O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi saralash bahslarini yurtimizda o'tkazadi
25 mar 2021 22:08
Yangiliklar
O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi saralash bahslarini yurtimizda o'tkazadi
Avval xabar berilganidek, ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi saralash turnirini O'zbekistonda qabul qilish bo'yicha O'zbekiston futbol associaciyasi OFKga murojaat xati yuborgan edi.
Osiyo futbol konfederaciyasining yakuniy qaroriga muvofiq ushbu yil 13-25 centyabr kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi saralash bahslari yurtimiz maydonlarida ham o'tkaziladi.
Saralash bosqichida jami 30 jamoa vakillari 8 guruhga bo'lingan holda, chempionatning 8 yo'llanmasi uchun bellashadilar.
Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi ayollar milliy terma jamoasi qura tashlash marosimida mezbon mamlakatlar savatchasidan o'rin oladi. Qura jarayonida O'zbekiston o'z guruhida 2-raqam bilan saralanadi.
Mazkur bosqich uchrashuvlariga O'zbekiston bilan birgalikda Xitoy Taypeyi, Indoneziya, Myanma, Nepal, Falastin, Tailand va Vetnam mamlakatlari mezbonlik qiladi.
Fikrlar