O'zbekiston amputantlar terma jamoasi chempionlikni nishonladi
23 okt 2019 21:38
Yangiliklar


O'zbekiston amputantlar terma jamoasi chempionlikni nishonladi
Rossiyada futbol bo'yicha amputantlar o'rtasida xalqaro turnir tashkil etildi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi yakunda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Hamyurtlarimiz "Laman-AZ", "Dinamo-Oltoy", "Maxachqala", "Kuzbass", "APSNI" kabi jamoalarga qarshi maydonga tushib barchasida g'alaba qozonishdi. Mana shu beshta o'yinda raqiblar darvozasiga 42ta gol urishdi. Musobaqaning yarim finalida "Dinamo-Oltoy" 14:4 hisobida dog'dla qoldirilgan bo'lsa, hal qiluvchi baxsda "APSNI" jamoasi 6:2 hisobida mag'lub etildi.
Qo'lga kiritilgan chempionlik bilan jamoamizni tabriklaymiz!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar