O'zbekiston - Iroq 0:0. MATNLI TRANSLYACIYA
28 dek 2014 23:00
Yangiliklar

O'zbekiston - Iroq 0:0. MATNLI TRANSLYACIYA
O'zbekiston va Iroq o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
O'zbekiston - Iroq 0:0
28 dekabr 2014 yil. SHarja. "Holid bin Muhammad" stadioni
Bosh hakam: Muhammad Al Zaruni (BAA)
Amalga oshirilmagan penalti: Server Jeparov 21 (darvozabon)
Iroq: 12.Jalol Hassan, 2.Ahmad Ibrohim, 9.Ahmad Yasin (11.Humam Tariq, 61), 10.Yunus Mahmud (25.Marvan Husin, 66), 14.Salom SHokir, 15.Durgam Ismoil, 18.Mahdi Karim (6.Samih Said, 69), 19.Mahdi Kamil, 21.Saad Abdul Amir, 24.Amjad Halaf (16.Jastun Hekmat, 72), 26.Osama Jabbor.
O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 19.Vitaliy Denisov (22.Farruh Sayfiev, 75), 5.Anzur Ismoilov, 3.SHavkat Mullajonov (20.Islom To'xtaxo'jaev, 60), 28.SHuhrat Muhammadiev, 7.Azizbek Haydarov, 18.Timur Kapadze (10.Jamshid Iskanderov, 75), 9.Odil Ahmedov (13.Lutfulla To'raev, 60), 8.Server Jeparov (17.Sanjar Tursunov, 60), 14.Sardor Rashidov, 15.Vohid SHodiev (11.Navro'zbek Alimov, 79).
Zaxira: 13.Akbar To'raev, 1.Eldorbek Suyunov, 2.Egor Krimec, 23.Akmal SHorahmedov, 6.Jasur Hasanov, 16.Bahodir Nasimov.
Ogohlantirishlar: Aziz Haydarov 59, Lutfulla To'raev 62, Samih Said 78.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
90+2. O'YIN TUGADI. O'zbekiston va Iroq o'rtasidagi ikkinchi o'yinda hisob ochilmadi.
90. Uchrashuvga ikki daqiqa qo'shildi
88. Aziz Haydarov! Zarbaaa! Uning zarbasidan so'ng to'pni Jalol Hassan qaytarib yubordi!
84. Xavfli vaziyat! Iroqning burchak to'pi xavfli chiqdi. Bosh bilan yo'llangan zarba biroz noaniq ketdi!
83. Maydon markazida Muhammadiev va Humam Tariq bilan to'qnashib ketdi
80. Zarba!!! Sanjar Tursunov chap qanotda to'pni qabul qilib markazroqqa o'tib o'ng oyog'i bilan darvoza tomon kuchli zarba berdi, to'pni Jalol Hassan qaytardi!
79. O'zgarish. O'zbekiston. Vohid SHodiev o'rniga Navro'zbek Alimov tushdi
78. Ogohlantirish. Iroq. Samih Said
76. Iroqliklar ketma ket ikki marta havodan to'pni hujumchilarga etkazishdi. Ikkala safar ham bo'ydor himoyachilarimiz to'pni qaytarishdi
75. O'zgarishlar. O'zbekiston. Temur Kapadze o'rniga Jamshid Iskanderov, Vitaliy Denisov o'rniga Farruh Sayfiev tushdi
74. Offsaydlar bo'yicha Iroq yaqqol ustnlikka ega 4:0
73. Maydonga Iskanderov tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda
72. O'zgarish. Iroq. Amjad Halaf o'rniga Jastun Hekmat tushdi
72. Iroqning hujumlari borgan sari xavfli ko'rinish olib bormoqda
70. Raqib amalga oshirgan jarima to'pini himoyachilarimiz qaytarishdi
70. Deyarli maydon markazida Anzurning o'zi to'pni raqibga oldirib qo'ydi. Hujum xavfli ko'rinish olmasligi uchun Marvin Husinni yiqitishga majbur bo'ldi
69. Ogohlantirish. O'zbekiston. Anzur Ismoilov
68. O'zgarish. Iroq. Mahdi Karim o'rniga Samih Said maydonga tushirildi
66. O'zgarish. Iroq. Yunus Mahmud o'rniga Marvan Husin tushdi
64. Durgam Ismoil anchagina faol o'ynamoqda. Hozir u chap qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydoni markaziga uzatdi, biroq to'p maydondan chiqib ketgan ekan
63. Ogohlantirish. O'zbekiston. Lutfulla To'raev
63. Maydon markazida to'qnashuv yuzaga keldi. Iroqlik futbolchi Denisovning qo'lini bosib oldi. Bunga javoban Lutfulla To'raev uning ortidan tepdi. Barchasi o'z joyiga tushdi
61. O'zgarish. Iroq. Ahmad Yasin o'rniga Humam Tariq tushdi
60. O'zgarishlar. O'zbekiston. Odil Ahmedov, SHavkat Mullajonov, Server Jeparov o'rniga Lutfulla To'raev, Islom To'xtaxo'jaev va Sanjar Tursunov tushdi
59. Ogohlantirish. O'zbekiston. Aziz Haydarov
56. Ahmad Yasinning kuchli zarbasi yo'liga Mullajonov to'g'anoq bo'ldi
55. Maydonga TTT tushishga tayyor, aniqrog'i To'xtaxo'jaev, To'raev va Tursunov...
54. Jeparov burchak to'pini amalga oshirdi, Salom SHokir to'pni qaytardi. SHu bilan hujumimiz yakunlandi
52. Xavfli vaziyat!!! Odil Ahmedov raqib jarima maydoniga yorib kirib chap oyog'i bilan zarba berdi! Darvozabon to'pni qaytardi!
51. Durgam Ismoil hozir jarima maydoni yoniga yaqinlashib kelib to'pni sheriklariga uzatdi, noaniq
49. Ikkinchi bo'limda hozircha hech bir jamoa xavfli vaziyat tashkil etgani yo'q.
46. Bo'limni o'zbekistonlik futbolchilar faol tarzda boshlashdi. Ismoilov maydon markazda raqibni yiqitdi
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha 0:0
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.
42. Iroqning juda xavfli hujumi! Osama Jabbor jarima maydonimizga kirib kelib zarba berdi, yaxshiki to'p himoyachimizga tegib maydonni tark etdi!
39. Jeparov penaltidan gol urolmagan vaziyatni hududida tomosha qiling
38. Burchak to'pini himoyachilarimiz qaytarishga erishishdi. Iroq tashabbusni o'z tomoniga og'dirib oldi
37. Nesterov!!! Ajoyib harakat, ajoyib seyv!!! Ahmad Yasinning zarbasidan so'ng Ignatiy o'zini ko'rsatdi!
35. Maydon markazida faxriylar to'qnashuvi, Kapadze va Yunus Mahmudov to'p uchun kurashishdi. Hamyurtimiz qoida buzdi
32. Xavfli vaziyat! Amjad Halaf to'pni orqaroqda turgan Yunus Mahmudga oshirdi. Tajribali hujumchining 17 metrlardan yo'llagan zarbasi juda xavfli lekin noaniq chiqdi!
30. Jeparov Rashidov tomonga to'p uzatgandi, biroq darvozabon to'pni ushlab oldi
29. Stadiondagi aksariyat muxlislar Iroqni qo'llab quvvatlashmoqda. Penalti qaytarilgan vaziyatda bu yaqqol sezildi
25. Xavfli vaziyat! Jeparovning uzatib bergan to'pini Odil Ahmedov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq
24. Rashidovning zarbasidan so'ng to'p biroz noaniq ko'rinish oldi. Burchak to'pini tepamiz. Jeparov to'p yonida.
24. Tashabbus vakillarimizda faqatgina gol etishmayapti.
21. Server Jeparov! Dastlabki zarbadan so'ng gol bo'ldi, lekin hakamlar uni inobatga olishmadi. Ikkinchi zarba esa golga aylanmadi! Darvozabon to'pni qaytardi. Hisob 0:0
20. PENALTI! Hakam iroqliklar darvozasiga penalti belgiladi. Muhammadiev raqib jarima maydoni ichida yiqitildi
16. Hozir iroqlik Osama Jabbor maydondan yotibdi. Unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda. Futbolchilar qisqa tanaffusdan foydalanib suv ichib olishmoqda
15. Sardor Rashidov raqib jarima maydoni ichida ikki raqib orasida yiqilib tushdi, biroq BAAlik hakam penalti yo'q deb hisobladi. O'yin davom etadi.
14. Navbat O'zbekistonga keldi. CHap qanotdan hujumga o'tgan Denisov to'pni jarima maydoni ichidagi SHodievga oshirib berdi, Vohidning yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
12. Xavfli vaziyat!!! Ahmad Yasin chap qanotdan oldinga bordi, jarima maydoniga kirib markazda turgan Amjad Halafga to'pni uzatdi, bu vaziyatda markaziy himoyachilarga yordamga kelgan Vitaliy Denisov xavfni bartaraf etdi
11. Vakillarimiz to'pni nazorat qilishmoqda. Iroqliklar deyarli butun tarkib bilan himoyalanishmoqda.
9. O'ng qanotda Muhammadiev va Rashidov hujum tashkil etishga urinishdi. Himoyachilar Sardorga imkon qoldirishmadi
8. Yana raqiblar hujum tashkil etishdi. Bu safar ular burchak to'piga ega bo'lishdi. Nesterov o'z o'rnida
4. Iroqning tezkor hujumi...O'ng qanotdan Amjad Halaf oldinga o'tdi. Biroq qanot hakami uning o'yindan tashqari holatda ekanini qayd etdi
3. Darvoza tomon dastlabki zarba. Iroqlik Saad Abdul Amirning zarbasidan so'ng himoyachilarimizdan biriga tegib yo'nalishini o'zgartirdi. Nesterov to'pni osonlik bilan egallab oldi
2. Hozircha hech bir tomon xavfli vaziyat tashkil etmadi. Futbolchilar bir birlarini o'rganishmoqda.
1. Iroqliklar bahsni boshlab berishdi. Ikki jamoa ustozlari birinchi o'yin bilan solishtirganda tarkibda katta o'zgarishlarni amalga oshirgan. Iroq safida ham, O'zbekiston safida ham bir qator tajribali futbolchilar bor.
- UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Ikkala jamoa maydonga tushib keldi. O'yin boshlanishiga barchasi tayyor.
- Bugun Iroq oq, O'zbekiston ko'k rangli futbolkalarda o'ynaydi.
- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Fikrlar