So’nggi yangiliklar

02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  1 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  1 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  4 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  24

O'zbekiston - Eron o'rtoqlik uchrashuvi haqida Yangiliklar

O'zbekiston - Eron o'rtoqlik uchrashuvi haqida

O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi yig'inini davom ettirmoqa.
Kecha jamoa “Jar” stadionida o'zining ikkinchi mashg'ulotlarini o'tkazdi. Ayni vaqtda terma jamoaga jalb etilgan futbolchilardan faqatgina Server Jeparov jarohati tufayli mashg'ulotlarda ishtirok eta olmayapti. Qolgan barcha futbolchilar 11 iyun, payshanba kuni Eronga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvi hamda 16 iyun kuni SHimoliy Koreyaga qarshi safarda bo'ladigan Jahon chempionati saralashi doirasidagi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Takidlash kerakki, terma jamoa safida ushbu o'yinda “Lokomotiv” yarim himoyachisi Ikrom Aliboev o'zining debyut uchrashuvini o'tkazishi mumkin. U ilk bor mamlakatning bosh jamoasi yig'inlariga taklif etilgan.

O'zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

SHuningdek, Eron terma jamoasi ham O'zbekiston bilan o'rtoqlik va Turkmanistonga qarshi Jahon chempionati-2018 saralashi doirasidagi o'yinlar uchun elon qilgan tarkibi bilan ham tanishib olish mumkin.

Ushbu o'rtoqlik uchrashuvini o'zbekistonlik FIFA hakamlari boshqarib boradi. Bosh hakam - Vladislav Ceytlin. Qanot hakamlari - Husniddin SHodmonov va Ruslan Samandarov. Yordamchi hakam - Murod Muhamedov.

“Bunyodkor” stadionida ertaga, soat 18:00da boshlanadigan Eron terma jamoasiga qarshi o'yin “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

CHiptalar “Bunyodkor” stadioni kassalarida sotilmoqda. SIP toifadagi chiptalar narxi - 30 000, qolgan barcha chiptalar 13 000 so'mdan.

Jurnalistlar esa O'zPFL o'yinlari uchun berilgan akkreditaciyalar bilan ushbu o'yinga kirishlari mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика