O'zbekiston Coca-Cola kubogi: 1/8 final bosqichiga yo'l oladigan jamoalar xususida
13 apr 2022 16:26
Yangiliklar


O'zbekiston Coca-Cola kubogi: 1/8 final bosqichiga yo'l oladigan jamoalar xususida
6 guruh yakunlariga ko'ra, har bir guruhda dastlabki ikki o'rinni qo'lga kiritadigan klublar 1/8 final ishtirokchisiga aylanadi. SHuningdek, guruhlarda eng yaxshi uchinchi natija ko'rsatgan 2 ta klub ham 1/8 finalda ishtirok etadi. Bilasiz, Osiyo CHempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etuvchi klublarimiz – “Paxtakor” va “Nasaf” ham mamlakat kubogidagi ishtirokini aynan mana shu bosqichdan boshlaydi.
1/8 finaldan boshlab to finalga qadar bo'lgan pley-off juftliklariga alohida qura yordamida aniqlik kiritib olinadi.
Guruh g'olibligi uchun kurashni taminlash maqsadida 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimida guruh g'oliblari alohida savatda bo'ladi va ular ushbu bosqichda bir-biri bilan, shuningdek, Osiyo CHempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etuvchi klublar bilan to'qnash kelmaydi. Bir o'yindan iborat uchrashuvlarga kim mezbonlik qilishi qura yordamida aniqlab olinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar