So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"O'zbekiston futboli ko'proq texnik, taktik jihatdan rang-barang va har doim shunday bo'lib kelgan". Alisher Nikimbaev - "Paxtakor" – "Qayrat" uchrashuvi haqida Yangiliklar

"O'zbekiston futboli ko'proq texnik, taktik jihatdan rang-barang va har doim shunday bo'lib kelgan". Alisher Nikimbaev - "Paxtakor" – "Qayrat" uchrashuvi haqida

Bo'lajak Markaziy Osiyo derbisi oldidan mutaxassis fikri.

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev "Championat.Asia"ga intervyu berdi. U "Paxtakor" – "Qayrat" uchrashuvi xususida to'xtalib, ikki davlat futbolini solishtirdi.

- "Qayrat" va umuman, qozoq futbolini kuzatib borasizmi? O'zbek futbolidan nimasi bilan farq qiladi?
- Oxirgi paytlarda 20 yil oldingi, yani "Gol" gazetasida ishlagan vaqtimdagidek diqqat bilan kuzatmayapman. O'shanda Qozog'iston futboli haqida ko'p narsani bilardim. Hozir "Qayrat" haqida nimadir deyishim qiyin bo'ladi, lekin klub avvalgi buyukligi va ananalarini tiklashga harakat qilgani esimda. Ko'p sarmoya kiritildi, lekin bundan unchalik samara kuzatilmadi. Ha, "Qayrat" hali ham brend, ammo sport nuqtai nazaridan ular katta muvaffaqiyatlarga erisha olishmadi.

Agar O'zbekiston va Qozog'iston futboli o'rtasidagi farq haqida gapiradigan bo'lsak, Qozog'iston klublari doimo jismoniy tayyorgarlikka katta etibor berib kelgan. UEFAga o'tish bu jarayonni faqat rag'batlantirdi. Futbolchilarimiz jismoniy jihatdan u qadar kuchli emas, ammo texnik jihat, individual harakat va taktik tayyorgarliklar bo'yicha kuchli.

"Neftchi"da yaxshi saviyada o'ynagan yarim himoyachi Sergey Ni bor edi. Uning so'zlariga ko'ra, Qozog'istonda o'ynaganida o'zini "ko'prik ostida turgandek" his qilgan: himoyadan hujumga uzatmalar faqat yuqoridan bo'lgan, maydon markazidagi o'yinchilar esa shunchaki joyida turib, to'p o'z ustidan qanday uchib o'tishini tomosha qilib turgan. Bizning futbol ko'proq texnik, taktik jihatdan rang-barang va har doim shunday bo'lib kelgan.

- Bo'lajak o'yin haqida qanday fikrdasiz?
- Bu – o'rtoqlik o'yini, shuning uchun ortiqcha gapirishdan mano yo'q. Klublarimiz yig'inda ko'plab nomdor jamoalar – Moskvaning "Spartak", Kievning "Dinamo" va Tbilisining "Dinamo" klublari bilan o'ynadi. Bularning barchasi sovet futboliga, tarixga havola edi go'yo. Ammo mavsum oralig'ida murabbiylarning vazifalari butunlay boshqacha, shuning uchun bunday o'yinlarni SSSR chempionati o'yinlari bilan solishtirish qiyin.

Qolaversa, yosh avlod uchun "Qayrat" principial raqib emas. Ehtimol, yoshlar evrokuboklarda erishgan muvaffaqiyatlari tufayli "Astana"ni yaxshiroq bilishadi. SHu bois "Paxtakor" – "Qayrat" to'qnashuvi 30 yil avvalgidek shov-shuvli emas. Bizning avlod uchun – ha, bu alohida ahamiyatga ega edi. O'sha o'yinlarni juda yaxshi eslayman, agar xotiram pand bermasa, "Qayrat" bilan so'nggi o'yin "Paxtakor" uchun 1990 yilgi mavsumda SSSR Birinchi ligasidagi oxirgi turga to'g'ri kelgandi. Bu vaqtga kelib "Paxtakor" Oliy ligaga chiqqan, “Qayrat” esa Birinchi ligada qolgandi. SHundan keyin SSSR chempionatida bir-birimiz bilan o'ynamadik. O'sha uchrashuvni juda yaxshi eslayman, chunki endigina armiyadan qaytib kelgandim va bahsni stadionda tomosha qilganman.
Olmaotadagi o'yin ham esimda, o'shanda "Paxtakor" ikki marta hisobda oldinda bo'lgan, ammo yakunda 2:6 hisobida imkoniyatni boy bergan. O'shanda bu, albatta, "Paxtakor"ga qattiq zarba bo'lgan.

- Klublar o'rtasidagi qarama-qarshilikda hamon qandaydir principiallik bormi?
- Balki qandaydir tamoyillar saqlanib qolgandir, lekin faqat katta avlod uchun. "Qayrat"ning hozirgi avlodi "Paxtakor" tarixini bilishiga shubham bor va aksincha, "Paxtakor" ham "Qayrat" o'tmishini.

Aytgancha, "Qayrat" tarixi haqida. O'z vaqtida, qozog'istonlik hamkasblarimiz menga bir latifani aytib berishgandi. Klubga yangi investorlardan biri kelib, yosh futbolchilar bilan uchrashish uchun faxriylarni olib kelgan. Ulardan biri avvalgi shonli davrni tiklash kerakligi, bazani tamirlash lozimligini aytgan, u Kolchak davridan buyon hech narsa o'zgarmaganiga urg'u qaratgan. Faxriy inson buni bir necha bor takidlagan, shundan so'ng yosh futbolchilardan biri matbuot kotibiga murojaat qilib: "Kolchak "Qayrat"da qaysi yili o'ynagan?" deb so'ragan. Odamlar tarixni bilishmaydi, bunga shu latifa yaqqol misol bo'la oladi.

- Sizningcha, hozirgi "Paxtakor"ning eng yaxshi o'yinchilari kimlar?
- Menga Maksim SHackixning yoshlarni jalb etish xislati yoqmoqda. Men bir nechta ismlarni aytib bera olaman, lekin hech kimni xafa qilmaslik uchun bunday qilmaganim maqul.

- "Paxtakor" bo'lajak o'yinda favoritmi?
- Ha, shunday deb o'ylayman. Hammasi natija SHackix uchun qanchalik muhimligiga bog'liq. Darhaqiqat, Maksimning o'zi ham "Paxtakor" va "Qayrat" o'rtasidagi qarama-qarshilikni unchalik eslolmasa kerak. O'shanda hali bola edi va u Sovet Ittifoqi parchalanib ketgan paytda katta turnirlarda o'ynay boshlagan. SHackix – Olmaotadagi saralash musobaqasida g'olib chiqib, 1994 yilda O'zbekiston terma jamoasi tarkibida yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga yo'l olgan futbolchilardan biri. SHuning uchun uning Qozog'iston bilan bog'liq bo'lgan o'ziga xos tarixi bor.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

SHerzod Nurmatov tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика