So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

O'zbek futboli. Hakamlar bilan bog'liq vaziyatlar tufayli reglamentga o'zgarishlar kiritildi Yangiliklar

O'zbek futboli. Hakamlar bilan bog'liq vaziyatlar tufayli reglamentga o'zgarishlar kiritildi

So'ngi paytlarda Superligada uchrashuvlarni boshqarib borayotgan hakamlar bilan bog'liq turli etirozlar yangrayotgani va bu xolatlar futbol muxlislari o'rtasida keng muhomakalarga sabab bo'layotgani rost.

Aksariyat vaziyatlarda bunday etirozlar asosan futbol klublarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar tomonidan bildirilmoqda. SHundan kelib chiqib doimiy ravishda futbol klublarining hakamlarga bo'lgan noroziligini musobaqalar reglamentida o'rnatilgan tartibda amalga oshirishlarini taminlash va nazorat qilish masalasi bo'yicha 2021 yilgi musobaqalar reglamentining 18-bobiga quyidagi tahrirda qo'shimcha bandlar kiritildi:

"18.19. Musobaqa davomida yoki uning yakunida bosh murabbiy, klub rahbari yoki futbolchisi uchrashuv hakamligiga nisbatan o'z etirozini bildirsa, biroq uchrashuv rasmiy qaydnomasiga Reglamentning 16.2-bandida ko'rsatilgani bo'yicha shikoyat arizasi kiritmasa, O'FAning "Intizom kodeksi"ga muvofiq jarima sankciyasi qo'llaniladi".

Bu nima degani? Bir qaraganda barchasi tushunarli. Lekin endilikda har bir futbol klubi murabbiyi, klub rahbari yoki futbolchisi hakamlar bilan bog'liq vaziyatlarda o'ta hushyor bo'lishi talab etiladi. Yani yuqorida aytib o'tilgan shaxslar o'yin davomida uchrashuv hakamiga nisbatan etiroz bildirsa va keyinchalik o'yinning borishidan kelib chiqib bu xolat o'zining ham yodidan ko'tarilib ketmasligi kerak. O'sha etirozlar tegishli tartibda o'yin yakunidan so'ng uchrashuvning rasmiy qaydnomasiga ham kiritib qo'yilishi talab etilmoqda. Bundan tashqari murabbiy tomonidan matbuot anjumanlarida uchrashuv hakamlari bilan bog'liq vaziyatlar tufayli o'z etirozlarini bildirib o'tsalar, albatta uning bu etirozlari rasmiy qaydnomada ham aks etgan bo'lishi shart. Aks xolda O'FAning "Intizom kodeksi"ga ko'ra futbol klublari va etiroz bildirgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda jarima chorasi qo'llaniladi.

"18.20. Musobaqa davomida jamoa uchun belgilab qo'yilgan texnik zonada faqatgina bosh murabbiyning erkin harakatlanishi hamda maydondagi futbolchilarga ko'rsatma berishi uchun ruxsat etiladi. Qolgan barcha vaziyatlarda klubning boshqa vakiliga nisbatan O'FAning "Intizom kodeksi"ga muvofiq jarima sankciyasi qo'llaniladi".

Bunda endilikda futbol uchrashuvlari vaqtida futbolchilarga ko'rsatmalar berish uchun texnik zonada erkin harakatlanishga faqatgina bosh murabbiy haqli ekanligi qatiy belgilab qo'yildi. Masalan "Navbahor"da bosh murabbiy Viktor Jalilov bilan birgalikda maslahatchi murabbiy Samvel Babayan ham futbolchilarga ko'rsatma berish uchun texnik zonada erkin harakatlanmasligi shart.

Umid qilamiz-ki, yuqorida keltirilgan o'zgarishlar futbolimiz rivoji hamda imidjining yuqorilashiga xizmat qiladi.

Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика