So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  0 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

O'zbek futbolida yangi sovrin - "DO'PPI" Yangiliklar

O'zbek futbolida yangi sovrin - "DO'PPI"

Ilk marotaba saytimiz tomonidan professionallarga xos tarzda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlaymiz.

Aniqrog'i, biz tashkil etamiz, unda oliy va birinchi liga jamoalarining bosh murabbiylari hamda sardorlari ko'rsatilgan besh nafar nomzoddan bir nafarini tanlab oladilar.

Nima uchun bu sovringa "Do'ppi" deb nom berdik. Balki bu kulguli tuyulayotgandir. Do'ppi avvalo O'zbekistonning milliy bosh kiyimi, qolaversa, aksariyat viloyatlarda to'pni "do'ppi" deb atashadi. SHu ikki jihatni inobatga olgan holda, sovringa shunday nom berdik.

Ayni paytda ovoz yig'ish jarayoni ketyapti. Unda barcha murabbiylar qatnashayotgani kishini quvontirmay qolmaydi.

"Do'ppi" - 2014 sovrinini qo'lga kiritish uchun quyidagi murabbiy va futbolchilar kurash olib borishyapti.

Murabbiylar:
1. Vadim Abramov
2. Sergey Lushan
3. Samvel Babayan
4. Ravshan Haydarov
5. Ro'ziqul Berdiev

Futbolchilar:
1. Odil Ahmedov
2. Vitaliy Denisov
3. Jamshid Iskanderov
4. Sardor Rashidov
5. Artur Gevorkyan

Nomzodlarni tanlashda, ularning joriy mavsumda erishgan yutuqlari va mehnatlari inobatga olindi.

Samvel Babayan hech kim kutmagan joyda jamoasini chempionlik sari etaklay oldi. Vadim Abramov chempionatda ikkinchi o'rinni olish bilar birga, ilk marta "Lokomotiv"ning O'zbekiston Kubogida zafar quchishida katta rol o'ynadi. Hech kim joriy mavsum "Nasaf"ni medallardan birini qo'lga kiritishini kutmagan bir vaziyatda, "Nasaf" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Bunyodkor"ni ortda qoldirib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Sergey Lushan esa jamoasini qo'rqmay yoshartirib yubordi va Kubok finaliga qadar etib bordi. Ravshan Haydarov bo'lsa yoshlarimizni Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga olib chiqdi.

Murabbiylardan farqli ravishda futbolchilarni saralash qiyinroq kechdi. SHunday bo'lsa-da, 2014 yilni avvalgi mavsumlardan ko'ra bir kalla ustun o'tkazgan Odil Ahmedov birinchilardan bo'lib nomzodlar ichidan joy oldi. Undan keyin Vitaliy Denisov. Vitya "Lokomotiv"da avvalgi mavsumdagi o'yini shunchaki tasodif emasligini isbotlay oldi. SHubhasiz, ular qatoridan Jamshid Iskanderov va Sardor Rashidov joy olmasalar adolatsizlik bo'lardi. Bu ikki futbolchi 2014 yilgi oliy liga bahslarini bezab turdilar. So'nggi nomzod "Nasaf" va O'zbekistonning eng yaxshi legioneri Artur Gevorkyan. CHempionat to'purari bo'lgan yarim himoyachiga bu to'rt futbolchini ortda qoldirishi qiyin bo'lsa-da, nomzodlar qatoridan o'rin olishining o'ziyoq bitta yutuq deb aytsak bo'ladi.

Ishonchimiz komilki, 3-4 yil o'tib mazkur sovrinni qo'lga kiritish murabbiy va futbolchi uchun faxr bo'ladi. Boisi mazkur sovrin g'olibini futbolimiz ichidagi mutaxassislar aniqlaydilar.

Ushbu loyiha "Futbol Eksprees" gazetasi bilan hamkorlikda o'tkazilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика