O'zbekiston futzal terma jamoasi Ispaniyaga uchib ketdi. Keyingi manzil - Jahon chempionati
14 avg 2021 14:50
Yangiliklar
O'zbekiston futzal terma jamoasi Ispaniyaga uchib ketdi. Keyingi manzil - Jahon chempionati
Tunda futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Ispaniyaga jo'nab ketdi.
Terma jamoamiz Madrid va Portu shaharlarida o'tadigan xorijiy yig'inga jo'nab ketdi.
Yig'inlar davomida vakillarimiz Ispaniya, Portugaliya, Argentina kabi dunyoning etakchi terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi. SHundan so'ng jahon chempionatida qatnashish uchun Litva poytaxti Vilnyus shahriga etib boradi.
Jahongir Fayzullaev va Fahriddin Ro'ziev tayyorladi
Fikrlar