So’nggi yangiliklar

22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  1 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" "Lokomotiv"ga 4ta gol urib yarim finalga chiqdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" "Lokomotiv"ga 4ta gol urib yarim finalga chiqdi

Teglar :  PaxtakorLokomotiv
O'zbekiston kubogining chorak finalidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv natijasini shu sahifada kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


Stadion projektorlaridan biri to'liq ishlamayapti. SHu bois o'yin boshlangani yo'q. Nihoyat o'yin boshlandi. 3-daqiqada Rahmatullaevning zarbasidan keyin to'pni Nesterov egallab oldi. 

5-daqiqada Ismoil Gonsalveshning uzoq burchakka bergan zarbasi ozgina noaniq chiqdi. 12-daqiqada Ikrom Aliboevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

21-daqiqada burchak to'pidan so'ng SHerzod Azamov boshi bilan zarba berdi, Nesterov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Egor Krimec boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 1:0. 

34-daqiqada Anzur Ismoilovning boshi bilan bergan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

41-daqiqada CHeranning jarima to'pidan yo'llagan zarbasini Nesterov qaytardi.

42-daqiqada Sadriddin Abdullaev CHeranga boshi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etdi.  

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.


Birinchi bo'lim statistikasi
Burchak zarbalari: 2 - 1
Sariq kartochkalar: 1 - 2
Qizil kartochkalar: 0 - 1
Zarbalar: 6 - 4
Noaniq zarbalar: 3 - 0
To'pni ushlab turish: 50 - 50


Ikkinchi taym boshlandi. 53-daqiqada Gonsalveshning havodan uzatgan to'pini Tiago Bezerra darvozaga yo'lladi - 2:0. 

56-daqiqada Ikrom Aliboevning jarima to'pini amalga oshirdi, noaniq.

82-daqiqada Tiago Bezerra birga bir vaziyatda to'pni Nesterovning ustidan tashlab qo'ydi - 3:0. 

89-daqiqada Igor Sergeev o'ng qanotdan Yaxshiboev uzatgan to'pni darvozaga yo'lladi - 4:0. 

O'yinda "Paxtakor" g'alaba qozondi va yarim finalga chiqdi.


1/4 final. 18 sentyabr
20:00 - “Paxtakor” – “Lokomotiv” 4:0
Hakamlar:  
Ahrol Risqullaev,  Andrey Capenko,  Sanjar SHoyusupov,  Vadim Agishev.
Nazoratchi
:  Artyom Arutyunov.
Komissar:  Baxtiyor Namozov.

Gollar: Egor Krimec 21, - 1:0. Tiago Bezerra 53, - 2:0. Tiago Bezerra 82, - 3:0. Igor Sergeev 89, - 4:0.

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Akmal SHorahmedov, SHerzod Azamov, Azimjon Ahmedov (Vladimir Kozak, 70), Dilshod Rahmatullaev (Jahongir Ahmadov, 66), Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboev, 82), Ismoil Gonsalvesh (Igor Sergeev, 78), Egor Krimec, Farrux Sayfiev, Dragan CHeran (Jamshid Iskanderov, 85), Tiago Bezerra
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijonov, Bahrom Abdurahimov, Kamoliddin Tojiev,

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze (Diyor Turopov, 84), Sadriddin Abdullaev, Ikrom Aliboev, Temurxo'ja Abduxoliqov (Sardor Rashidov, 58), Sardor Mirzaev (Husniddin G'ofurov, 72), Islom To'xtaxo'jaev, Sanjar SHoahmedov (Azizbek Omonov, 90), Oleg Zoteev, Anzur Ismoilov, Igor Yelich
Zaxira: Mamur Ikromov, Nikolay Pogrebnyak, Idris Bikmaykin, Alisher SHog'ulomov, Farrux Ibrohimov

Ogohlantirishlar: Eldorbek Suyunov 42, Islom To'xtaxo'jaev 48, Farrux Sayfiev 60, Vladimir Kozak 74.

CHetlatish: Sadriddin Abdullaev 42.


Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика