O'zbekiston Kubogi, saralash bosqichi. Raqamlarda
01 apr 2014 14:00
Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi, saralash bosqichi. Raqamlarda
30 mart yakshanba kuni O'zbekiston Kubogi o'yinlariga start berildi.
Saralash bosqichida birinchi liga jamoalari ishtirok etdi. Kuyida mazkur ortda qolgan o'yinlardagi etiborga molik raqamlarga to'xtalib o'tamiz.
12 UCHRASHUV
O'zbekiston Kubogining saralash bosqichida jami 24 nafar jamoa o'rtasida kurash kechdi. O'tkazilgan 12 o'yinning 9tasida mezbonlar muvaffaqiyat qozongan bo'lsa, qolgan 3ta bahsda mehmonlarning qo'li baland kelgan. “SHo'rtan”, “Guliston” hamda “Istiqlol” safarda o'ynashiga qaramay keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. “CHust-Paxtakor”, “Xotira-79”, “Oq-tepa”, “Qo'qon-1912”, “Alanga”, “Xorazm”, “SHerdor”. “SHo'rtan”, “Mashal-2”, “Istiqlol” hamda “Bunyodkor-2” jamoalari 1/16 final bosqichida oliy liga klublariga qarshi bahs olib borishadigan bo'ldi.
IRODALI G'ALABALAR
Saralash bahslari qaysidir jamoa uchun omadli kechgan bo'lsa, yana qaysidir klub uchun aksincha bo'ldi. Xususan “Zomin” – “Guliston” o'yinining barcha bo'limlari durang bilan tugagach, navbat penaltilar seriyasiga etib keldi. Unda mehmonlarning omadi chopdi.
CHustda kechgan “CHust-Paxtakor” – “Lokomotiv-BFK” o'yinida ham asosiy bo'limlarda durang qayd etilgach, qo'shimcha taymlar o'tkazildi. Unda mezbonlar bitta to'p kiritib g'alabani o'z tomonlariga og'dirib olishdi.
Irodali g'alaba deganda qaysidir manoda “Oq-tepa”ni “NBU-Osiyo” ustidan erishgan g'alabasini aytsa bo'ladi. CHunki mezbonlar shu kuni 89-daqiqada penaltidan raqib darvozasini ishg'ol etib, keyingi bosqich uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.
O'z maydonida hamshahari “Obod”ni qabul qilgan “Bunyodkor-2” ham 90 daqiqadan iborat bo'limlarda 2:2 hisobida durang o'ynab, qo'shimcha taymlarda raqib qiyin ahvolga solib qo'ydi. Boisi ular bu bo'limlarda naqd 5ta (!!!) to'p kiritib irodali va shu bilan birga ishonchli g'alabaga erishdi.
Joriy yil birinchi ligada ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan “Istiqlol” ham saralash bahsida iroadali g'alabasini tantana qildi. Jamoa “Paxtakor-2”ga o'yinning birinchi taymida 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Lekin jamoa azolari ikkinchi bo'limda raqib darvozasi tomon uch bor yo'l topa bildi va shu tarzda irodali g'alabaga erishdi.
Kosonda o'tgan “Alanga” – “Spartak” bahsida ham muxlislar qo'shimcha taymlarga guvoh bo'lishdi. Unda mezbonlar bitta to'p kiritib g'alabaga erishdi.
41 GOL
O'tkazilgan 12 o'yinda jamoalar hammasi bo'lib 41ta gol urishdi. Ularning 29tasi mezbonlar hisobiga yozilgan bo'lsa, qolgan 12tasini mehmonlar urishgan. Har bir uchrashuvga o'rtacha 3.41tadan gol demakdir. Gollarga boy bo'lgan o'yin deb – “Bunyodkor-2” – “Obod”ni aytish mumkin, 7:2! Vadim SHodimatov boshqaruviga o'tgan “Bunyodkor-2” ushbu saralash bahslarida eng ko'p to'p kiritgan jamoa sifatida tarix zarvaraqlaridan o'rin oladigan bo'ldi. Etiborlisi yosh “qaldirg'ochlar” uchrashuvning asosiy bo'limlarida 2:2 hisobida durang o'ynab, qo'shimcha taymlarda raqib darvozasiga naqd 5ta (!!!) to'p kiritib ko'pchilikni etiborini tortdi. Birinchi liganing yangi vakili Toshkentning “Obod” jamoasi esa mavsumdagi
Uchrashuvlarning birinchi bo'limida muxlislar jami 17ta golga guvoh bo'lishdi. Ikkinchi taymda esa yana 17 gol urilgan. Ayrim o'yinlarning asosiy taymi durang bo'lgani uchun qo'shimcha bo'limlar ham o'tkazildi. Unda esa 7ta gol urilgan.
TEZKOR GOL VA AKSINCHA
O'zbekiston Kubogining saralash bahslarida eng tezkor gol bu 2-daqiqaga to'g'ri keldi. Uni “Zomin” futbolchisi D.Nurullaev kiritdi. Aksincha saralash bahslaridagi eng so'nggi gol esa 115-daqiqada penaltidan kiritildi. Unga “Bunyodkor-2” azosi Nodir Mavlonov mualliflik qildi.
O'Z DARVOZASIGA GOL
Mazkur o'yinlarda to'satdan o'z darvozasiga to'p kiritib yuborgan futbolchi ham uchradi. Bu – Nukusning “Orol” jamoasi o'yinchisi X.Otamurodovdir. Bu futbolchi “Xorazm”ga qarshi bahsning 42-daqiqasida o'z darvozasini nishonga olib jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi.
9TA PENALTI
Ortda qolgan o'yinlarning 8tasida hakamlar darvozalar tomon jami 9ta penalti belgiladi. Ularning 8tasi aniq amalga oshirilgan bo'lsa qolgan 1tasi noaniq tepildi.
Aniq amalga oshirgan futbolchilar
Isroil Tursunov – “Istiqlol”
Baxtiyor Ochilov – “SHerdor”
Nodir Mavlonov – “Bunyodkor-2”
SHahzod Mannonov – “Xorazm”
Islom Seytnazarov – “Orol”
Sobir Usmonxo'jaev – “Oq-tepa”
Omil Mo'minov – “Xotira-79”
Javlon Egamov – “Lokomotiv-BFK”
Noaniq tepilgan penalti
Akmal Yuldashev – “O'zDongJu”
73TA SARIQ
Bo'lib o'tgan 12 uchrashuvda hakamlar futbolchilarni ayab o'tirmadi. Negaki mazkur bahslarda hammasi bo'lib 73 nafar futbolchi sariq kartochka bilan jazolandi. Ogohlantirishlarning 42tasi mezbon futbolchilar nomiga yozilgan. Qolgan sariq kartochkalarning 31tasi esa mehmon jamoalarning o'yinchilariga tegishli.
Birinchi bo'limdagi sariq kartochkalarning soni 22tani tashkil etdi. Ikkinchi bo'lim va qo'shimcha taymlarda umumiy 51ta sariq ko'rsatilgan.
Mazkur Kubok o'yinida eng intizomli jamoa Buxoroning “Spartak” jamoasi bo'ldi. Sababi bu klub o'yinchilarining birortasi hakam tomonidan hattoki sariq kartochka ham olmadi.
Bu borada “Zomin”, “CHust-Paxtakor” hamda “Xotira-79” jamoalari 5tadan sariq kartochka olib, intizomsiz klublar bo'lishdi.
5TA QIZIL
Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar futbolchilarni sariq kartochka bilan siylash bilan birga cho'ntagidan qizil kartochkalarini ham chiqarishga majbur bo'ldi. Xususan qora kiyim sohiblari o'tkazilgan o'yinlarda hammasi bo'lib 5ta qizil kartochka ishlatishga majbur bo'ldi. Etiborlisi andijonlik hakam Akmal Rahimov “Xotira-79” – “Kosonsoy” bahsida mehmonlarning ikki nafar o'yinchisiga qizil ko'rsatdi.
Umuman aytganda mazkur bahslarda ko'rsatilgan qizil kartochkalarning 1tasi mezbon jamoa o'yinchisiga berilgan bo'lsa, qolgan 4tasi mehmonlar nomiga yozilgan.
Qizil olgan futbolchilar
Azamat Qutbiddinov – “Kosonsoy”
Sardor Asqarov – “Kosonsoy”
G'ayrat O'daev – “Xorazm”
D. Iskandarov – “Obod”
Farrux Zikriyoev – “Guliston”
ENG KO'P TOMOSHABIN YANA QO'QONDA YOXUD “BUNYODKOR-2” O'YINIGA MUXLIS KIRMAGAN
Kubok o'yinlarini jami 21470 nafar tomoshabin bevosita stadiondan turib kuzatdi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 1789ta muxlis kirganini anglatadi.
Eng ko'p muxlis yana Qo'qonda kechgan o'yinga kirgan. “Qo'qon-1912” – “O'zDongJu” bahsiga 6455 nafar tomoshabin kirgani uchrashuv qaydnomasiga yozilgan.
Bu borada Toshkentdagi o'yinlarni olib aytadigan bo'lsak narsi 115ta muxlis kirganini ko'rish mumkin. Xattoki “Bunyodkor-2” – “Obod” uchrashuviga nechta ishqiboz kirgani yozilmagan. Demak uchrashuv tomoshabinlarsiz o'tgan.
Toshabinlar kimda qanday?
Alanga – Spartak – 2:1. 132 tomoshabin.
Mashal-2 – G'ijduvon – 2:0. 78 tomoshabin.
Paxtakor-2 – Istiqlol – 2:3. 115 tomoshabin.
Registon – SHo'rtan – 0:1. 54 tomoshabin.
SHerdor – G'allakor-Avtomobilchi – 3:0. 207 tomoshabin.
Bunedkor-2 – Obod - 7:2.
Xorazm – Orol – 4:2. 5221 tomoshabin
Qo'qon-1912 – Uz-Dong-JU – 2:0. 6455 tomoshabin.
Oqtepa – NBU-Osiyo – 2:1. 95 tomoshabin.
Xotira-79 – Kosonsoy – 2:0. 3577 tomoshabin.
CHust-Paxtakor – Lokomotiv-BFK– 2:1. 2021 tomoshabin.
Zomin – Guliston – 1:1, penaltilar bo'yicha – 1:3. 3515 tomoshabin.
Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.

Fikrlar