So’nggi yangiliklar

21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  0 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  0 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  5 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  3 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   2 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  5 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  28

O'zbekiston Kubogi. Birinchi o'yindan keyin "Loko" masalani hal qildimi? Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. Birinchi o'yindan keyin "Loko" masalani hal qildimi?

Kecha TTZdagi "Lokomotiv" stadionida O'zbekiston Kubogining 1/2 finalidan o'rin olgan dastlabki bahs bo'lib o'tdi.

"Lokomotiv" va "Nasaf" o'rtasida kechgan o'yinda "temiryo'lchilar" 3:1 hisobida g'alaba qozonib final sari katta qadam tashlashdi. Lekin "Nasaf"da ham imkoniyat yo'q emas, agar qarshiliklar uyda 2:0 hisobida zafar quchishsa marra ularniki bo'ladi. Lekin bugungi kunda "Loko"ning shu hisob bilan mag'lub bo'lishiga ishonish qiyin. CHunki jamoa ayni paytda O'zbekistondagi eng kuchli klub bo'lib turibdi. 

O'yin 3:0 tugaganida nima bo'lardi? 

Agar hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Dragan CHeran gol urmaganida o'yin 3:0 hisobida yakun topardi va javob bahsida "Nasaf"ga juda qiyin bo'lardi. Buni o'yindan keyingi matbuot anjumanida Ro'ziqul Berdiev ham aytib o'tdi. Lekin CHeranning gol urishi javob o'yiniga bo'lgan intrigani saqlab qoldi. Agar SHorahmedovning to'p uzatishidan so'ng SHahboz Erkinov ham gol urganida bormi, ana unda ko'rardik javob bahsida nimalar ro'y berishini. 

Tarkibdagi o'zgarishlar 

Ikkala jamoa ham bungacha qiyin o'yinni o'tkazdi. "Lokomotiv" chorak finalning javob o'yinida "Buxoro"ni faqat qo'shimcha bo'limlarda mag'lub etgan bo'lsa, "Nasaf" safarda "Qo'qon-1912"ga 0:2 hisobida yutqazayotib bir amallab durang qayd eta oldi. Agar o'sha o'yinda Qo'qon jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozonganida yarim finalda "Loko"ning raqibi "Nasaf" bo'lmasdi. 

Ikkala jamoa ham boshlang'ich tarkibda bir nechta o'zgarish bilan o'yinni boshladi. "Lokomotiv" asosiy tarkibda avvalgi o'yinga nisbatan uchta o'zgarish bilan maydonga tushdi. SHerzod Fayziev chap qanotda Oleg Zoteev o'rnini egallagan bo'lsa, Masharipov zaxirada qoldirildi va uning o'rnini o'ng qanotda Bikmaev egalladi. Natijada Murod Bobojonov yaqqol hujumchi sifatida harakat qildi. SHuningdek, Timur Kapadze ham zaxirada qoldi va markaziy yarim himoyada Kaxi Maxaradze to'p tepdi. Himoya markazida esa Kone harakat qildi. 

"Nasaf" esa o'yinni to'rtta o'zgarish bilan boshladi. Avvalgi bahsda to'liq harakat qilgan Maqsud Karimov bu safar zaxirada qoldirildi. SHuningdek, SHahboz Erkinov, Islom Kenjaboev va Dilshod Rahmatullaevlar ham zaxira o'rindig'idan joy olishdi. Ularning o'rnini boshlang'ich tarkibda Igor Golban, Odil Hamrobekov, Doniyor Narzullaev va Jasur Hasanov egallashdi. 


Jarima zarbasi va tezkor gol 

16-daqiqada Marat Bikmaev juda chiroyli zarbasi bilan jarima to'pidan hisobni ochdi. Va aytish mumkinki, bu "Nasaf"ga berilgan birinchi zarba bo'ldi Vaholanki, qarshiliklar bungacha ikki bor qulay imkoniyatga ega bo'lishgandi. O'tkazib yuborilgan goldan keyin ham "Nasaf" o'zini yo'qotib qo'ymadi. SHu kuni mehmonlar safida Aziz G'aniev, Bahrom Abdurahimov, Akmal SHorahmedov, Igor Golban singari futbolchilar ajralib turishdi. 

Ikkinchi taym boshidayoq "Loko" hisobni 2:0ga etkazdi. CHap qanotdan uzatib berilgan to'pga avvaliga Bikmaev zarba berdi, darvozabon Sanjar Quvvatov to'pni qaytardi, biroq qaytgan to'pga Murod Bobojonov bosh bilan zarba berib gol urdi. Bu "Nasaf" uchun ikkinchi zarba bo'ldi va shundan keyin mehmonlar o'yin tezligini pasaytirib yuborishdi. Ro'ziqul Berdiev o'yinni kuchaytirish maqsadida zaxiradan SHahboz Erkinov bilan Islom Kenjaboevni tushirdi. Kenjaboev hartugul nimadir qilishga harakat qildi. Erkinov maydonga tushganidan so'ng birinchi qilgan ishi oradan uch daqiqa o'tib sariq kartochka ishlash bo'ldi. 

87-daqiqada Bikmaev yana to'p kiritib dubl muallifi bo'ldi. Unga Maxaradze to'pni bosh bilan chiroyli tarzda etkazib berdi. Aytish mumkinki, bu o'yinda "temiryo'lchilar" safida Marat Bikmaev bilan ayniqsa Kaxi Maxaradze ancha ajralib turishdi. SHuningdek, darvozabon Ignatiy Nesterov ham o'z o'rnida yaxshi harakat qildi. 90+2-daqiqada CHeran tomonidan kiritilgan gol esa hisobning biroz qisqarishiga zamin yaratdi. 

O'yindan xulosa

Albatta, Kubok bahslarida birinchi o'yinda 3:1 hisobida zafar quchgan jamoa juda qulay imkoniyatga ega bo'ladi. Lekin oldinda javob uchrashuvi bor va unda nimalar bo'lishini bilmaymiz. Eng achinarlisi, javob o'yinining qachon bo'lib o'tishi hali malum emas. Ungacha klublar ikkinchi davra uchrashuvlarini o'tkazib turishadi. 

Aytib o'tganimizdek, "Nasaf"ni javob bellashuvida 2:0 hisobi ham qoniqtiradi, biroq raqib anoyilardan emas. Hozirgi "Lokomotiv"dan shu hisobda mag'lub bo'lib Kubok bahslaridan chiqib ketishini kutish qiyin. CHunki jamoa ajoyib tarkib, mustahkam himoya va o'tkir hujumga ega. "Lokomotiv" qarshi hujumda ham, shundoq hujumda ham kuchli. Qolaversa, futbolchilar mahorati ham baland. SHu tomondan olib aytganda, "Nasaf" garchi o'z maydonida o'ynagani bilan qarshiliklarga Qarshida oson bo'lmaydi.

X.Xoliqov. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика