So’nggi yangiliklar

21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  1 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  268 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  0 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  2 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  7 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   7 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  21 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4

O'zbek futboli tarixidagi eng kuchli himoyachilaridan biri, terma jamoa uchun borini bergan Anzur Ismoilovni tabriklaymiz! Yangiliklar

O'zbek futboli tarixidagi eng kuchli himoyachilaridan biri, terma jamoa uchun borini bergan Anzur Ismoilovni tabriklaymiz!

Bugun “Paxtakor” futbolchisi, terma jamoamiz safida 100dan ortiq o'yin o'tkazgan himoyachi Anzur Ismoilov 35 yoshga to'ldi.

Tajribali o'yinchining tug'ilgan kuni munosabati bilan faoliyati haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Ilk qadamlarni Samarqandning “Dinamo” jamoasida tashlgan futbolchiga murabbiylar ko'p ham imkoniyat berishmaydi. Natijada poytaxtga “Traktor” jamoasiga ko'chib o'tadi va Oliy Ligada bir nechta o'yinlarda maydonga tushadi. 2002/2003 yillarda 5ta uchrashuvda ishtirok etib sekin asta o'z tajribasini oshirib bordi. SHundan so'ng faoliyatida burilish yasashga sabab bo'lgan, ko'pchilik futbolchilar to'p tepishni orzu qiladigan “Paxtakor” jamoasi azosiga aylandi. O'sha vaqtlarda jamoada raqobat yuqori ekanligi bois asosan o'rinbosarlar jamoasida o'zining iqtidorini namoyon qilishga astoydil intildi.

2006 yilda yana ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida “Dinamo”ga ijaraga berildi. U erda imkoniyatlarini to'liq namoyish qilgan Anzur keyingi mavsumdan boshlab “sherlar”ning asosiy himoyachilaridan biri bo'lish baxtiga muyassar bo'ldi.


2007 yil uning uchun kutilganidanda muvaffaqiyatli kechdi. Dastlab “Paxtakor” bilan MDH kubogida bosh sovringa ega chiqqan bo'lsa, o'sha yili Rauf Inileev boshchiligidagi terma jamoa bilan Osiyo kubogida debyutini nishonladi. Anzurning bu musobaqaga borishi ham qiziq tarix bo'lgan. Janubiy Koreyada o'tkazilgan yig'in davomida Asror Aliqulov boshidan og'ir jarohat oladi va yakuniy tarkibga kirishi so'roq ostida qoladi. Bunda murabbiy Abramov boshqarayotgan olimpiya terma jamoasidan Anzur Ismoilovni tezda tarkibga jalb qiladi. Abramov o'z shogirdini qo'yib yuborishni istamagan. CHunki, bu paytda ular ham Olimpiadaga saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Ammo, baribir himoyachi milliy jamoaning umumiy qaydnomasiga kiritiladi va ikkinchi tur Malayziya bilan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushadi. SHundan so'ng u muntazam ravishda terma jamoaga chaqirilib boriladi va vaqt o'tgani sari termaning ajralmas azosi bo'ldi.

2009 yilgi mavsumdan so'ng unga poytaxtning ikkinchi grandi taklif bilan chiqadi. Moliyaviy tomondan baquvvat “Bunyodkor” iqtidorli futbolchiga ega bo'ladi. Bir mavsum davomida ushbu jamoada harakat qildi va 25ta uchrashuvda 2ta to'p kiritdi. Terma jamoamiz tarixidagi eng muvaffaqiyatli o'tgan 2011 yil Qatardagi Osiyo kubogidan so'ng ko'plab futbolchilar qatori legioner maqomini oldi.

Bir qator variantlar orasidan Xitoyning “CHanchung Yatay” klubini tanladi va shartnoma imzoladi. U mazkur klubda etti yil davomida to'p tepdi va 200ga yaqin uchrashuvda qatnashdi. Mana shu davrda u jamoasining ishongan o'yinchisi bo'ldi, 20ga yaqin gollarga mualliflik qildi.


Uzoq yillik faoliyatidan so'ng xorijdagi faoliyatini to'xtatishga qaror qilgan Anzur Ismoilov 2018 yilning ikkinchi yarimida “Lokomotiv” futbolchisi sifatida elon qilindi. O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan “temiryo'lchilar” uning yordamida xalqaro maydonda uzoqroqqa borishni ko'zlagan edilar. Lekin, jamoa OCHLni guruh bosiqichdayoq yakunlashga majbur bo'ldi.

O'tgan mavsum yakunlangandan so'ng “Paxtakor”ning legioner himoyachisi Marko Simich klubni tark etgandan so'ng jamoa uning o'rniga Anzur Ismoilovni taklif qildi va mudofaa bilan bog'liq muammolarga echim topdi. O'z o'rnida u ham qadrdon sobiq klubiga qaytganidan xursand ekanligini yashirmadi. O'zbekiston milliy terma jamoasida 100dan ortiq uchrashuvda borini berib o'ynadi, maydonda o'z ishini sitqidildan bajardi. Ayniqsa, JCH-2018 saralash bosqichining so'ngi turi Janubiy Koreya bilan bahsdan so'ng intervyusida o'zini muvaffaqiyatsizlikda aybdordek his qildi, achinish bilan gapirdi. Bu uning mard va sodiq futbolchi ekanligidan nishonadir. Nima bo'lganda ham uning nomi tilga olinganda Baxtiyor Ashurmatov, Asror Aliqulov, Andrey Fyodorov kabi kuchli himoyachilar bilan bir qatorda zikr etiladi.


Eldor Suyunov (“Paxtakor” jamoasi darvozaboni): Anzur Ismoilov men ko'rgan o'zbekistonlik himoyachilar ichida eng yaxshi markaziy himoyachi deb o'ylayman. O'z ishining haqiqiy proffesionali va ustasi. Juda ham oliy janob inson. SHunday futbolchi bilan bir jamoada to'p tepayotganimdan xursandman. Unga avvalo to'kis iymon, sog'lik va salomatlik, baxt, omad tilayman. Har doim hushchaqchaq bo'lib yurishlarini tilab qolaman. Bu inson mashhur bo'lib, yaxshi maosh olib oddiyligini va samimiyligini yo'qotmagan kam sonli odamlardan biridir. Yana bir bor tug'ilgan kuningiz bilan tabriklayman Anzur aka!


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика