So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Лопетеги шогирдлари минимал ғалабага эришди, 9 турдан сўнг мусобақа жадвали ва тўпурарлар рўйхати билан танишинг  1 01:35A Серия. 90+2 дақиқадаги гол “Милан”ни 3 очкодан махрум етди  7 00:40Сульшер бугунги баҳсни бошқарган ҳакамни мақтади  6 00:15Клопп: “ВAРда ҳам муаммолар борлиги кўриниб турибди”  10 23:30Бундеслига. “Хоффенхайм” – “Шальке” ўйини 8-турга якун ясади, турнир жадвали ва тўпурарлар рўйхати билан танишинг  1 23:15РПЛ. 13-турнинг сўнгги баҳси якунланди, турнир жадвали ва тўпурарлар рўйхати билан танишинг  16 23:05ЕЧЛ. “Реал”нинг “Галатасарой”га қарши қайдномаси эълон қилинди  3 22:55A Серия. “Милан” – “Лечче” бошланғич таркиблар маълум  1 22:35“Ливерпуль”нинг ғалабали сериясига чек қўйилди  43 22:23Адам Лаллананинг баҳс сўнггида урган голи "Ливерпуль"ни МЮ билан ўйинда мағлубиятдан қутқариб қолди  157 22:15Лига 1. “Монако” 90+2 дақиқадаги гол эвазига “Ренн”дан устун келди  1 22:00Olamsport: Паола ва бошқа қиличбозларимиз Туркияда, Конорнинг эҳтимолий рақиби ва бошқа хабарлар  0 21:50Клеман Лангле: "Класиконинг бошқа кунга кўчирилиши – Барселонадаги муаммолар пайтида энг яхши қарор"  3 21:30Почеттино таркибни кучайтириш ҳақида: "Жамоадан мамнунман, лекин раҳбарият ўзгаришларга тайёр туриши керак"  3 21:25РПЛ. "Уфа" - "ЦСКА" 1:1  0

O'zbek futboli qiroli - Mirjalol Qosimov! Yangiliklar

O'zbek futboli qiroli - Mirjalol Qosimov!

Bundan 49 yil avval Toshkent shahrida o'zbek futboli qiroli dunyoga kelgan.

(O'tgan yil yozilgan maqola yangilanib qayta chop etildi)

Yoshligidan charm to'pga mehr qo'ygan Qosimovni buyuk kelajak kutayotgandi.


Mirjalol Qosimovning otasi o'g'lini 10 yoshida CHig'atoydagi futbol maktabiga olib boradi. Taniqli mutaxassis Yuriy Gospadarchuk avvaliga Qosimovni qabul qilishga ko'nmaydi. Lekin futbolchining otasi va Qosimovning o'zi Gospadarchukni fikrini o'zgartirishga va jamoaga qo'shilishga tish-tirnog'i bilan tirishadi. Gospadarchuk esa bo'lajak futbol yulduzini maktabga qabul qilishga ko'nmasdan o'zga chora topa olmaydi. Yakunda esa Yuriy Gospadarchuk o'sha qarori o'zbek futbolining kelajagi uchun juda ahamiyatli va muhim bo'lib chiqadi.



O'smirlar va yoshlar o'rtasida Jahon va Evropa chempioniga aylangan Mirjalol Qosimov O'zbekiston terma jamoasi bilan hozirgi kunga qadar yagona xalqaro sovrin bo'lib turgan 1994 yili Hirosimada o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida g'oliblikni qo'lga kiritadi.


Futbolchilik davrida bir qator jamoalarda muvaffaqiyatli o'ynagan Qosimovni barcha klublar yorqin xotiralar bilan eslaydi.


Qosimov yoshligida barcha o'zbek futbolchilari qatori "Paxtakor" sharafini himoya qilishni orzu qiladi. Uning bu orzusi amalga oshadi. SHuningdek, Qosimov o'z faoliyati davomida "Dinamo Minsk", "Spartak" (Vladikavkaz), "Alaniya", "Krilya Sovetov", "Al SHabab" hamda "Mashal" jamoalarida to'p tepadi.



Qosimov o'zi o'ynagan barcha klublar tarkibida bir nechtadan gollar urishga erishgan. Markaziy yarim himoyachi uchun ushbu ko'rsatkich shunchaki fantastik natija hisoblanadi.


Jarima zarbalari, burchak to'plari va to'p uzatmalarni amalga oshirishda nozik did sohibining takrorlanmas ijrolarini hali-xamon futbol ishqibozlari yorqin xotiralar bilan eslashadi.


Maydonni ko'ra bilish qobiliyati, to'pni his etish va etakchilik xususiyatiga ega bo'lgan Qosimovni o'zbek futboli muxlislari hozirgacha sog'inishadi.



Qosimovning futbolchilik faoliyati haqida soatlab gapirish, to'xtovsiz yozish mumkin. O'zbek futboli qiroli futbolchilik faoliyatida bitta armon bilan butsasini mixga ilgandi. U ham bo'lsa Jahon chempionatida ishtirok etish.

2005 yili "Mashal"da futbolchilik faoliyatini yakunlagan Qosimovning xayrlashuv uchrashuvi 2007 yili 2 iyunda Toshkentdagi MHSK stadionida bo'lib o'tadi.

Qosimovning xayrlashuv o'yinida O'zbekiston terma jamoasi Evropa va Osiyo terma jamoasi yulduzlariga qarshi o'ynaydi. Qosimov esa bir taym O'zbekiston terma jamoasi safida, ikkinchi bo'limda esa Evropa va Osiyo terma jamoasi yulduzlari tarkibida to'p tepadi. Bahs do'stona 3:3 hisobi bilan tugaydi.

Evropa va Osiyo terma jamoasi tarkibida Ali Daei, Mubarak Mustafa, Sergey Semak, Andrey Karyaka kabi futbolchilar to'p surishadi. Jamoani esa Valleriy Gazzaev boshqarib tushadi. Fahriy mehmon sifatida esa Aleksandr Pisarev, Viktor Onopko, Aleksandr Tarxanov tashrif buyurishadi.

Hozirgi kunda "Zenit" bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Sergey Semak esa Qosimovning xayrlashuv uchrashuvidan so'ng o'zining blogpostida mazkur uchrashuv va O'zbekistonga tashrifi haqida alohida to'xtalgan.


- Sergey Semak Mirjalol Qosimovning xayrlashuv uchrashuvi haqida


SHundan keyin o'zbek futbolining "qaldirg'ochi" murabbiylik sohasidagi faoliyatini butsasini mixga ilgan "Mashal" jamoasida Kumikovga yordamchi sifatida boshlaydi. Keyinchalik esa O'zbekiston terma jamoasi va olimpiya terma jamoasidagi bosh murabbiy Rauf Inileevga yordamchi bo'ladi. 2007 yilga kelib esa o'sha paytdagi yangi nihol "Quruvchi"ga (hozirgi "Bunyodkor") bosh murabbiy etib tayinlanadi.

Qosimovning murabbiylik faoliyati ham yaxshi boshlanadi. "Quruvchi"ni qurayotgan Qosimov jamoani OCHLdagi debyut mavsumidayoq yarim finalga qadar etaklaydi. Yarim final oldidan esa "Bunyodkor"ga braziliyalik taniqli mutaxassis Ziko taklif etiladi. Ziko esa yarim finaldayoq OCHLdagi yurishini to'xtatishga majbur bo'ladi. Qosimov qo'l ostida yarim finalga yo'l olgan "Bunyodkor" Ziko bilan o'sha bekatda qoladi. 2008 yilning sentyabr oyida Qosimovni Rauf Inileevning o'rniga terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashadi. Ammo murabbiylik faoliyatida hali to'liq "pishib" ulgurmagan Qosimovning bosh jamoada ishlari ko'ngildagidek kechmaydi. Natijada esa uning o'rniga 2010 yili aprel oyida Vadim Abramov o'tiradi.


Abramovning JCH-2014 saralash bosqichi doirasidagi Eronga alamli tarzda yutqazgan uchrashuvidan keyin 2012 yilning sentyabr oyida Qosimov yana terma ruliga qaytariladi. Bu orada Qosimov malum muddat "Bunyodkor" va O'zbekiston terma jamoasini bir vaqtda boshqarishiga to'g'ri keladi.



JCH-2014ga chiqish uchun kurashgan terma jamoamizga yakunda mundialga borish uchun ikkitagina gol etmay qoladi. Qosimov o'shanda barcha aybni o'z bo'yniga olib, istefoga chiqishini bildiradi. Ammo O'FF rahbariyati Qosimovning istefosini qabul qilmaydi hamda murabbiy o'z ishini davom ettiradi.

Vaholanki Qosimov o'shanda JCH-2014 saralash bosqichini to'liq o'zi o'tkazmaydi. Guruhda 7ta o'yin o'tkazgan terma jamoamiz yakunda 14 ochko to'playdi va O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi JCHning so'nggi saralash bosqichida jamg'arilgan eng ko'p ochkosi sifatida qayd etiladi. Ammo mundialga yo'llanma ko'lga kiritilmagandan keyin Qosimov ko'pchilik tomonidan keskin tanqidlar ostiga olinadi. Murabbiy o'sha saralash bosqichini to'liq o'zi o'tkazmaganini, gollar nisbatiga ko'ra qolib ketilganini ro'kach qilmaydi. Yani baxona qidirmaydi. Vaholanki saralash bosqichini to'liq Qosimovni o'zi o'tkazganida balki o'sha etmay qolgan gollar nisbatini bir ochko ishlagan holda to'ldirishi mumkin edi. Lekin Qosimov hech qanday bahona qidirmaydi. Afsona doimgidek mardlik qiladi.


Osiyo chempionatidan keyin JCH-2018 saralash bosqichining ilk bellashuida KXDRga yutqazilgach Qosimov yana istefo beradi. Bu safar uning istefosi O'FF tomonidan qabul qilinadi. 2015 yil 23 iyun kuni O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysiz qoladi.



Ushbu istefodan keyin ko'plab tanqidlarga uchragan Qosimov murabbiylik faoliyatida kichik tanaffus qildi. Bir qator takliflarga qaramasdan Qosimov hech bir chorlovni qabul qilmadi va hordiq chiqarishni maqul topdi. Faqatgina 2017 yil Qosimov yana o'zining jonajon jamoasi "Bunyodkor"ga qiyin pallada yordam berish uchun qaytishga ko'nadi. Qosimov 2013 yili "Bunyodkor"dan ketgach "qaldirg'ochlar"ning ham ishlari orqaga yuradi. CHempionatda medallarsiz qolish, OCHLda guruhdan chiqolmaslik va shunga o'xshash bir qator anti-rekordlar o'rnatiladi.


4 yillik tanaffusdan keyin "Bunyodkor"ni qabul qilib olgan Qosimovning oldida "qaldirg'ochlar"ni yanada uzoqqa parvoz qilishga o'rgatish vazifasi turadi. Endigina tuxumdan yorilib chiqqan yosh "qaldirg'ochlar"ga uchishni o'rgatish uchun Qosimovga ko'p vaqt kerak bo'lmadi. Qosimov kelgach birinchi qilgan ishi jamoani qayta "reanimaciya"dan chiqardi.


Jamoani og'ir ahvolda qabul qilgan murabbiy "Bunyodkor"ga g'oliblik ruhi, xarakterni qaytarishga erishdi. Qosimovning kelishi bilan jamoaning natijalari yaxshilandi. Mirjalol Qosimovning ilk ishi futbolchilarga qaysi klub sharafini himoya etishayotganini tushuntirish va ularni miyasiga buni singdirishdan iborat bo'ldi. Qisqa fursat ichida o'zbek futboli qiroli bu ishni uddalashga muvaffaq bo'ldi. Ammo 2018 yilgi mavsum avvalgisidanda moliyaviy taraflama qiyin bo'ldi. Lekin shunga qaramay Qosimov yo'qdan bor qilish salohiyatiga ega ekanligini isbotlashda davom etmoqda.


"Bunyodkor" uchun Qosimovning yo'qligi murabbiyni qadrini yanada oshirdi. CHunki "qaldirg'ochlar"ning 2014, 2015 va 2016 yillari qayd etgan natijalar jamoa tarixidagi eng yomoni sifatida qayd etildi.

Qosimov "Bunyodkor"dan ketgach jamoa murabbiysiz qanchalik qiynalgan bo'lsa, O'zbekiston terma jamoasi ham malum muddat shu kuyga tushdi. Yani Qosimovning istefosi terma jamoaga hech qanday naf keltirmadi. Aksincha, o'z vaqtida tanqid qilganlarning ko'pchiligi Qosimov davridagi terma jamoani sog'ingan pallalar juda ko'p bo'ldi.



Qosimovning istefosidan keyin terma jamoaga MURABBIY kelmadi. SHu boisdan O'zbekiston terma jamoasi o'tgan galgi mundialdan ham quruq qoldi. Hozirda esa terma jamoa bosh murabbiyi etib tajribali Ektor Kuper tayinlandi.


Qosimovning futbolchilikdagi armoni, murabbiylikdagi JCH-2014 saralash bosqichining omadsiz yakuni va muxlislar oldidagi mundial qarzi uni yanada kuchli qilgan bo'lsa ajab emas. Mirjalol Qosimovning 2017 yilning ikkinchi qismida "Bunyodkor"ga qaytishi jamoa qaddini ko'tarishga, o'zligini tanishga turtki bo'ldi.


Qiyinchiliklarni doim mardonavor engib kelgan o'zbek futboli qiroli - Mirjalol Qosimov bugun o'zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. Qosimov futbolchilik davrida juda katta obro', nom qozondi. Bir qator yutuqlarga erishdi. Murabbiylikda ham O'zbekistonda bir necha bor birinchi bo'ldi. Ayni paytda esa Qosimov Olmaliqning AGMK jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.


Futbolni nozik did bilan o'ynagan, to'pga xushmuomalalik bilan munosabatda bo'lgan Qosimov, murabbiy sifatida juda kuchli taktik va strateg hisoblanadi.



Qosimov nafaqat kuchli futbolchi yoki murabbiy, balki inson sifatida ham hurmatga loyiq. Matbuot anjumanlarida, intervyularda jurnalistlarning savollariga xushmuomulalik bilan batafsil javob beradigan professional murabbiy.


Ha-ya, aytgancha, ko'pchilik Mirjalol Qosimov yoshini Sobiq Ittifoq davrida "urilmaganmi", degan gumonlarga ko'p boradi.

Yani, o'sha paytlari Sobiq Ittifoq davrida futbolda bu kabi holatlar juda ko'p uchragan.


SHu joyda 2003 yil, 24 yanvar kuni "Sport-Ekspress"da Mirjalol Qosimov bilan chop etilgan intervyudan parcha keltiraman:

- Jalol, provakacion savol. Pasport bo'yicha siz 17 sentyabr kuni 33 yoshga to'lasiz. Hech kimga sir emaski, Sobiq Ittifoq davrida o'smirlar futbolida yoshni 2-3 yilga "urish" ancha avj olgandi. Futbol olamida Qosimov ham yoshini 1-2 yilga kichraytirgan, degan gaplar yuradi...
- (Kuladi.) Bilaman, bilaman... Men sizga aniq aytaman. Agarda kimdir bilan meni yoshim haqida bahslashib qolsangiz, bemalol 1970 yilda tug'ilgan, deb ishonch bilan aytavering. Bahsda g'olib chiqishizga kafolat beraman. Bu kabi gap-so'zlar birinchi marta maktabda o'qib yurgan kezlarimda paydo bo'lgandi. Toshkent shahar birinchiliklarida o'ynab yurganimizda, raqib jamoa murabbiylari meni yoshi katta, deb etiroz bildirardi. Meni yoshim bo'yicha ko'p garov bog'lashardi. Yutqazgan esa restoranga pul to'lardi.

- Buni qanday aniqlashardi?
- U paytlari pasportni o'zgartirish juda oson bo'lgan. Ammo FHDYOda yozib qo'yilgan sanani o'zgartirish imkonsiz. FHDYO orqali meni yoshim to'g'riligini aniqlashardi. Meni yoshim haqida juda ko'pchilik ko'p garov bog'lashgan. Ammo har doim murabbiyim garovda g'olib chiqardi.

Mana bu o'sha paytdagi suhbatdan parcha.




Mirjalol Qosimov haqida qisqacha malumot:

Tug'ilgan sanasi: 1970 yil, 17 sentyabr
Tug'ilgan joyi: O'zbekiston, Toshkent shahri
Bo'yi: 174 sm
Poziciyasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: "SK FMM Moskva" (1986), "Paxtakor" (1987), "Dinamo Minsk" (1988), "Paxtakor" (1988-1991), "Spartak Vladikavkaz" (1992), "Paxtakor" (1993), "Alaniya" (1994-1996), "Paxtakor" (1997-1998), "Alaniya" (1999), "Paxtakor" (1999), "Krilya Sovetov" (2000-2001), "Al SHabab" (2001-2002), "Paxtakor" (2002-2003), "Alaniya" (2003-2004), "Mashal" (2005).
Terma jamoadagi faoliyati: O'zbekiston (1992-2005)
Murabbiylik faoliyati: O'zbekiston olimpiya terma jamoasi (2006-2007), O'zbekiston terma jamoasi (2008-2010, 2012-2015), "Bunyodkor" (2007-2014, 2017-2018), AGMK (2019-...)




O'zbek futbolining tirik afsonasi bugun 49 yoshni qarshilamoqda. Mirjalol Qosimovga butun o'zbek futboli muxlislari nomidan sog'lik, oilaviy baxt va omad tilab qolamiz. Murabbiy sifatida esa katta marralarni, xalqaro musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz.


Malumot uchun: Mirjalol Qosimov murabbiylik faoliyatida hozirga qadar 296 o'yin o'tkazgan va ularda 176 g'alaba, 63 durang hamda 57 mag'lubiyat qayd etilgan. Yani, Qosimov murabbiylik faoliyatida o'tkazgan 60% o'yinlarda jamoasi g'alabani tantana qilgan. Etiborli tarafi, Qosimov OCHLda yarim finaliga 2 marotaba chiqqan yagona o'zbek mutaxassisi sanaladi. Ayni damda Superligada ishlayotgan barcha mutaxassislarning umumiy sovrinlarini qo'shib hisoblaganda ham Qosimov murabbiylik faoliyatida qo'lga kiritgan sovrinlarga tenglasha olmaydi. Mirjalol Qosimov murabbiy sifatida 3 karra O'zbekiston chempioni va O'zbekiston kubogi sohibi, O'zbekiston Superkubogida ham muvaffaqiyat qozongan murabbiy. Mazkur natija, yani sovrin yutish borasida ham ichki chempionat miqiyosida o'ziga xos xet-trik qayd etgan yagona mutaxassis.


AGMK futbol klubi matbuot xizmati tabrigi

Tug'ilgan kun muborak, Mirjalol Qo'shoqovich! Afsona! Maestro!

Muallif : Shahboz Beg'amov
Reyting: +248   

Fikrlar

+21   
17 sen 00:40:52
Реал Насаф я всегда с вами
Terma jamoa uchun eng kup foydasi tekkan inson faqatgina shu inson loyiq MTJ ga bosh murabbiylikka aka doim sog' salomat bo'ling
+15   
17 sen 01:04:45
Draxler
Trenir sifattayam natijalar daxwatu. Bravo. Terma kamandaga Qosimovi qoyuriw kere. 2014da bita parajenyaga wunaqa reaksiyani deb buzib qoyilgan nastroy. Trenir sifattayam iwi zor tan oliw kere. Xoziri xolatta Qosimov terma kamandaga ideal tanlov boladi UFA
+11   
17 sen 00:47:35
Abdulaziz zafar myu
Uzbek futbol daxosi. Termaga qayt va jchga olib chiq
+9   
17 sen 10:30:48
Sirojiddin nur
Mirjalol Qosimov buyuk futbolchi va buyuk murabbiy. Biz siz bilan faxrlanamiz. Milliy termaga Mirjalol aka munosib faqat.
+9   
17 sen 00:48:47
Goldberg
Штрафнойлани ёриб таширди. Крученный голларни курардик. Супер диспечериди майдонда. Углавойла хар доим жуда хавфли буларди. Эххх канийди яна шунака футболчимиз етишиб чикса
+8   
17 sen 00:50:38
Lokomotiv PFK UZBEKISTAN ( TASHKENT )
Ajoyib maqola gap yoo rahmat
+7   
17 sen 00:45:22
LEGEND 11
Özbek futboli qiroli bn tug’ilgan kunim bir kunda ekan !!!
+6   
17 sen 02:30:44
фидокор
Тугилган кунингиз муборак бўлсин нима яхши ниятингиз булса ниятингизга етинг фарзандларингизни роҳатини куринг узбек футболи учун хали куп меҳнат килишингиз керак биз сизга ишонамиз футболчиликда кандай зур булган булсангиз мураббийликда хам зур булинг
+5   
17 sen 01:59:20
Mirjalol
Hozir Terma jamoaga shunga o'xshagan jonkuyar fudbolchilar yetishmayapti
+4   
17 sen 06:41:35
Nazarbek (man utd)
M.Qosimov xalqni ichidagi odam.C.Ronaldo Toshkentga kelganda JAR ga kirishda xalqni ichida "talpada" kirganlarini o'z ko'zim bilan ko'rganman.Jeparov va bir qancha o'yinchilar qimmatbaxo moshinasida kirib kelgandi o'shanda.
+4   
17 sen 05:20:58
Azalshoh
Aynan Qosimov orqali butun dunyo o'zbek futbolini tanigan!Yarim himoya "qirol"i bo'lgan Yulduz 17yoshida yana bir "qirol"Peledan kubokni qabul qilib olgan!Tug'ilgan kun muborak,Jalol!
+4   
17 sen 05:20:46
Бони-М
ОЧЛда икки маротаба ярим финалда, жудазам зур натидаку, Сколяри хам юлдузли таркиби билан бу ишни уддалай олмаган.
+4   
17 sen 01:40:43
2503
Узбекистонда Косимовдек футболчи хозиргачаям йук,мурабийликда унчали кучли мурабий деб хисобламайман лекин Бабаян Купер Суперлардан кура яхши мурабий деб биламан,келгуси фолиятига ОМАД
+3   
17 sen 06:35:51
ABDIMAJIT KADIROV - XOJELI
Туғилган кун муборак, Миржалол ака!
+3   
17 sen 01:31:36
Misha.87.
Миржалол Косимовни нафакат мураббий яхши Футболчи ва ажойиб инсон сифатида жудаям хурмат киламан
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика

CA ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing