O'zbek futboli malikalari (2-qism)
08 okt 2021 16:42
Yangiliklar
"Futbol erkaklar o'yini", deyishadi ko'pincha. O'zimiz ham sportning bu turini sevadigan qizlarga o'zga sayyoralikka qaragandek boqamiz. Aslida unchalik emas. Atrofimizda inglizlar ixtiro qilgan o'yinni yoqtiradigan ayollar talaygina.
Bugun o'z qiziqishini kasbiga aylantira olgan, ayni paytda o'zbek futbolining ichida kuyib-pishayotgan qahramonlar haqida hikoya qilishga qaror qildik. Demak, 2-qism.
Elena Ablyakimova — "Paxtakor" matbuot xizmati vakili.
Elena ayni paytda Olamsport.com saytining rus bo'limida ham faoliyat yuritadi. U Myunxenning "Bavariya" klubi muxlisasi.
Yuliya Panina — uzoq vaqtdan beri O'zbekiston futbol associaciyasida faoliyat yuritib kelyapti.
U ayni paytda ayollar futbolini rivojlantirish bo'limi bosh mutaxassisi hisoblanadi.
Laylo Tilovova — O'zbekiston terma jamoasi posboni.
1997 yilda tug'ilgan Laylo 2 mavsumdirki, "Sevinch" klubida himoyachi sifatida to'p tepmoqda. Ayni paytda u milliy jamoamizning asosiy darvozaboni hisobanadi.
Muxtasar Umarova — Olamsport.com sayti dizayneri.
U ayni paytda Toshkentning "Paxtakor" klubi matbuot xizmatida ham faoliyat yuritadi. Muxtasarning posterlariga AGMK grafik dizayneri ham allaqachon tan bergan.