So’nggi yangiliklar

02:13Ироқ мураббийи ФИФАдан ЖЧ плей-офф ўйинини қолдиришни сўради: "Бизга тайёргарлик учун вақт керак"  0 01:35Алиссон ва Кьеза "Галатасарой"га қарши ўйнамайди: Слот вазиятга ойдинлик киритди  0 01:10«Каттақўрғон» ўз сафига уч нафар янги ҳимоячини қўшиб олди, улар орасида «Пахтакор» тарбияланувчилари ҳам бор  0 00:48"Реал" Почеттинони олиб келмоқчи: Арбелоага фақат мўъжиза ёки Чемпионлар Лигасидаги ғалаба ёрдам беради  3 00:19Англия Кубоги: Чорак финалда "Манчестер Сити" ва "Ливерпуль" ўзаро тўқнаш келади  8 00:0523 та қизил карточка ва оммавий муштлашув: Халк финалдаги даҳшатли ҳолатда ҳакамни айблади  0 23:01"Мен Лео қолади деб кафолат бермаганман" — Лапорта Хавининг айбловларига жавоб қайтарди  8 22:30Неймар 2023 йилдан бери илк бор Бразилия терма жамоасининг кенгайтирилган таркибига киритилди  1 21:59Абдуқодир Ҳусановнинг трансфер нархи нега ошмади? Англиялик эксперт жавоб берди  7 21:23"Манчестер Сити" футболчиси 80 000 фунт жарима тўлайди  4 20:59Мбаппе "Реал" шифокорларига ишонмаяпти — у 3 ойдан бери жароҳат билан ўйнаб келган  9 20:41Осиё Кубогидаги шов-шув: Эрон терма жамоасининг 5 нафар футболчиси полиция ёрдамида қочиб кетди  16 20:04Маунт "Манчестер Юнайтед"даги келажаги бўйича бир қарорга келди  0 19:43Суперлиганинг 2-турида ҳакамлар бир нечта қўпол хатога йўл қўйди  40 19:31"Ливерпуль" раҳбарияти бош мураббийга шарт қўйди. Слотдан нималар талаб қилинмоқда?  7

O'zbekiston Kubogi. Finallar tarixidan Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. Finallar tarixidan

Bugundan boshlab, “Nasaf” PFK rasmiy sayti O'zbekiston Kubogi finaliga oid malumotlarni, xabar va yangiliklarni berib boradi.

O'zingizga malum, 30 noyabr chorshanba kuni Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida O'zbekiston Kubogi-2016ning final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda “Nasaf” jamoasi “Bunyodkor”/”Lokomotiv”  jamoalari juftligining g'olibi bilan kuch sinashadi.

Bu yil o'zbek futboli tarixidagi XXIV O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'zbekiston Kubogi musobaqasi 1992 yildan boshlab o'tkazila boshlangan. Ilk finalchi “Navbahor” va “Temiryo'lchi” jamoalari bo'lishgan. Mazkur o'yin Samarqand shahrida o'tkazilgan. Namanganning “Navbahor” jamoasi O'zbekiston Kubogining ilk sohibi hisoblanadi. Oradan 23 yil o'tib, Samarqand shahri yana final uchrashuviga mezbonlik qilmoqda.

O'zbekiston Kubogining amaldagi egasi Qarshining “Nasaf” jamoasi hisoblanadi.

O'zbekiston Kubogi finaliga oid faktlar


SHu paytgacha O'zbekiston Kubogini mamlakatimizning etti jamoasi qo'lga kiritgan.


“Paxtakor” – 11 marta (1993, 1997, 2001/02, 2002/03, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011 yillar)

“Bunyodkor” – 4 marta (2008, 2010, 2012, 2013 yillar)

“Navbahor” – 3 marta (1992, 1995, 1998 yillar )

“Neftchi” – 2 marta (1994, 1996 yillar)

“Do'stlik” – 1 marta (1999/00  yil)

“Lokomotiv” – 1 marta (2014 yil)

“Nasaf” – 1 marta (2015 yil)

Eng ko'p finalga mezbon bo'lgan stadion: “Paxtakor”  markaziy stadioni – 18 marta. 2014 yildan buyon finallar boshqa stadionlarda o'tkazilmoqda.

Eng ko'p tomoshabin kirgan final: “Do'stlik” – “Samarqand” (30000 tomoshabin) 1999/2000 yillar

Eng ko'p gol urilgan o'yin: “Paxtakor” – “Neftchi” 6:3 (qo'shimcha vaqtda) 2001/2002 yillar

Eng kam gol urilgan uchrashuvlar: “Navbahor” – MHSK (1:0), “Paxtakor” – “Neftchi” (1:0), “Paxtakor” – “Bunyodkor” (1:0), “Bunyodkor” – “SHo'rtan” (1:0), “Lokomotiv” – “Bunyodkor” (1:0).

Kubok finallarida 3 marta penaltilar seriyasiga, 4 bor qo'shimcha vaqtlarga murojaat qilingan. Finallarda jami 62 marta to'p darvozalarga kiritilgan (penaltilar seriasidan tashqari). Final uchrashuvlariga jami 287 048 tomoshabin tashrif buyurgan.

O'zbekiston Kubogi finallari tarixidagi eng so'nggi gol muallifi – SHerzod Azamov hisoblanadi (“Nasaf”).

O'zbekiston Kubogi finallarini eng ko'p boshqargan hakam


O'zbekiston Kubogi final uchrashuvlarini eng ko'p boshqargan hakam Ravshan Ermatov hisoblanadi. Ravshan Ermatov shu paytgacha 2010, 2011, 2012, 2013, 2015 yillardagi final uchrashuvlarini boshqargan. Ravshan Ermatovgacha finallarda ko'p ishlagan hakamlar ikkita bo'lgan, Gali imomov (4 marta) va Noil Lutfullin (4 marta)

Berdiev uchun murabbiy sifatida to'rtinchi final


“Nasaf” klubi uchun navbatdagi final o'z tarixidagi oltinchisi bo'ladi. Ro'ziqul Berdiev esa bosh murabbiy sifatida o'z jamoasini finalda to'rtinchi marta (2012, 2013, 2015, 2016 yillar) maydonga olib tushadi. 2003 yilda bo'lib o'tgan “Nasaf” ishtirokidagi finalda Ro'ziqul Berdiev jamoaning sardori sifatida maydonda harakat qilgan. 2011 yildagi finalda esa, yordamchi murabbiy bo'lgan.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика