So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  203 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

O'zbekiston futbol associaciyasi “Zo'r TV” telekanali bilan hamkorlikda “Futbol shou” loyihasini yo'lga qo'ydi Yangiliklar

O'zbekiston futbol associaciyasi “Zo'r TV” telekanali bilan hamkorlikda “Futbol shou” loyihasini yo'lga qo'ydi

O'zbekiston futbol associaciyasi “Zo'r TV” telekanali hamda “Tasvir” gazetasi bilan birgalikda yurtmizda futbolni ommaviylashtirish, futbolchi bo'lishni orzu qilgan, ammo ushbu orzusiga etisha olmagan yoshlarni niyatlariga etishlari yo'lida imkoniyat yaratish maqsadida yangi loyihani yo'lga qo'ydi.

Mamlakatimizdagi 17 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan, futbolchi bo'lishni orzu qilgan yoshlar ushbu loyihada ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun “Tasvir” gazetasini sotib olib, gazetada chop etilgan kuponni to'ldirishlari hamda o'sha erda ko'rsatib o'tilgan manzilga pochta yoki “Telegramm” tarmog'i orqali yuborishlari lozim bo'ladi. Loyiha ishtirokchilari soni cheklanmagan.

Kupon yuborgan ishtirokchilar hududlarga bo'lingan holda viloyatlar miqyosida, tanlov asosida saralab olinadi. Tanlovda hakamlar tomonidan ishtirokchilar turli futbol mashqlari hamda sinovlari orqali sinovdan o'tkaziladi. Har bir viloyatdan 18 nafar futbolchi bo'lish istagidagi yoshlar keyingi bosqichga yo'llanma olish imkoniga ega.

Har bir xududdan saralab olingan futbolchilar so'nggi bosqichda Toshkent shahrida qaytadan sinovdan o'tkaziladi hamda ular orasidan eng kuchli 23 futbolchi tanlab olinadi. Ushbu g'olib futbolchilar Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida tashkil etiladigan “Futbol shou” dasturida O'zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Uchrashuvni terma jamoalarimiz murabbiylari kuzatib borishadi va iqtidor egalarini tanlab olishadi.

“Futbol shou” loyihasida ishtirok etib, o'z imkoniyatingizni sinab ko'ring!

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика