O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi Toshkentda yig'inga kirishdi
05 fev 17:58
Yangiliklar
O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi Toshkentda yig'inga kirishdi
Bir necha kundan keyin Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida ayollar futzali bo'yicha Markaziy Osiyo futbol associaciyalari - SAFA turniri start oladi.
Unda hamyurtlarimiz Eron, Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi va Turkmaniston ayollar futzal terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Mazkur musobaqa oldidan terma jamoamiz Toshkentda yig'inga kirishdi. Ikki kun davomida Toshkentda o'tadigan mashg'ulotlardan keyin terma jamoa Dushanbe shahriga yo'l oladi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Farrux Zokirov mazkur yig'inga quyidagi tarkibni jalb qildi:
Darvozabonlar: 13.Ezoza Sevinova, 1.Nilufar Baxtiyorova
Himoyachilar: 10.Rushanya Safina, 8.Aygerim Otenazarova, 7.Feruza Turdiboeva, 14.SHodiya Tosheva, 9.Dildora Nozimova, 5.Zumratjon Nazarova, 11.Ilvina Ablyakimova
Hujumchilar: 12.Ominaxon Valixonova, 4.Madina Voxidova, 6.Xolida Dadaboeva, 2.Laziza Jumaboeva, 3.Gulchehra Eshmamatova.
Fikrlar