So’nggi yangiliklar

23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  0 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   22 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0 17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  3 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  15 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  2

O'zbekiston JCH-2018ga chiqadimi?, Diyor Imomxo'jaev muammolarimiz haqida yoxud Erudit Sportda o'qing! Yangiliklar

O'zbekiston JCH-2018ga chiqadimi?, Diyor Imomxo'jaev muammolarimiz haqida yoxud Erudit Sportda o'qing!

Teglar :  Erudit Sport
Mamlakatimizning etakchi sport nashrlaridan biri Erudit Sportning 2 mart, payshanba kuni sotuvga chiqadigan yangi soni anonsi bilan tanishtiramiz.

Odatdagidek, gazetaning #18-sonida ham dolzarb mavzular ko'tarilgan.

AVVAL IQTISOD, KEYIN SIYOSAT
Gazetaning kirish maqolasida boshlanajak Oliy Liga o'yinlari oldidan dolzarbligicha qolayotgan muammo ko'tarilib, taklif va echim ko'rsatib o'tilgan.
Har bahor shu bo'lar takror deganlaridek, boshlanajak yangi futbol mavsumi odatdagidek ko'rinishda start tomon odimlamoqda. Yana o'sha u yoqdan bu yoqqa o'tishlar, Oliy Liganing odatiy va kutilgan o'yinlari, hakamlar xatosi, kelishilgan o'yinlar gumoni, dalilsiz aybdor... Doimiy aylanadigan mavzulardan zerikasan, kishi. Ammo har yilgi mavsumni intiqlik bilan kutish ham aslida qo'limizda. Buning uchun ishtiyoq va yangilikka intilish bo'lsa bas. Quyidagi maqolamiz orqali PFLga murojaat etib, Oliy Liga ommaviyligini oshirish yo'lida nihoyat yangi qadamlarni qo'yish vaqti kelganligini yana bir karra eslatmoqchimiz - deya yoziladi PFL va TV-translyaciya borasidagi maqolaning kirish qismida.

VOQEALAR RIVOJIDAN O'ZIB: O'ZBEKISTON JCH-2018 GA CHIQADIMI?
JCH-2018 uchinchi saralash bosqichining ikkinchi davra o'yinlari boshlanishi oldidanga 20 kun vaqt qolayotgan bir paytda milliy terma jamoamizning muhim o'yinlarda qanday ishtirok etishi muxlislarimizni hozirdan hayajonda ushlab turibdi. 23 mart kuni start oladigan 6-tur bahslari oldidan xorij nashri JCH-2018 Osiyo qitasi saralash bahslari ikkinchi davra o'yinlarini taxminiy tahlil etib, ikki guruhdan qaysi terma jamoalar Rossiya-2018 yo'llanmasini qo'lga kirita olishini hisoblab chiqdi. Natijalar taxminiy-bashorat asnosida bo'lsa-da, yakuni bizni xursand etgan maqolani gazetaning 4-5-sahiflaridan o'qib olasiz.
Gazetaning 6-sahifasida Paxtakor yangi mavsumga tayyormi? maqolasi, 7-sahifada Dinamoning yangi futbolchisi moldovalik Radu Rogakning qiziqarli intervyusi joy olgan.

DIYOR IMOMXO'JAEVDAN: TIZIMNI O'ZGARTIRISH VAQTI KELMADIMI?
Nashrning 8-sahifasida jurnalist Diyor Imomxo'jaev o'zbek futboliga tanqidiy nazar solib, muammolarni ochiq-oydin oshkor etgan.
SHaffoflikni odatda niyati nisbatan g'arazli bo'lgan yoki javobgarlikdan qochishni istaydigan kishilar uncha xushlamaydi. Bunda manfaatlari poymol bo'ladigan tomon shaffoflikni nari itarishga harakat qiladi. Sґnggi vaqtlarda futbol jurnalistlari O'zbekiston futbolidagi mana shu masalani iloji boricha ilgari surishga harakat qildi. CHunki futboldagilar na foyda keltirdi va na zafarli onlarni sovg'a qildi. Oliy Liga hech bo'lmaganda o'zini eplay oladigan darajaga chiqmadiki, asosan pulni sovurish bilan mashg'ul, degan xayolga kelib qoldik - deya boshlanadi tanqidiy maqola. Futbolimiz mutasaddilarini o'ylantirishi lozim bo'lgan mavzuni gazetada albatta o'qing.

QAHRAMON ASLANOVDAN: ANGLIYA VA BIZ
Jurnalist Qahramon Aslanov bu safar ham mavzuga chuqur yondashib, 10-11-sahifalarda og'riqli nuqtalarimizni ko'rsatib ketgan.
Milliy futbol, ayniqsa, chempionatimiz saviyasi, undagi munosabatlar haqida gap ketganda, Evropa andazalariga asoslanamiz, bu tabiiy. Klublarning asl egalari yo'qligi, mablag' topadigan va sarflaydiganlar o'rtasidagi tafovut asosan bir echim sari undaydi – klublar xususiylashtirilishi va haqiqiy egalariga berilishi kerak… deya boshlangan ikki sahifali maqola quyidagi so'zlar bilan yakunlangan:

…Men shu erda to'xtayman. Uyog'iga aqlim etmaydi. Yozganlarim o'sha maqola boshidagi sichqonlardan birining chiyillashiga o'xshasa-da, menga mashhur insonning “jurnalist tabib emas, og'riqning o'zidir” iqtibosi qalqon bo'ladi. Og'riyapti, bunga shubha yo'q.

ASSALOM, FUTBOL BAHORI!
Fasllar kelinchagi bahor kirib kelishi mamlakatimizda futbol mavsumining boshlanishini anglatadi. Aynan mart oyidan boshlab stadionlarimiz tomon muxlislar oqimi boshlanadi. 12-sahifadagi Tur oldidan ruknida Oliy Liga 1-tur uchrashuvlarida jamoalarning imkoniyatlari chamalangan.

SARDOR RAHIMXON: FUTBOL HAQIDA KUYLAMOQCHIMAN…
Taniqli estrada xonandasi Sardor Rahimxon gazetaning Sportchi sanatkor loyihasida mehmon bo'lib, sportdagi qiziqishlari haqida intervyu bergan. U futbol haqida kuylamoqchi.

OLIY LIGA-2017: ENG MUHIM 10 TRANSFER
Yangi mavsum oldidan Oliy Liga klublari tarkibni kuchaytirishga erishdilar. Erudit Sport gazetasi mavsum oldining eng muhim 10 transferi reytingini tuzib chiqdi. Qaysi futbolchilar joy olganligini o'qib, bilib olasiz.

ARSENAL LIVERPULDAN REVANSH OLADIMI?
Prevyu ruknida bizni shanba va yakshanba kunlari kutayotgan haftaning eng markaziy o'yinlariga sharh berilib, imkoniyatlar chamalangan. SHu jumladan, APL doirasidagi markaziy o'yin Liverpul - Arsenal qarama-qarshiligi sharh berib o'tilgan.

DIYOR IMOMXO'JAEVDAN: TUSHUNISH QIYIN…
Jurnalist o'zining gazetadagi Ofsayd ruknidagi yana bir maqolasida futbolimiz qon-qoniga singib ketgan muammolardan biriga atroflicha to'xtalib, echim izlashga intilgan:

O'zbekiston klublarini tushunish qiyin-a? So'nggi besh mavsumda yaxshi natija qayd etgan murabbiylarga chiqish eshiklari ko'rsatib qo'yildi: Tachmurod Agamurodov, Murod Ismoilov, Mirjalol Qosimov, Samvel Babayan. So'nggi ikki mutaxassis terma jamoasiga yordam beraman deb ketdi. Ammo ular jamoasini chempion qilib ketgandiki, shundan keyin na “Paxtakor”ga, na “Bunyodkor”ga mamlakat “taxti” nasib qildi.

Murod Ismoilov “Paxtakor”ni chempion qilganidan ko'ra, odamlar ko'proq Babayanning xizmatlarini eslaydi, to'g'rimi? Ammo na “Bunyodkor” va na “Nasaf” borini muxlislarga asoslab beradi. Ro'ziqul Berdiev jamoasi uchun sarf etiladigan pul Oliy Liga klublari orasida to'rtinchi yoki beshinchi deb eshitganim bor, demak, uchinchi o'rin balki yomon emasdir? Buxoro hokimiyati 2016 yilgi mavsum “Buxoro” byudjet borasida Oliy Liganing ikkinchi jamoasi ekaniga oydinlik kiritdi, natijaning to'rtinchi bo'lgani esa hokimlikning etiroziga sabab bo'lgani tushuntirildi. Biroq shaffoflik shu darajada ko'rinmaydiki, “Buxoro” biz ikkinchimiz deb turganida ham kim birinchi, kim uchinchi yoki to'rtinchi bilmaymiz. Biz futbolchining oyligini bilishimiz shart emas. Biroq jamoaning futbolchilarga sarf etadigan umumiy maoshini, klublarning oldi-berdisi va umumiy byudjetini bilishga haqlimiz. Butun boshli davlat o'z aholisi uchun hisob topshirganida, Oliy Liga klublari kim bo'libdi, to'g'rimi? - deya yozadi Diyor Imomxo'jaev maqolasi davomida.

SHuningdek, sahifalarimizda Evropa kuchli beshlik chempionatlari, Evropa futboliga oid eng aktual maqola va suhbatlar, fan-klub rukni, o'zbek va jahon sporti yangiliklari, Duel loyihasida Suares-Kavani qarama-qarshiligi, to'liq hajmdagi TV-dasturlar va qiziqarli reytinglar bilan tanishishingiz mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Erudit Sport gazetasini 2000 so'mga xarid qilib, afsuslanmasligingizga kafolat bera olamiz. Gazetani 2 mart, payshanba kunidan shahar va tumaningizdagi matbuot do'konlari va xususiy gazeta tarqatuvchilardan sotib olishingiz mumkin. SHoshiling!

Erudit Sport gazetasi #18-soni muqovasi:


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика