O'zbekiston kubogi finallari raqamlarda

Narzulla Saydullayev
10 noya 2023, 11:50
12 noyabr kuni Qarshi shahrida 2023 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bo'lajak bahsdan oldin o'quvchilarimiz e'tiboriga qiziqarli statistikani havola qilmoqchimiz:


O'zbekiston kubogi finallarida...

Eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar:
Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov va Anvarjon Soliev - 11tadan

Eng ko'p gol urgan futbolchilar:
Anvarjon Soliev va Dragan Cheran - 5tadan

Eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchilar:

Anvar G'ofurov, Ilhom Suyunov va Azizbek Haydarov - 3tadan

Qizil kartochka olgan futbolchilar:

Ilhom Suyunov, Azizbek Haydarov, Jasur Hasanov, Rustam Do'rmonov, Shuhrat Rahmonqulov, Uche Ixeruome, Baxtiyor Ashurmatov, Akrom Komilov, Ulug'bek Ro'zimov, Islom To'xtaxo'jaev, Farhod Magametov, Xayrulla Karimov, Oybek Bozorov.

Dublga erishgan futbolchilar:
Jafar Irismetov, Leonid Koshelev, Andrey Akopyanc, Anvarjon Soliev, Gochguli Gochguliev, Irakli Klimiashvili, Oleksandr Pishchur, Yovan Jokich, Dragan Cheran.

Xet-trik qayd etgan futbolchi:

Dragan Cheran.

Eng ko'p maydonga tushgan darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov - 11ta, Eldorbek Suyunov 6ta.

Eng ko'p gol o'tkazgan darvozabonlar:
Georgiy Zabirov - 13ta (4ta o'yinda), Ignatiy Nesterov 10ta (11ta o'yinda).

Avtogol qayd etgan futbolchilar:
Sergey Lebedev - 2ta, Sherzod A'zamov - 1ta.

Eng ko'p tomoshabin kelgan finallar:
"Do'stlik" - "Dinamo" 30 ming tomoshabin (2000 yil), "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 30 ming tomoshabin (2017 yil).

Eng kam tomoshabin kelgan final:
"Neftchi" - "Paxtakor" 2 ming tomoshabin (1996 yil).

Eng ko'p final o'tkazilgan stadionlar:

"Paxtakor" - 18 marta, "Dinamo" - 3 marta.

Eng ko'p gol urilgan final:
"Paxtakor" - "Neftchi" 6:3 (2002 yil)

Penaltilar seriyasi bo'lgan finallar:
"Paxtakor" - "Bunyodkor" 0:0, pen 7:6 (2007 yil), "Neftchi" - "Paxtakor" 0:0, pen 5:4 (1996 yil), "Navbahor" - "Temiryo'lchi" 0:0, pen 6:5 (1992 yil).

Eng ko'p ishlagan hakam:
Ravshan Ermatov - 5 marta.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia