So’nggi yangiliklar

17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  1 17:05CAFA Nations Cup. Ўмон Қирғизистон билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)   6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  2 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  3 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  5 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  5 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  5 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  13 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  7

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" 9:0 hisobida yutgani foydasizmi? "Nasaf" 1:0 hisobida yutsa, keyingi bosqichga chiqadimi? Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" 9:0 hisobida yutgani foydasizmi? "Nasaf" 1:0 hisobida yutsa, keyingi bosqichga chiqadimi?

Bugun O'zbekiston kubogi 3-turi doirasidagi bahslar start oldi.

"H" guruhidagi vaziyat bo'yicha ko'pchilik juda ko'p savol bilan murojaat qilmoqda. Oxirgi turda "Paxtakor", OKMK va "Nasaf"ning ochkolari teng bo'lib qolsa dastlab nimaga qaraladi? Keyingi bosqichga kimlar chiqadi?



Reglamentga ko'ra, ikki va undan ortiq qatnashchi to'plagan ochkolar teng bo'lib qolsa, ularning o'rni quyidagi ketma-ketlik bo'yicha aniqlanadi:
1.o'zaro uchrashuv(lar) natijasiga ko'ra;
2.o'zaro uchrashuvlarda olingan ochkolar natijasiga ko'ra;
3.o'zaro uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;
4.barcha uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;
5.barcha uchrashuvlarda urilgan to'plar soniga ko'ra;
6.barcha uchrashuvlarda raqib maydonida urilgan to'plar soniga ko'ra;
7.barcha uchrashuvlarda erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;
8.barcha uchrashuvlarda safar o'yinlarida erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;
9.barcha uchrashuvlarda uy o'yinlarida uchralgan mag'lubiyatlar sonining aks tasiriga ko'ra.




Bizning holatimizda aytaylik "Nasaf" "Paxtakor"ni bitta to'p farqi bilan yutdi (1:0, 2:1, 3:2 va hokazo) va ochkolarini 6 taga etkazib oldi. OKMK esa "Navoiy FA"ni istalgan hisobda mag'lub etdi va ochkosini 6 taga etkazdi.  

Bunday holatda uchta klubda ochkolar soni 6 tadan bo'ladi va aynan mana shu uchta klubning o'zaro o'yinlari hisoblanadi. "Navoiy FA"ga qarshi bahslar olib tashlanadi.

Etiborlisi yuqoridagi reglamentning dastlabki uchta qatoridagi barcha ko'rsatkichlar teng bo'ladi:


"Paxtakor" 3 ochko, to'plar farqi 0
OKMK 3 ochko, to'plar farqi 0
"Nasaf" 3 ochko, to'plar farqi 0

Endi reglamentning to'rtinchi qatoriga o'tamiz: barcha uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra; Bunday holatda "Navoiy FA"ga qarshi bellashuvlar ham o'z kuchida qoladi va guruhdagi umumiy to'plar farqiga qaraladi.

Ayni paytda vaziyat bunday:


"Paxtakor" to'plar farqi +10
"Nasaf" to'plar farqi +3
OKMK to'plar farqi 0

"Nasaf" bitta to'p farqi bilan yutsa +4 bo'ladi, "Paxtakor"da esa +9 ga aylanadi. Yani "sherlar" Karmanaga asosiy futbolchilarni olib borib yirik hisobda yutgani shu joyda as qotadi.

Demak hamma gap OKMK - "Navoiy FA" uchrashuvida qoladi. Olmaliq klubi keyingi bosqichga chiqishi uchun imkon qadar yirikroq hisobda yutishi talab etiladi.

Har qanday holatda ham, 13 may kungi bahslarni diqqat bilan kuzatish kerak bo'ladi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика