O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda
17 dek 2018 13:02
Yangiliklar
O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda
Yig'in davomida terma jamoaga nomzod futbolchi qizlar sinovdan o'tkazilmoqda.
SHamil Iseev boshchiligidagi O'FA Ilmiy guruhi tomonidan futbolchi qizlarning jismoniy holatini aniqlash maqsadida ulardan test sinovlari olindi. Sinov natijalari bosh murabbiy Bahrom Norsafarovga taqdim etildi.
Futbolchi qizlarning jismoniy holatini yanada yaxshilash maqsadida Olimpiya terma jamoasiga fitnes bo'yicha maxsus murabbiy jalb etilganini ham takidlab o'tish zarur. Mazkur murabbiy yordamida futbolchilar faol tarzda mashg'ulotlar olib borishmoqda.
Trenajer zalida olib borilayotgan mashg'ulotlar ko'tarinki kayfiyatda o'tayotganini ham takidlab o'tish zarur.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yilning aprel oyida Tokio-2020 olimpiada saralashining 2-bosqichida ishtirok etadi. 2-bosqich saralash bahslariga 2019 yilning 13 fevral kuni qura tashlanadi.
Fikrlar