O'zbekiston kubogi. 1/8 final uchrashuvlari sanalari malum
30 may 2024 14:40
Yangiliklar


O'zbekiston kubogi. 1/8 final uchrashuvlari sanalari malum
Kecha, 29 may, O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi uchun qura tashlandi.
O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichiga qura tashlandi. Unga ko'ra, "Navbahor" "Buxoroni" qabul qilsa, "Paxtakor" Nukusga, "Neftchi" esa Jizzaxga boradigan bo'ldi.
Malumot uchun, kubok 1/8 finaliga 16 jamoa yo'llanma olgan. O'z guruhida ikkinchi bo'lgan jamoalar mazkur bosqichni safarda o'tkazishiga to'g'ri keladi. Guruh peshqadamlari esa o'z maydonida uchrashuv o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu bosqich o'yinlari 3-6 iyul kunlari bo'lib o'tadi.
1/8 final juftliklari:
3 iyul, chorshanba
"Olimpik Mobiuz" - "Xorazm"
"Mashal" - "Qizilqum"
4 iyul, payshanba
"Olimpik" - "Andijon"
"Metallurg" - "Surxon"
5 iyul, juma
"Navbahor" - "Buxoro"
"Bunyodkor" - "Qiziriq"
6 iyul, shanba
"Aral" - "Paxtakor"
"So'g'diyona" - "Neftchi"
O’xshash yangiliklar
16:12
O'zbekiston U-18 terma jamoasi Dohada "Aspire" akademiyasiga qarshi nazorat bahslarida qatnashadi 0

Fikrlar