So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  29 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  8 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  4 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  105 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

O'zbekiston kubogi finali uchun chiptalar bugundan sotuvga chiqadi. Narxlar 30 mingdan boshlanadi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi finali uchun chiptalar bugundan sotuvga chiqadi. Narxlar 30 mingdan boshlanadi

12 noyabr kuni Qarshidagi “Markaziy” stadionida 2023 yilgi O'zbekiston kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

2024/25 yilgi mavsum xalqaro maydonda mamlakat sharafini himoya qilish huquqini taqdim etuvchi final o'yinida “Nasaf” hamda OKMK jamoalari saf tortadi.

Final uchun chiptalar 8 noyabr — chorshanba kunidan boshlab elektron sotuvga chiqariladi. Bu borada Liga iTicket bilan hamkorlik qiladi. 10 noyabr — juma kunidan etiboran “Markaziy” stadion kassalarida sotuv boshlanadi.

CHiptalar 4 toifaga ajratilgan bo'lib, CIP sektor uchun chipta narxi 100 ming so'mni tashkil qiladi. Mos ravishda 1-2 sektor chiptalari 50 ming so'mdan, 6-7-8 sektor chiptalari 40 ming so'mdan, qolgan barcha sektorlar uchun chipta 30 ming so'mdan sotuvga chiqadi.

CHipta savdosi bilan bog'liq ko'ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida futbol muxlislaridan chiptada ko'rsatilgan maxsus belgilarni suratga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etmaslik yoki nusxa ko'chirish uchun boshqa shaxslarga bermaslik so'raladi. Sababi maxsus belgi bilan stadionga faqatgina bir marta kirish mumkin bo'lib, qolgan xuddi shunday belgili chipta egalari stadion hududiga kira olmaydi.

OKMK klubiga muxlislik qiluvchilarga 4-sektordan chipta xarid qilish tavsiya etiladi. “Markaziy” stadionga kirish huquqini beruvchi yillik abonement yoki shu kabi akkreditaciyalar bilan stadionga kirish mumkin emas. Boisi bellashuv mezboni biror futbol klubi emas, O'zbekiston Professional futbol ligasi hisoblanadi.

CHipta xarid qilish istagida bo'lgan korxona va tashkilotlar bevosita iTicket bilan bog'lanishlari mumkin.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика