O'zbekiston Kubogi. “Bunyodkor-2004” kubok sohibi!

Alisher
30 noya 2021, 15:50
Farg'ona shahrida 2004 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoalar o'rtasida Professional futbol maktablari ligasi doirasida O'zbekiston Kubogi musobaqasi yakunlandi.

Mirkamol Qosimov ustozligidagi “Bunyodkor-2004” bugun final uchrashuvida maydonga tushdi.

Buxoro FMMga qarshi saf tortgan tarbiyalanuvchilarimiz kichik hisobda g'alaba qozondi. Aziz Odilovning yagona goli jamoamizga kubokni taqdim etdi.


O'zbekiston Kubogi

Final

“BUNYODKOR” – BUXORO FMM – 1:0

Gol: Aziz Odilov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати