofidagi savollar bo'lsa, har biriga javob berishga tayyormiz", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z sahifasida. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика