O'zbekiston Kubogi finalini koreyalik hakam boshqaradi
06 noy 2014 18:57
Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi finalini koreyalik hakam boshqaradi
Bizga etib kelgan malumotlarga qaraganda, O'zbekiston Kubogi finalini koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Xabaringiz bor, 12 noyabr kuni Olmaliq shahrida “Lokomotiv” va “Bunyodkor” o'rtasida mamlakat Kubogining hal qiluvchi final bahsi bo'lib o'tadi. Avvalroq bu o'yinni turkiyalik Juneyt CHaqir boshqarishi haqida gap-so'zlar chiqqandi.
Ammo keyinchalik Janubiy Koreyadan tashrif buyuradigan hakamlar boshqarishi malum bo'ldi. Bosh hakam - Kim Dong Jin. Unga qanotlarda hamyurtlari yordam berishadi. Eslatib o'tamiz, Kim Dong Jin 2011 yil Qarshida o'tkazilgan OFK Kubogi finalini boshqarib borgan va o'sha bellashuvda “Nasaf” Quvaytning “Quvayt SK” klubini 2:1 hisobida mag'lub etgandi.

Fikrlar