So’nggi yangiliklar

14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  0 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   17 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  19 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3

O'zbekiston kubogi finallari tarixidan. "Paxtakor" Skolari va Rivaldosi bor "Bunyodkor"ni qanday mag'lub etgandi? Yangiliklar

O'zbekiston kubogi finallari tarixidan. "Paxtakor" Skolari va Rivaldosi bor "Bunyodkor"ni qanday mag'lub etgandi?

2009 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvini yodga olamiz.

Mamlakat kubogi finalida "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari to'qnash kelishgan. Ushbu to'qnashuv 2007 yilda boshlangan bo'lib, dastlabki finalda ("Loy jangi") "Paxtakor" penaltilar seriyasida g'olib bo'lgan, 2008 yilda esa Anvar Solievning qo'shimcha taymlarda urgan gollari evaziga "Bunyodkor" kubok sohibi bo'lgan. Uchinchi to'qnashuv ham oldingilaridan aslo qolishmagan edi.

Avgust oyining sakkizinchi sanasida "Paxtakor" stadioni muxlislar bilan deyarli to'lgandi. Ikkala jamoa muxlislari ilk daqiqalardanoq shiddatli hujumlar guvohiga aylanishgan. Ikkala jamoa ham gol urish uchun ilk soniyalardan oldinga o'tishgan. 

10-daqiqada Aleksandr Geynrix Ignatiy Nesterov bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotganida Xayrulla Karimov bilan to'qnashadi. Bosh hakam Marat Ismoilov ushbu vaziyatda Karimovga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatadi va "qaldirg'ochlar" uchrashuvning 10-daqiqasidanoq 10 kishi bo'lib qolishadi. "Bunyodkor" ustozi Luiz Felipe Skolari hujumchi Xose Luis Vilyanueva o'rniga himoyachini tushirishga majbur bo'ladi.

35-daqiqada bahs taqdirini hal qilgan gol uriladi. Murod Xolmuhammedov autdan to'pni to'g'ri jarima maydoniga otib beradi, himoyachilar qaytargan to'p bo'sh turgan Stanislav Andreevga boradi, u darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oladi - 1:0.

Ikkinchi taymda Rivaldo boshchiligidagi "Bunyodkor" har qancha urinmasin gol ura olmagan va kubok "Paxtakor"ga nasib qilgan. "SHerlar" bir yil oldingi mag'lubiyat alamini shunday olishgandi.

G'ulom O'runov bu finalni quyidagicha yodga oladi: "Juda og'ir va qiyin bellashuv o'tkazganmiz. Rivaldo 36 yosh bo'lishiga qaramasdan unga qarshi o'ynash qiyinchilik tug'dirgan. Murabbiy meni unga personal o'yinchi sifatida qo'ygandi. Uni yonidan jilmasligim talab qilinardi. CHunki, u bitta pas bilan jamoadoshlarini oldinga boshlardi va hujumni tashkil qilardi. Men shu paslarga to'sqinlik qilishim va zararsizlantirishim kerak bo'lgan"




«PAXTAKOR» - «BUNYODKOR» - 1:0 (1:0)
08.08.2009. Toshkent. «Paxtakor» Markaziy stadioni. 27 543 tomoshabin

Hakamlar:
Marat Ismoilov-8,5; Aleksey Mironov-9,0; Mamur Saidqosimov-9,0; Baxtiyor Tog'aev-8,0
Nazoratchi: Rahim Mo'minov

Gol: Stanislav Andreev (35).

«PAXTAKOR»: Temur Jo'raev (Erkin Jabborov 78), Ilhom Suyunov, Anzur Ismoilov, Boyan Miladinovich, Murod Xolmuhammedov, Darko Markovich, Akmal Xolmatov, Odil Ahmedov, Stanislav Andreev (Ildar Magdeev 68), G'ulom O'runov, Aleksandr Geynrix (Farxod Tojiev 83)

«BUNYODKOR»: Ignatiy Nesterov, Sahob Jo'raev (Viktor Karpenko 73), Xayrulla Karimov, Anvar G'ofurov, Aziz Haydarov, Joao Viktor, Jasur Hasanov, Server Jeparov (Anvar Soliev 46), Edson Ramos, Rivaldo, Xose Luis Vilyanueva (Ruslan Melziddinov 16)

Ogohlantirishlar: Server Jeparov 20, Odil Ahmedov 35, Ilhom Cuyunov 45, Jasur Hasanov 85, Anvar G'ofurov 87, Ruslan Melziddinov 87, Erkin Jabborov 88, Edson Ramos (uchrashuv yakunlangach).

CHetlatishlar: Xayrulla Karimov 10, Ilhom Suyunov 87 (2SK)


VIDEO 




Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика