So’nggi yangiliklar

05:45Чемпионлар Лигаси. ПСЖ финалда "Интер"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  2 01:55ПСЖ финалда "Интер"га жавобсиз 5та гол урди ва ўз тарихида биринчи марта ЕЧЛ бош совринига эга чиқди  179 00:51Сарри Римга қайтишга яқин  2 00:21"Ал Ҳилол" Зиданга йилига 100+ млн евро таклиф қилганди. Мураббий эса...  2 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  1 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  1 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  1 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  61 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  2 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  1 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  37 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1

"Nasaf" ketma-ket uchinchi marta O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi! Yangiliklar

"Nasaf" ketma-ket uchinchi marta O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi!

O'zbekiston kubogining hal qiluvchi uchrashuvi yakunlandi.

O'zbekiston kubogi, final

"NASAF" - OKMK 1:0

12 noyabr, 2023 yil. Qarshi, "Markaziy" stadioni. 17:00

Bosh hakam: Aziz Asimov.

Qanot hakamlari: Olim Abduvasilov, Timur Gaynullin.

Zaxira hakami: Rahimbek Karimov.

VAR: Ilgiz Tantashev.

AVAR: Aleksandr Sidorov.

Nazoratchi: Bobur Haydarov.

Komissar: SHerzod Rajabov.

Gol: 1:0 — 71 (penalti), Javohir Siddiqov.

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 2. Alibek Davronov, 5. G'olib G'aybullaev (S), 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 9. Javohir Sidiqov (70. Jambuli Jigauri, 80), 17. Suhrob Nurulloev (99. Azizbek Amonov, 60), 19. Mateus Lima Kruz (10. Andres CHaves, 90+5), 34. SHerzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov (21. Doniyor Narzullaev, 90+5), 88. Marko Stanoevich (18. Bahrom Abdurahimov, 60).

Zaxiradagilar: 1. Umidjon Ergashev, 25. Bekjon Rahmatov, 28. SHuhrat Muhammadiev, 32. Zafar Hakimov

OKMK: 1. Botirali Ergashev, 2. Akramjon Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov (39.Aslbek Umirzoqov, 87), 7. Dilshod Ahmadaliev, 10. Xurshid G'iyosov (19.Muhammadanas Hasanov, 80), 15. Oybek Rustamov, 17. Sanjar Tursunov (88.Siavash Xaqnazariy, 80), 20. Islom To'xtaxo'jaev, 27. Martin Boake, 29. Vitaliy Denisov (24.Murat Ermatov, 87)

Zaxiradagilar: 12.Dilshodbek Yoqubov, 25.Valijon Rahimov, 23.Iskandar Businov, 38.Sirojiddin Bashriddinov, 40.Jahongir Fozilov

Ogohlantirish: Suhrob Nurulloev (54), Islom To'xtaxo'jaev (62), G'olib G'aybullaev (75), Sanjar Tursunov (77), Mateus Lima Kruz (90+4), Abduvohid Nematov (90+6), Martin Boake (o'yin yakunlangandan keyin).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

 Uchrashuv yakunlandi! "Nasaf" ketma-ket uchinchi marta O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi!

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

87. OKMK tarkibida o'zgarishlar ro'y berdi.

85. Ergashev o'z joyini tashlab chiqib, jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi.

84. Jigaurining zarbasi xavfli chiqdi, biroq biroz aniqlik etishmadi.

80. Ikkala jamoa tarkibida o'zgarishlar sodir bo'ldi.

78. Mozgovoyning zarbasini Ergashuv qaytardi.

77. Uchrashuvning eng qiziq pallasiga etib keldik: janjal boshlandi.

75. Bugungi o'yinda jamoasining masuliyatini zimmasiga olgan G'aybullaev sariq kartochkani ham o'z zimmasiga olib qo'ydi.

71. GOOOOOOOOOOLLL!!! Siddiqov penaltini panenka uslubida ijro etib, "Nasaf"ni hisobda oldinga olib chiqdi! 

70. Penalti! OKMK darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgilandi.

68. OKMK jarima maydonida ichida to'p yiqilgan Komilovning qo'liga tegdi. Hakam VARga murojaat qildi.

66. Xavfli vaziyat! "Nasaf" futbolchilari ketma-ket ikkita hujumni ko'kka sovurdi.

62. Zabardast To'xtaxo'jaev hakam bilan bahslashib qoldi. Asimovdan norozi OKMK futbolchisi men zalda ko'p shug'ullanganman, bilaklarimda dahshatli kuchim bor deya qarash qildi. Hakam esa miyig'ida kulib, mening cho'ntagimda sariq kartochkam bor deya javob qaytardi.

61. Hozirgina maydonga tushgan Abdurahimovning zarbasidan so'ng Ergashev yiqildi va to'pni ilib oldi. Qo'shnilarimdan birini darvozabonlarga o'xshataman. CHunki u 8 yil institutga o'qishga topshirgan. 

60. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish ro'y berdi.

56. Stanoevichdan ajoyib zarba! Ha, do'stlar yarim himoyachi darvozaga tepgandan ko'ra uzatmalar amalga oshiravergani maqul ekan.

54. Futbolchi qanchalik bosiq bo'lmasin, uni gapirmasdan hayratlantirish ham mumkin. Hakam cho'ntagidagi jokerlardan biri yordamida buni Nurulloev misolida amalga oshirdi.

50. Davronov qoyilmaqom qilganday bosh bilan raqib posboni ming chiransa ham sakrab etolmaydigan nuqtaga zarba berdi. Natijada erkin zarba bilan to'p o'yinga kiritiladigan bo'ldi.

48. Rustamov ikkinchi bo'limda jamoalar darvozalarni almashganini unutib qo'ydi shekilli, uning baxtiga zarba noaniq ko'rinish oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. Birinchi bo'limga 20 soniya vaqt qo'shib berildi va yakunlandi.

41. Tursunov maydon markazida oyog'ini ushlab yotgan paytda sport salomatlik garovi ekanligini eslatib o'tmoqchiman.

38. OKMK futbolchisining qanotdan uzatmasi kuzatmaga aylanib ketdi.

33. Boakening yiqilishi qo'rqinchi filmlarning yakuniy epizodlaridan birini eslatib yubordi.

31. Siddiqovning kuchli zarbasini Ergashev qaytardi, qaytgan to'pni esa Nasrullaev muxlislarga sovg'a qildi.

30. Boakedan xavfli zarba! Ahmadalievning uzatmasidan so'ng OKMK hujumchisi bosh bilan raqib darvozasini nishonga oldi, Nematov to'pni egallab oldi.

27. Rustamov qanday futbolchi bilmadim-u, lekin undan yaxshi ovchi chiqarkan. Hatto u qushlarni to'p bilan ovlashi mumkinligiga hozir amin bo'ldim.

24. Tursunov yakkakurashda to'p qolib, Siddiqovni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

22. Nasrullaevning zarbasiga atigi 6 metr aniqlik etishmadi.

18. Futbolda ham basketbol qoidalari joriy etilganda, Boake hisobni ochgan bo'lardi.

16. SHerigini oldinga boshlagan Lima Kruz uni Mbappega o'xshatib yubordi.

13. Abdurahmatov bir raqibini aldab o'tdi, ikkinchisi uni "Suyunchi" filmidagi epizod singari to'xtatmoqchi bo'ldi, ammo uddasidan chiqa olmadi. Uchinchisi esa "Nasaf" himoyachisiga rahm-shafqat qilib o'tirmadi.

6. Stanoevichning zarbasini yaxshiroq ko'rishim uchun qo'limni peshonamga qo'yib turdim.

5. G'olib G'aybullaev raqib futbolchisi bilan to'p uchun kurashda g'olib chiqdi.

2. Lima futbolga ilk marta tashrif buyurgan yashil kiyimdagi barvasta xodim tomon pas berdi. Yon chizig'dan OKMK to'pni o'yinga kiritadi. 

1. Dastlabki hujumni mehmonlar tashkil etdi. Boake-G'iyosov tandemi mezbonlarni xavotirga solib qo'ydi, yakunda G'aybullaev to'pni qaytarib yubordi.

1. O'zbekiston kubogining hal qiluvchi o'yini boshlandi. Har ehtimolga qarshi yon-atrofingizda darz ketishi mumkin bo'lgan buyumlarni uzoqroqqa olib qo'yishni maslahat beraman. Bugun to'qqizta gol ko'rishimiz shart emas, jamoalardan murosasiz va shiddatli o'yin kutib qolamiz.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun "Nasaf" to'q ko'k, OKMK oq rangli libosda harakat qiladi. 


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun O'zbekiston kubogining hal qiluvchi uchrashuvini birgalikda kuzatib boramiz. Sizningcha, bugungi bellashuvda qaysi jamoaning imkoniyati yuqoriroq?

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика