O'zbekiston - KXDR uchrashuvi chiptalari 5 noyabrdan sotuvga chiqadi
03 noy 2015 09:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/180502_original.jpg)
![](/upload/storage/180502_220.jpg)
O'zbekiston - KXDR uchrashuvi chiptalari 5 noyabrdan sotuvga chiqadi
Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi oltinchi tur o'yinlari doirasidagi O'zbekiston - KXDR o'yini chiptalari 5 noyabrdan sotuvga chiqadi.
Markaziy "Paxtakor" o'yingohida bo'lib o'tadigan ushbu uchrashuv chiptalarini 5 noyabr kunidan boshlab stadion kassalaridan sotib olish mumkin. Barcha oddiy sektorlar uchun chipta narxi bir xil 15 000 so'mdan qilib belgilangan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - KXDR uchrashuvi 12 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar