O'zbekiston 2023 yilda OCHLda 2+2 kvotaga ega bo'lishi mumkin, agar...
08 apr 2021 13:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629888_original.jpg)
![](/upload/storage/629888_220.jpg)
O'zbekiston 2023 yilda OCHLda 2+2 kvotaga ega bo'lishi mumkin, agar...
"AGMK klubining OCHL guruh bosqichiga chiqishi bir qator ijobiy aspektlarga ega, ulardan biri - OFK klublar reytingi.
Gap shundaki, OFK kubogidagi har bir g'alaba mamlakatga 1 ochko keltiradi, OCHLda esa bundan uch marta ko'p. Yani "Nasaf"ning OFK kubogi guruh bosqichidagi uchta g'alabasi maksimum 4 ochko keltirishi mumkin: 3 ochko g'alabalar uchun va 1 ochko guruhdan chiqqani uchun. AGMK bu 4 ochkoni OCHLdagi ikkita o'yinda - bir g'alaba va bir durang orqali ishlashi mumkin. AGMKda yana guruh bosqichining 4ta o'yini ham bo'ladi.
Aytgancha O'zbekistonning reytingda to'rtinchi o'rinda qolishi "Paxtakor" va AGMKning ko'p jihatdan BAA klublariga qarshi ("SHarja" va "SHabab Al Ahli") o'yinlarga bog'liq. Agar ikkala klubimiz ham guruh bosqichini BAA klublaridan tepada yakunlashsa, 2023 yilgi mavsum uchun 2+2 kvotasi naqd bo'ladi. Bundan tashqari "Paxtakor"ning guruhida reyting tomonlama yana bir principial raqib bor - Iroqning "Al Quva Al Javiya" klubi. SHunday ekan barchasi o'z klublarimizga bog'liq", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar