So’nggi yangiliklar

23:50"Арсенал" — "Тоттенхэм". Эдегор, Стерлинг ва Сон асосий таркибда  0 23:47"Интер" — "Болонья". Барелла, Димарко, Тюрам ва Лаутаро асосий таркибда  0 23:34"Бавария" — "Хоффенхайм". Сане, Мюллер ва Кейн асосий таркибда  1 23:06"Манчестер Юнайтед" Сузуки билан шартнома имзоламоқчи  5 22:38"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:15"Пахтакор" назорат учрашувида Япония вице-чемпионига мағлуб бўлди  8 21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  8 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  3 21:01МЮ Антони борасида Ла Лига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 20:35ПСЖ Jordan брендидан янги либослар тўпламини тақдим этди  0 20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  5 19:51"Нефтчи" назорат баҳсида Сербия клубини мағлуб этди, Искандеровдан гол  14 19:30Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон Кувайт дарвозасига 5та тўп киритди  2 19:18Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев "Манчестер Сити" клуби хўжайини билан учрашди  9 18:42"Бразилия ЖЧ-2026да Неймар учун ўйнамаса, чемпион бўла олмайди"  7

O'zbekiston kubogi finallari tarixidan. Temur Jo'raev qahramonga aylangan 2007 yilgi “loy jangi” Yangiliklar

O'zbekiston kubogi finallari tarixidan. Temur Jo'raev qahramonga aylangan 2007 yilgi “loy jangi”

Bugun Qarshida 2023 yilgi O'zbekiston kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Biz esa tarixdagi yodda qolarli finallardan birini yodga olishga qaror qildik. 2007 yil "Bunyodkor" ("Quruvchi") va "Paxtakor" o'rtasida kechgan O'zbekiston kubogi finali "loy jangi" nomi bilan tarixda qolgan. 

Bu ikki jamoa qaysi musobaqada, qanday sharoitda bo'lmasin doim bir-biriga munosib kurash taqdim etib kelgan. Muxlislar ham boshqa uchrashuvlarga qaraganda Toshkent derbisiga ko'proq etibor qaratishardi. Moziyga nazar tashlaydigan bo'lsak, ikki poytaxt grandi ishtirokidagi murosasiz bahslar ko'p kuzatilganini ko'rishimiz mumkin. Ulardan biri 2007 yil O'zbekiston kubogi finalidan o'rin olgan, “loy jangi” nomi bilan tarixga kirgan bellashuvdir. Bugun loyihamizning navbatdagi soni orqali ushbu o'yin tafsilotlari, futbolchilarning fikrlarini, qiziqarli voqealari borasida fikrlashamiz. Malumot o'rnida “Bunyodkor” jamoasi dastlab “Quruvchi” deb nomlangan.


Mazkur o'yindan oldin “Paxtakor” yarim finalda jiddiy qarshilikka uchraydi. Yuriy Sarkisyan boshchiligidagi “Neftchi” qiyinchilik bilan taslim etiladi. Bilsangiz, farg'onaliklar o'sha vaqtlarda yuqori o'rinlar uchun kurashardi. Qolgan jamoalarga munosib raqobat tug'dirardi. Ko'pchilik ishqibozlar hamon “Neftchi”ning poytaxt klublari bilan uchrashuvlarini qo'msashadi. O'zbekiston kubogi finali chiptasi tikilgan bahsda “sherlar” 3:2 hisobida zafar quchgandi. Bu davrga kelib sovrinli o'rinlar uchun kurashga yangi “Quruvchi” qo'shildi. Tarkib keskin kuchaytirildi, Aziz Haydarov, Gochkuli Gochkuliev, Baxtiyor Ashurmatov, Jasur Hasanov, Viktor Karpenko kabi yuqori saviyadagi futbolchilar taklif qilindi. Debyut mavsumdayoq kumush medallariga ega chiqdi. Albatta, Oliy ligadagi birinchi mavsumdayoq ikkinchi o'rin yomon natija emasdi. Ammo, jamoada yilni sovrin bilan yakunlash imkoni yuzaga kelgandi. Buning uchun mamlakat kubogi finalida “Paxtakor”ni taslim qilish talab etilardi, holos. Biroq, raqib safida ham mahoratli futbolchilar etarli darajada edi. Ixeruome Uche, Server Jeparov, Temur Kapadze, Ilhom Suyunov va boshqalar. Qaysidir manoda favorit ular hisoblanardi. Yosh murabbiy Mirjalol Qosimov ustozligidagi jamoa yarim finalda “Mashal”dan kichik hisobda ustun keladi. G'alaba to'pini 16 yoshlik Dmitriy Kuzin kiritgandi.


Final o'ta noqulay ob-havo sharoitida yani 9 dekabr kuni o'tkaziladi. O'yinga MHSK stadioni mezbonlik qilgan. SHu kuni Toshkentda kuchli yomg'ir yoqqan, buning oqibatida maydon umuman to'p tepib bo'lmaydigan ahvolga kelib qolgandi. SHundoq ham futbol mavsumi tugab bo'lgan, aksariyat klublar tanaffusga chiqib ketgandi. Bahs sanasini esa boshqa kunga belgilashni sira iloji bo'lmasdi. Havoning avzoyi buzuq bo'lishiga qaramasdan 11 mingdan ziyod muxlis stadionga tashrif buyurgandi, qolaversa Qosimovning murabbiylik faoliyatidagi ilk finali sanalardi.


O'yinni ayni paytda "Olimpik" jamoasida faoliyat olib borayotgan Noil Lutfullin boshqaradi. Maydon sirpanchiq, bamisoli haqiqatdan ham "loy jangiga" aylangandi. Asosiy va qo'shimcha bo'limlarda hisob ochilmagach, jamoalar penaltilar seriyasiga yuzlanishadi. Qiziq bir holat, jamoalar lotareya boshlanishidan oldin darvozabonlarni almashtirishadi. Ignatiy Nesterov o'rniga Temur Jo'raev, Pavel Bugalo o'rniga Oleg Belyakov maydonga tushadi.


“Paxtakor”dan 11 metrlik nuqtadan zarbalarni Server Jeparov, Islom Inomov, Temur Kapadze, Komoliddin Tojiev, Asror Aliqulov, Ildar Magdeev behato tepadi. “Quruvchi”dan Aleksandr Xvastunov, Viktor Karpenko, Yorqin Nazarov, Sergey Lushan, Gochguli Gochguliev, SHavkat Salomov aniq amalga oshiradi. Ettinchi zarbani aslida Baxtiyor Ashurmatov tepishi kutilgandi. Ammo, so'ngi pallada murabbiy Rashid G'ofurovni oldiga chaqiradi. Uning bergan zarbasini darvozabon Temur Jo'raev qaytaradi. Ayni paytga kelib chigal holat yuzaga kelgandi. Agarda, Belyakov raqib futbolchisi tepgan zarbani qaytarsa vaziyat tenglashardi. Bo'lmasa, barchasi tugardi. Amalda Temur Jo'raev ohirgi zarbani mukammal ijro etadi. Tarixiy “loy jangi”da g'olib “Paxtakor”. Keyinchalik keyingi finallarda ular ko'p bor o'zaro to'qnash kelishdi. Lekin, bugun eslab o'tgan uchrashuv tarixdagi eng qiziqarlisi bo'lgandi. Futbolchilar ham bu borada turlicha fikr bildirishadi.

Rashid G'ofurov o'z intervyusida aslida nima bo'lganini aytib bergandi: “Eh, eslatmang. Ajoyib o'yin bo'lgandi. Ehtiyotkorlikka urg'u berib penaltilar seriyasigacha etib bordik. Hisob teng bo'lib turganda Baxtiyor Ashurmatov navbatdagi zarbani yo'llashi kerak edi. “Rashid, siz boring har holda yarim himoyachisiz”, dedi menga. O'sha paytga qadar bunday masuliyatli pallada penalti tepmagan edim. Hullas, Mirjalol akaning topshirig'iga binoan to'p tepiladigan nuqtaga bordim. Xayolimda to'pni yuqori burchakka tepmoqchi bo'ldim. Lekin, so'ngi pallada fikrim o'zgardi. Afsuski, zarba ko'ngildagidek chiqmadi”.

O'sha o'yinda ishtirok etgan Ilhom Suyunov esa bahsni shunday yodga oladi: "2007 yil MHSK stadionida bo'lib o'tgan "loy jangi"ni yaxshi eslayman. O'sha paytlari "Bunyodkor" endi paydo bo'lgan va birinchi urinishda finalga chiqqan edi. Tarkiblar teng ko'rinishda edi. Omad bizga penaltilar seriyasida kulib boqqan. Rashid G'ofurov penaltini bajara olmaganidan so'ng bizdan Temur Jo'raev gol urib bizga kubokni tuxfa etgan edi" 

"Paxtakor" himoyachisi Asror Aliqulov "loy jangi" haqida: To'g'risi, hozir o'zim ishtirok etgan final o'yinlaridan har birini yilma-yil aytib berishim qiyin. Bu borada ko'proq “MXSK” stadionida “Quruvchi”ga (Hozirgi “Bunyodkor”) qarshi kechgan bahsni yaxshi eslayman. “Loy jangi” bo'lgandi. Ob-havo ham shu kuni biroz noqulay kelib, kutilgan o'yinni namoyish etishga har ikki jamoa ham qiynalgandi. Asosiy vaqtlarda kuchlar teng kelgach, lotoreyada omad “Paxtakor”ga kulib boqqandi. Juda yoqimli g'alaba bo'lgandi.



O'zbekiston kubogi – 2007, Final
09.12.2007 14:00. MHSK stadioni, 11500 tomoshabin
“Paxtakor” – “Quruvchi” 0:0 penaltilar seriyasida 7:6
Bosh hakam:
Noil Lutfullin.
“Paxtakor”: Ignatiy Nesterov (Temur Jo'raev, 116), Ilhom Suyunov, Anzur Ismoilov, Asror Aliqulov, Islom Inomov, Renat Bayramov (Ildar Magdeev, 80), Server Jeparov, Ixeruome Uche, Odil Ahmedov(Komoliddin Tojiev, 113), Anvar Soliev, Aleksandr Geynrix (Zayniddin Tojiev, 96).
“Quruvchi”: Pavel Bugalo (Oleg Belyakov, 119), Bahtiyor Ashurmatov, Abdumajid Toirov (Temur Yafarov, 118), Gochkuli Gochkuliev, Sergey Lushan, Rashid G'ofurov, Aleksandr Xvostunov, Jasur Hasanov (Yorqin Nazarov, 100), Aziz Haydarov, Viktor Karpenko, Ilhom Mo'minjonov (SHavkat Salomov, 12)



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика