So’nggi yangiliklar

10:10«Вест Хэм» сардори фаолиятини БААда давом эттиради  1 09:41МЮда Суперкубокдан аввал муаммолар бор. «Ман Сити»га қарши беш нафар ҳимоячи майдонга тушмаслиги мумкин  3 09:13Элдор Шомуродов «Рома»нинг Англиядаги машғулотларига қўшилди  8 08:45Қойил! «Челси» 9-дарвозабони билан шартнома тузди  2 08:18Про лига. Бугун 15-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  2 07:50Суперлига. Бугун 15-турга старт берилади  2 07:23Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2 00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  2 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  1 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  1 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  1 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  6 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  1 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  3

O'zbek transfer bozoridagi Turg'unboev "seriali" Yangiliklar

O'zbek transfer bozoridagi Turg'unboev "seriali"

O'zbek futbolidagi transferlar doim ham diqqat markazda bo'lavermaydi.

Biroq hozirgi "Turg'unboev seriali" nomli ushbu transfer bundan mustasno. Gap shundaki, "Navbahor" futbolchisi Aziz Turg'unboev yangi mavsum oldidan o'zining amaldagi jamoasi va bo'lajak klubi bo'lmish "Paxtakor" bilan shartnoma imzolagan.

To'g'risi, hozirda futbolchini qaysi jamoa azosi ekanligi to'g'risida ham biror aniq malumotni etkazish qiyin. CHunki har ikkala klub Aziz Turg'unboev bilan bitimga imzo chekilgani haqida rasman malumot chiqardi.

Xush, aslida futbolchi kimga tegishli: "Navbahor"gami yoki "Paxtakor"?

Bu savolga har ikkala tomon o'z qo'lidagi hujjatlarga asoslanib javob bermoqda. Futbolchi esa o'z intervyusida "Paxtakor" bilan faqat muzokara olib borgani va "Navbahor"da qolmoqchi ekanligini takidlagan.

Hammasi ancha avval boshlangani aniq. "Paxtakor" mazkur iqtidor egasiga o'tgan yildan buyon qiziqib kelayotgandi. Biroq Aziz Turg'unboevni o'tgan mavsumda "Navbahor" o'z safida qoldirishga ko'ndirgan. Keyinchalik futbolchi namanganliklar bilan OCHL yo'llanmasini qo'lga kirita olmagach, "Paxtakor" variantiga yanada ko'proq va jiddiyroq qiziqib qolgani aniq.

Uzoq davom etgan muzokalardan so'ng futbolchi "Paxtakor" stadioniga borgan va amalda shartnoma ham imzolashga muvaffaq bo'lgan. Toshkent klubi esa yangi yildan so'ng ushbu bitimga asoslanib Turg'unboevni o'zining rasmiy sayti orqali jamoa azosiga aylanganini elon qildi. SHu kuni "Navbahor" klubi ham futbolchisi bilan amalda shartnoma uzaytirilgani va 2020 yilga qadar Turg'unboev ularga tegishli ekanligini malum qildi. Oradan ko'p o'tmasdan Turg'unboev: "Paxtakor" rahbariyati meni tushunishadi deb umid qilaman", - dedi. Futbolchi intervyuda "Navbahor" bilan chempionlikka erishmoqchiligini, rahbariyatga minnatdorchilik bildirib, ularni etiboridan boshi osmonga etayotganini aytgan. "Paxtakor" bilan faqatgina shartnoma borasida muzokaralar bo'lgani va yakuniy qarorini "Navbahor" foydasiga hal etganini takidlagan.

Yaxshi, niyatiga erishsin. Lekin Azizga bir savol bor, unda nega "Paxtakor" stadionidagi xonada shartnomaga qo'l qo'yayotgani aks ettirilgan suratga tushgan? Buni futbolchi qanday izohlaydi? Yoki Turg'unboev "Paxtakor" rahbariyatiga shunchaki dastxat qo'yib berayotganida uni rasmga olishganmikan?

"Paxtakor" rasmiy saytiga masul matbuot kotibi shartnomadagi imzo bilan dastxatni farqiga bormaydigan darajada futbolga endigina kirib kelmaganki, adashtirib yuborsa. Agarda Aziz Turg'unboev rostan ham "sherlar" bilan rasman shartnoma imzolamagan bo'lsa, unda "Paxtakor"ni yolg'on malumot tarqatganlikda, yani shartnomasi bo'lmay turib klub u haqda noto'g'ri malumot chiqarganligi uchun sudga bersin!

CHunki agarda bu yolg'on malumot bo'lsa, unda Turg'unboevning imiji uchun ham bu xunuk manzara. Sababiki, ko'pchilik normal fikrlaydigan insonlar futbolchini o'ta noprofessional va shartnoma qog'ozini shunchaki faqatgina maoshni belgilab yoki tasdiqlab beruvchi rasmiy hujjat sifatida biladi, deb o'ylashi tabiiy. Har holda Turg'unboevning gapidan xulosa qiladigan bo'lsak, Aziz "Navbahor"da qolishga qaror qilgan va "Paxtakor" bilan hech qanday rasmiy hujjatga imzo qo'ymagan. Lekin "Paxtakor" futbolchining transferini elon qilgan xabarda buni fakt bilan, yani rasm orqali asoslab chiqargan. Futbolchining gapi esa hozircha quruq safsataga o'xshab qolmoqda.

Mazkur transfer serialida ko'pchilik "Paxtakor"ni ayblamoqda. Yani, toshkentliklar "Navbahor"ga tegishli bo'lib turgan futbolchi bilan shartnoma imzolashgan. Birinchidan, "Paxtakor"mi yoki boshqami istalgan futbolchining amaldagi shartnomasi tugashiga 6 oy muddatdan kam vaqt qolganida muzokara o'tkazishi va shartnoma imzolashi mumkin. FIFA qoidalari bo'yicha ham bu to'g'ri. Ikkinchidan, agarda Turg'unboevning "Navbahor" bilan ko'p yillik shartnomasi bo'lgan taqdirda, unda futbolchi nega toshkentliklar bilan kelishgan va shartnoma tuzgan? Demak Aziz Turg'unboev "Paxtakor"ga kelayotganda namanganliklar bilan shartnoma muddati tugayotganidan xabari bo'lgan va bitimga rozi bo'lgan bo'lishi kerak. Xabari bo'lmagan taqdirda ham bu vaziyatda aybdor Turg'unboev bo'lib qoladi. CHunki futbolchi qaysi jamoa bilan qaysi payt va necha yilga bitim imzolayotganini ongli ravishda bilishi kerak. Har holda futbolchi shaxsiy shartnomasi haqida boshqalardan ko'proq bilishi va tushunishi kerak.


Haqiqat shuki, "Paxtakor" Turg'unboevni jamoaga kelishiga majburlamaydi. Futbolda buni iloji yo'q. Hech bir aqli sog'lom insonlar o'z jamoasiga kimnidir majburlab olib kelmaydi. Katta maosh, qiziqarli taklif istalgan futbolchini hayolini buzishi aniq. Demak Aziz Turg'unboev o'z xohishi va istagi bilan "Paxtakor"ga kelmoqchi bo'lgan. Kamida o'z kuchini OCHLda o'ynashi mumkin bo'lgan jamoada sinab ko'rishni istagan. Aynan shu jihatlarni etibori bilan futbolchi "Paxtakor"ga o'tishga qiziqqan va shartnoma imzolagan. Har holda "Paxtakor" taqdim etgan suratga tayanib "Paxtakor" bilan bitimga imzo chekkan deyapman.

Keyinchalik nima bo'lgani va "Navbahor" bilan aynan qachon shartnomasini 2020 yilga qadar uzaytirgani haqida bir narsa deyish mushkul. Odatda klublar o'z etakchilari bilan shartnomani uzaytirilishi bilanoq rasman bu haqda ommani xabardor qilishadi. Yaqindagina Sanat SHixov masalasida ham "Navbahor" shartnoma imzoladik, deb elon qilgandi. Keyinchalik esa futbolchi hamda klub o'rtasida rasman kelishuv bo'lmagani va yakunda SHixov "Navbahor"da qolmagani malum bo'ldi. 

"Paxtakor" transfer bozorida birinchi marotaba bu holatga tushayotgani yo'q. O'tgan yili ham klub poytaxt jamoasi futbolchisi bilan kelishuvga erishgan va keyinchalik o'sha futbolchining eski shartnomasi "paydo" bo'lib qolgani tufayli "sherlar" amalga oshirilgan xariddan voz kechishgandi. O'shanda "Paxtakor" qo'shnilariga hurmatni saqlagan holda jentelmenlik qilgandi. Bu tarafdan "Paxtakor"ga tosh otish insofdan emas. Bu gal voqealar rivoji qanday tugashi jumboq.

Tasdiqlanmagan, ammo menga malum bo'lgan malumotga ko'ra, "Paxtakor" Turg'unboevning shartnomasi masalasida sanani noto'g'ri belgilagani tufayli PFL ushbu transferni vaqtincha ro'yxatga olmagandi. SHu sababli ham toshkentliklar Turg'unboev transferini elon qilishni yangi yilga qadar kutishdi. Ammo hozirda masala qanday echim topdi va futbolchi rasman qaysi jamoaga tegishli, bu ochiq qolayotgan savol.


SHu o'rinda bir haqiqatni aytish kerakki, bizdagi ayrim futbolchilar o'zlarining shaxsiy shartnoma shartlari, undagi maoshdan tashqari qolgan jihatlariga beetibor bo'lishlari yangilik emas. Ko'p hollarda futbolchilar klubi bilan amalda necha yilga shartnoma imzolayotganliklariga ham befarq bo'lishadi va keyinchalik boshqa takliflar kelib qolganida bu ularga pand beradi. Kecha boshqa bilan, bugun esa o'zga jamoa bilan shartnomaga qo'l qo'yaveradigan noprofessional futbolchilar ko'payotgani achinarli. Futbolchi faqat maydonda emas, uning tashqarisida ham professional nomga munosib bulmog'i lozim.

O'FA yoki PFL Osiyo Kubogi musobaqasidan so'ng Aziz Turg'unboev ishini yaxshilab o'rganib chiqib, agarda futbolchi qaerdadir xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa, unda buni tartib qoida ko'ra jazolashi kerak. CHunki bunday ishlar bizning futbolda afsuski ko'p uchrab turadi. Ammo hammasi ham oshkor etilmaydi. SHu sababdan ham bunday ishlar yoki ketma-ket shartnoma tuzib ketaveradigan futbolchilar soni oshsa oshmoqdaki, hech kamaymayapti. Aynan shu ish boshqa futbolchilarga ham yaxshi dars bo'lishi kerak.

"Paxtakor" rahbariyati mazkur masala bo'yicha oxirigacha kurashadimi yoki yo'q, bilmadim-u, ammo menimcha, futbolchining bu gaplaridan keyin Turg'unboevni "Paxtakor"ga olib kelish xatoga o'xshamoqda. Agarda futbolchi klub bilan kelishsa, shartnomaga imzo cheksa va keyinchalik "Navbahor"da qolishni istayman, "Paxtakor" rahbariyati meni to'g'ri tushunishadi, deb o'ylayman deya bayonot berish har tomonlama bexurmatsizlik va noprofessionallik. Bunday gaplarni aytgan futbolchini jamoaga olib kelish qanchalik mantiqqa to'g'ri keladi, bilmadim.

Fikrimcha, Aziz Turg'unboev masalasida "Navbahor" yutib chiqqani maqul. SHunda hozirgi holatdan kelib chiqsak, bundan Turg'unboev ham yutgan bo'ladi. CHunki mazkur transfer serialida "Navbahor" jimgina va puxta harakat qildi. Turg'unboev ham ko'ngli Namanganda ekanligini aytgani "Paxtakor"ni bu kurashdan chiqishi uchun etarli. Kamida futbolchi jamoa o'yiniga qanchalik ko'shilib, kirishib ketishi nomalum. Fakt shuki, futbolchi "Navbahor"da o'z o'rniga ega. Lekin Turg'unboev istalgan jamoani keskin kuchaytirib yuboradigan futbolchi emaski, "Paxtakor" mazkur transfer masalasida oxirigacha kurashsa. Agarda "Paxtakor" huquqiy tarafdan haq bo'lib chiqib, futbolchini jamoaga olib kelgan taqdirda ham Turg'unboevni juda katta bosim ostida qoldiradi. Bu esa uni jamoaga kirishib ketishini yanada qiyinlashtirib qo'yishi aniq.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика