O'zbekiston Coca-Cola kubogi uchinchi saralash bosqichida 2 ta uchrashuv o'tkaziladi
12 apr 2021 21:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630633_original.jpg)
![](/upload/storage/630633_220.jpg)
O'zbekiston Coca-Cola kubogi uchinchi saralash bosqichida 2 ta uchrashuv o'tkaziladi
Endilikda mazkur masala O'zPFL Ijroqo'mi yig'ilishida ko'rib chiqiladi va klubning Pro liga qatnashchilari safidan chiqarilishi bo'yicha qaror qabul qilinadi.
“Istiqlol” futbol klubining murojaatiga asosan Pro liga 5-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan va taqvimga ko'ra 15 aprel sanasida o'tishi lozim bo'lgan “Buxoro” — “Istiqlol” uchrashuvi o'tkazilmaydi.
SHuningdek, “Istiqlol” futbol klubi quraga ko'ra O'zbekiston Coca-Cola kubogi “B” guruhidan o'rin egallagan edi. Kubok bahslarida “Istiqlol”ning o'rni O'zbekiston Coca-Cola kubogi ikkinchi saralash bosqichida mag'lub bo'lgan “CHig'atoy” — “G'ijduvon” qarama-qarshiligi g'olibi bilan to'ldiriladi.
SHu tariqa, O'zbekiston Coca-Cola kubogi uchinchi saralash bosqichida 2 ta uchrashuv bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Coca-Cola kubogi uchinchi saralash bosqichi
13 aprel, seshanba
16:00 ZOMIN — RUBIN
15 aprel, payshanba
16:00 CHIG'ATOY — G'IJDUVON
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar