So’nggi yangiliklar

19:17"Лейпциг" Хави Симонсни яна бир йил ўз сафида олиб қолмоқчи  0 18:54"Байер" ҳимоячиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 18:36Тиаго Силванинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  1 18:17Вирджил ван Дейк: "Эвертон"га қарши учрашувдагидек ўйин кўрсатсак, чемпион бўлолмаслигимиз аниқ"  3 17:55Анчелотти: "Барселона"да қолиш — Хави учун тўғри қарор"  7 17:36Энцо Фернандес учун мавсум якунланди  3 17:09Беллингем ва Родриго "Реал Сосьедад"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  3 16:55Саад Ал-Шеҳри: "Ушбу мусобақадаги таркибимиз, икки йил аввал чемпионликни қўлга киритган таркибимиздан кучлироқ"  19 16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  13 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   3 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  10 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  5 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  7 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  31

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston JCH-2022 ishtirokchisi Kamerunni mag'lub etdi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston JCH-2022 ishtirokchisi Kamerunni mag'lub etdi

Janubiy Koreyada O'zbekiston va Kamerun o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.



O'rtoqlik uchrashuvi
O'ZBEKISTON - KAMERUN - 2:0
23 sentyabr 2022 yil. Geonggi, "Goyang" stadioni.
Hakamlar:
Kim Vu Sung, Song Bong Kun, Bang Gi Yol, Ox Xyoon Jong (barchasi Janubiy Koreya).

Gollar: Hojimat Erkinov 24, - 1:0 (Eldor SHomurodov). Oston O'runov 77, - 2:0 (Odil Hamrobekov).

O'zbekiston: 12. O'tkir Yusupov, 5. Rustam Ashurmatov (18.Abdulla Abdullaev, 66), 15. Umar Eshmurodov, 23. Husniddin Aliqulov, 4. Farrux Sayfiev, 7. Otabek SHukurov, 9. Odil Hamrobekov, 3. Hojiakbar Alijonov, 22. Oybek Bozorov (10.SHahboz Umarov, 59), 14. Eldor SHomurodov (21.Igor Sergeev, 87), 8. Hojimat Erkinov (11.Oston O'runov, 59).
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 2.Islom Qobilov, 6.Ibrohimhalil Yuldashev, 13.SHerzod Nasrullaev, 17.Sardor Sobirxo'jaev, 19.Aziz Turg'unboev, 20.Akmal Mozgovoy.
Bosh murabbiy: Srechko Katanec (Sloveniya).

Kamerun: 23.Andre Andre Onana, 3.Nikolya Nkulu, 21.Jan SHarl Kastelletto (4.Kristofer Vux, 46), 25.Enco Ebosse, 8.Olive Ncham (26.Jan Emil Onana, 74), 11.Nuxu Tolo, 14.Jorj Mandjek (15.Malong Kunde, 63), 19.Kollins Ngoran Fai, 6.Moumi Bris Ngamaleu (7.Mbida Nkudu, 74), 10.Vensan Abubakar (13.Jan Per Nsame, 74), 22.Brayan Mbeumo.
Zaxira: 1.Simon Ngapandouetnbu, 2.Yongva Darlin, 5.Omar Gonsales, 9.Kana Tavamba, 16.Mboka Epassi, 17.Mbaizo Mbaissidara, 18.Martin Xongla, 20.Oum Jout Samuel, 24.Gael Bella Ondua.
Bosh murabbiy: Rigober Song (Kamerun).

Ogohlantirishlar: Otabek SHukurov 53, Srechko Katanec 54, Jorj Mandjek 62, Kristofer Vux 82, Oston O'runov 87, Farruh Sayfiev 90+3.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+3. Uchrashuv yakunlandi, O'zbekiston - Kamerun 2:0

90+3. Ogohlantirish. O'zbekiston. Farruh Sayfiev

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

89. ZARBAAAAAA! Kamerundan hujum, zarba darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

87. Ogohlantirish. O'zbekiston. Oston O'runov

87. O'zgarish. O'zbekiston. SHomurodov o'rniga Sergeev tushdi

82. Ogohlantirish. Kamerun. Kristofer Vux

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! OSTON O'RUNOV. O'ng qanotdan Hamrobekov uzatgan to'pni O'runov darvozaga yo'lladi - 2:0.  VIDEONI KO'RISH

74. O'zgarishlar. Kamerun. Moumi Bris Ngamaleu o'rniga Mbida Nkudu, Olive Ncham o'rniga Jan Per Nsame, Vensan Abubakar o'rniga Jan Emil Onana tushdi

66. O'zgarish. O'zbekiston. Rustam Ashurmatov o'rniga Abdulla Abdullaev tushdi

64. Afsuski Jorj Mandjek bilan to'qnashuvdan keyin Rustam Ashurmatov jarohat oldi va shifokorlar yordamida maydonni tark etdi. Sog'lik tilaymiz

63. O'zgarish. Kamerun. Jorj Mandjek o'rniga Malong Kunde, tushdi

62. Ogohlantirish. Kamerun. Jorj Mandjek



59. O'zgarishlar. O'zbekiston. Erkinov va Bozorov o'rniga Oston O'runov va SHahboz Umarov tushdi

58. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Abubakar jarima maydoni ichidan kuchli zarba berdi, O'tkir Yusupov muqarrar goldan qutqardi! 

55. ZARBAAAAAAAAAAAA! SHukurovdan to'p uzatish va SHomurodovdan kuchli zarba, Onana qiynalib to'pni qaytardi! 

55. O'zbekistonning hujumi, afsuski SHomurodov zarba bera olmadi

54. Ogohlantirish. O'zbekiston. Srechko Katanec. Hakam bilan tortishgani uchun SHukurov va Katanec ogohlantirildi

53. Ogohlantirish. O'zbekiston. Otabek SHukurov

48. Ikkinchi bo'limni Kamerun ketma ket hujumlar bilan boshladi, 25 metrlardan yo'llangan zarba noaniq ketdi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. Kamerun. Jan SHarl Kastelletto o'rniga Kristofer Vux tushdi



45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berdi

39. Xavfli vaziyat! Kamerunda burchak to'pi, bosh bilan berilgan zarba noaniq ketdi! 

32. Xavfli vaziyat! SHomurodovdan navbatdagi reyd, uning to'p uzatishi biroz o'xshamadi, aks holda SHukurovdan zarba ko'rardik! 

30. Uchrashuvning uchdan bir qismi ortda qoldi, o'yinda ham, natijada ham ustunlik O'zbekiston tomonida!

24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! HOJIMAT ERKINOOOOOOOV! 1:0. SHomurodovdan ajoyib reyd va aqlli pas, Erkinov yaqin masofadan gol urdi! VIDEONI KO'RISH

23. Vakillarimizda burchak to'pi, Erkinov uzatgan to'pni kamerunlik himoyachilar qaytarishdi

19. UXXXX! Jarima maydonimizga uzatilgan to'pga himoyachilar taqibidan qochib ketgan Abubakar boshi bilan zarba berdi, noaniq ketdi

19. Kamerun terma jamoasi xavfli jarima to'piga ega bo'ldi. Havodan uzatilgan to'pni Husniddin Aliqulov qaytardi

13. ZARBAA! Hojiakbar Alijonovning zarbasi kuchsiz chiqdi, Onana o'z o'rnida

10. Vakillarimiz raqib Kamerun ekaniga etibor bermay ajoyib o'ynashmoqda. Qo'rqish yo'q, xadik yo'q. Oxirigacha shunday bo'lsin!

5. ZARBAAAAAAA! SHOMURODOOOV! Eldor jarima maydoni chizig'idan zarba berdi, "Inter" posboni Andre Onana qiyinchilik bilan qaytardi, Bozorovning zarbasini ham Onanan qaytardi!  VIDEONI KO'RISH

1. Ilk daqiqalardan vakillarimiz hujum qilishdi, SHomurodov to'pni o'ng qanotga uzatdi, Erkinovning to'p uzatishi o'xshamadi

Uchrashuvni telegram orqali tomosha qilishni xohlovchilar uchun BIRINCHI KANAL  yoki IKKINCHI KANAL

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Navbat Kamerun davlat madhiyasiga

- Dastlab O'zbekiston davlat madhiyasi yangraydi!

- Ikkala jamoa vakillari maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 11:00da boshlanadi.

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика