So’nggi yangiliklar

15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Машъал". Таркиблар маълум  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  0 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  2 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  2 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  20 11:48Клоппнинг ассистенти "Аякс" бош мураббийига айланиши мумкин  1 11:24Ўзбекистон – Гонконг учрашувида майдонга югуриб тушган мухлислар маъмурий жавобгарликка тортилди, 2 нафар шахс 5 суткага қамалди  21 10:57Пеп Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги борасида бир қарорга келди  6 10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  1 10:00ЦСКА устози РПЛнинг энг кучли футболчиси кимлигини айтди  8 09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  3 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  1

O'zbekiston ayollar termasi Parij-2024'ga yo'l olishi uchun nechta bosqichdan eson-omon o'tishi kerak? Yangiliklar

O'zbekiston ayollar termasi Parij-2024'ga yo'l olishi uchun nechta bosqichdan eson-omon o'tishi kerak?

Aprel o'yida Parij-2024 Olimpiadasiga yo'l olish uchun Osiyo mintaqasida dastlabki saralash bosqichi bahslari boshlanadi.

1-BOSQICH

O'zbekiston “A” guruhidan joy olgan va oldinroq ularning o'yinlar taqvimi havola qilingandi:

5 aprel | 17:00

O'zbekiston – Butan

“Paxtakor”


8 aprel | 17:00

SHarqiy Timor – O'zbekiston

“Paxtakor”


11 aprel | 17:00

O'zbekiston – Iordaniya 

“Paxtakor”

Dastlabki bosqich 7 guruhga bo'lingan va ularda 1-o'rinni olgan ishtirokchilar keyingi raunda yo'l olishadi.

2-BOSQICH

2-kvalifikaciya raundida ularga qita grandlari SH.Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Xitoy hamda J.Koreya qo'shiladi va jamoalar 3 guruhga saralanadi. Qura oldidan jamoalar 4 ta savatchaga joylanadi va hozirda ularning ikkitasida qaysi jamoalar bo'lishi aniq:

1-savatcha – SH.Koreya, Yaponiya, Avstraliya;

2-savatcha – Xitoy, J.Koreya...

SHu yilning oktabrida mazkur bosqich bahslari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Uchta guruhda peshqadamlikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar final raundiga yo'l olishadi. SHuningdek, guruhlarda 2-bo'lgan jamoalardan eng yaxshisi ham 3-kvalifikaciya bosqichida qatnashadi.

3-BOSQICH

Yakuniy qismda 4 ta terma qoladi va ular 2 juftlikka ajratiladi hamda 27 noyabr va 6 dekabrda ikki o'yindan iborat to'qnashuvlar bo'lib o'tadi. Ularda g'olib bo'lgan 2 jamoa Osiyodan Parij-2024 yo'llanmasiga ega chiqadi.

PARIJ-2024

Ko'rib turganingizdek, navbatdagi Olimpiada chiptasini qo'lga kiritish oson ish emas. Umuman Parij-2024'dagi ayollar futboli o'rtasidagi musobaqaga terma jamoalar uchun 12 ta kvota quyidagicha taqsimlangan:

Mezbon – Franciya;

KONKAKAF (2 ta) – AQSH, yana biri pley-off orqali aniqlanadi;

KONMEBOL (2 ta) – Braziliya va Kolumbiya;

Osiyo futbol konfederaciyasi (2 ta) – saralash bahslari orqali aniqlanadi;

UEFA (2 ta) – Millatlar Ligasi-2024 finalchilari yo'l oladi;

Afrika futbol konfederaciyasi (2 ta) – saralash bahslari orqali aniqlanadi;

Okeaniya futbol konfedraciyasi (1 ta) – saralash bahslari orqali aniqlanadi.

*Qura natijasida jamoalar uch guruhga ajratiladi. Guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan 6 ishtirokchi hamda 3-o'rindagilar orasida eng yaxshi ikkitasi chorak finalga chiqadi.

Eslatib o'tamiz, Franciya mezbonligida o'tadigan 33 Olimpiada 2024 yil 26 iyulda boshlanadi va 11 avgustga qadar davom etadi. Ayollar o'rtasidagi futbol bahslarida o'tgan musobaqada Kanada g'olib bo'lgan. Eng ko'p titulni esa AQSH (4 ta) qo'lga kiritgan.

Qayd etish joizki, Tokio-2020'da Osiyo sharafini Yaponiya (mezbon), Avstraliya va Xitoy himoya qilgandi.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика