O'zbek sportchisi mashhur "Bellator"da debyut qildi
14 okt 2018 12:10
Yangiliklar
O'zbek sportchisi mashhur "Bellator"da debyut qildi
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Zarruh Adashev bugun "Bellator' promousheni tomonidan tashkil etilgan jang oqshomida ishtirok etdi.
Ushbu bahsda hamyurtimizga amerikalik Kristian Medina raqidblik qildi. Qayd etish lozimki, Adashevning "Bellator"dagi debyuti omadli chiqdi. Hamyurtimiz jangning birinchi raundidayoq raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, "Bellator" aralash qoidalar asosidagi janglarni tashkil etadigan promoushenlik kompaniyasidir. U nufuzi jihatidan jahonda UFC dan keyingi o'rinda turadi.
JANG VIDEOSINI TOMOSHA QILING
Fikrlar