So’nggi yangiliklar

08:14Саудия Арабистони чемпионати. «Ал Иттиҳод» «Ал Фотеҳ»ни мағлуб этди ва турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  0 07:39Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» Машарипов жамоасига қарши баҳс олиб боради  1 02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  2 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  1 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  43 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  24 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  8 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0

"O'zbek futboli deganda birinchi navbatda Mirjalol Qosimovni tushunaman" - Aleksandr Krestinin bilan suhbat Yangiliklar

"O'zbek futboli deganda birinchi navbatda Mirjalol Qosimovni tushunaman" - Aleksandr Krestinin bilan suhbat

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan keyin bir kun o'tib saytimiz vakillari bilan do'stona suhbat qurish uchun stol atrofiga o'tirdi.

Gayrat Xasbiulin va SHahboz Beg'amov rossiyalik mutaxassis Aleksandr Krestinin bilan suhbat qurishdi. Do'stona o'tgan suhbat jarayonidan keyin SHahboz Beg'amov qator mavzularda Aleksandr Krestininning fikrlari bilan qiziqdi. Hozir mazkur intervyuni etiboringizga havola etamiz.

O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi haqida

- Iliq kutib olishgani uchun yana bir marotaba O'FAga tashakkur bildiraman. Ishlar shunchaki yuqori darajada. Bizni kutib olib, tayyorgarlik ko'rishimiz uchun ham barcha sharoitlarni muhayyo qilishdi. Bugun (kecha - tahririyat) o'yindan keyingi tiklanish mashqlarini sport zalda o'tkazdik. Ertaga (bugun - tahririyat) "Bunyodkor" akademiyasi maydonida mashg'ulot o'tkazib, tushdan so'ng uchib ketamiz. Ajoyib o'yin va undagi tashkiliy ishlar uchun O'FAga rahmat. 

O'yinga keladigan bo'lsam, birinchi navbatda biz maydondagi har xil chiziqlarda turli xil bog'lamlarni tekshirib oldik. O'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilarimizning hozirgi sport formasi qay darajada ekanligini ko'rib olishni maqsad qilgandik. CHunki bazi futbolchilar 2 oydan buyon o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgandi. SHu jihatdan ham mazkur o'yinda ularni tekshirib olish biz uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega edi. Mashg'ulot o'tkazish boshqa, amalda o'yinda qanday holatda ekanligini ko'rish umuman boshqa. SHu boisdan ham bu o'yin orqali mazkur tarkibning o'zaro o'yin tushunchasi va holati haqida tasavvurga ega bo'ldik. Rasmiy o'yingacha esa to'g'ri xulosa qilish va unga tayyorgarlik ko'rish uchun kam bo'lsada vaqtimiz mavjud. SHunga qarab xulosa qilamiz. O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bizga nimalar qilishimiz va qanday holatda ekanligimizni ko'rsatib berdi hamda ko'plab foydali xulosalarga kelishimizga ko'zgu vazifasini bajardi.


Yaponiyaga qarshi o'yinda nimani evaziga yaxshi natijaga erishish mumkinligi haqida

- Qisqa qilib ikki so'z bilan aytganda, to'g'ri tayyorgarlik evaziga. Lekin bu erda ko'p detallar mavjud. Bunday darajadagi bahsda har bir futbolchining o'rni muhim. Masalan O'zbekistonga qarshi bahsda asosiy hujumchimiz Vitaliy Lyuks jarohat oldi va safdan chiqdi. Bu o'yinda barcha safda shay holatda bo'lishi muhim. Qisqa bo'lsada bu o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt bor. Yaponiyaga qarshi bahsda kuchli ishtiyoq va o'yinga bo'lgan yuqori munosabat orqali yaxshi natijaga erishish mumkin. Aytishadiku, faqat tartib orqali mahoratdan ustun kelish mumkin.


Hal qiluvchi o'yin haqida

- Tojikiston bilan bo'ladigan o'yin biz uchun eng muhim va hal qiluvchi degan fikrga qo'shilmayman. Nega? CHunki Yaponiya bilan bahsga etiborsizroq qarashga haqqimiz yo'q. Uyda o'ynaymiz va yaxshigina qo'llab-quvvatlash va temir intizom orqali yaxshi natijaga umid qilamiz. Samuraylar bilan hayolimizda Tojikistonga qarshi o'yinni o'ylab chiqolmaymiz. Bunday qilishga haqqimiz yo'q. O'yindan-o'yinga tayyorgarlik ko'rish meni poziciyamga kiradi. Masalan O'zbekistonga qparshi o'rtoqlik o'yini orqali Yaponiyaga tayyorgarlik masalasini hal etdik. Yaponiya bilan bo'ladigan bahs orqali Tojikistonga qarshi bellashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Musobaqadagi hech qaysi o'yin ahamiyatsiz bo'lmaydi. Yaponiya bilan maksimal harakat qilamiz. Kuchni tejashdan foyda yo'q. Aks holda bu kelgusi bahsda ham pand berishi yoki qimmatga tushishi mumkin. SHu boisdan guruhdagi o'yinlarni keraksiz, muhim yoki ahamiyatsizroq deb ajratmayman.



Osiyo Kubogidagi Qirg'iziston bilan hozirgisi o'rtasidagi farq

- To'g'ri, o'shandagi jamoa bilan hozirgisi o'rtasidagi farq katta. Biz o'shanda malum musobaqaga aniq reja asosida tayyorgarlik ko'rgandik. Hozir esa FIFA kunlari qisqa. Eng asosiy farq bu jamoani malum holatga keltirish uchun vaqt kamligi.   Futbolchilar har xil jamoalardan turli xil holatda kelishadi. Kimdir uchun mavsum tugamoqda, qaysidir futbolchilar endi yangi mavsumga kirishmoqda. Kimdadir o'yin amaliyoti yo'q. Biz o'shanda Osiyo Kubogiga malum dastur asosida barchani malum holatga keltirgandik. Hozir futbolchilarning holati o'rtasidagi farq jamoaviy o'yin balansini bir meyorga tushirishga imkon bermayapti. SHu boisdan ham o'yinni tashkillashtirish bo'yicha muammolar ko'zga tashlanmoqda. Asosiy farq shunda. Nima ham qilardik. Oldinga harakatlanishda davom etamiz. Qanday holatda bo'lishingdan qati nazar seni oldinga qo'yilgan vazifani hech kim bekor qilgani yo'q. Ishlashda davom etamiz.


Osiyo Kubogidagi O'zbekiston va hozirgi terma jamoa haqida

- Ko'plab o'zbek futboli muxlislari Qirg'iziston uchun muxlislik qilishi va bizni qo'llab-quvvatlashi yoqimli. Biz ham, shaxsan men ham O'zbekiston terma jamoasi va umuman o'zbek futboliga befarq emasman. Doim muxlislik qilib, jamoangiz taqdiriga qayg'uraman. Agarda taqqoslash kerak bo'lsa? Hozir ikki xil mutaxassis boshqaruvidagi jamoalarni taqqoslashga murabbiylarga nisbatan men tomondan hurmatsizlik bo'ladi. Jamoalarning o'yini murabbiylarning ishi samarasini ko'rsatadi. Amirliklardagi jamoa bilan hozirgi O'zbekistonning o'yin uslubida o'zgarish katta. Murabbiyning ishini yakuniy natijaga qarab bholashadi. SHu boisdan ham hali solishtirishga erta. O'yinga keladigan bo'lsak, uslub turlicha.


O'zbekistondagi takliflar uchun ochiqligi haqida

- Men istalgan takliflar uchun ochiqman. Muzokaralar o'tkazishni hech kim bekor qilmagan. To'g'ri, murabbiylik faoliyatimdagi malum talablarim mavjud. Lekin gaplashib ko'rish mumkin. Muammo yo'q. Muhimi, istak va xohish. Nega endi yo'q? bu normal holat. Meno'z uyimni juda yaxshi ko'raman. Lekin uyda kam bo'laman. SHu boisdan chetda ishlashga tayyorman. Hozir men Qirg'izistonda baxtliman. Hamma sharoit menga maqul. Lekin men takliflar uchun ochiqman. Bu normal holat. Avval ham menga takliflar bo'lgan. To'g'ri, O'zbekistondan emas, boshqa davlatdan. Lekin o'shanda Qirg'izistonda qolishni afzal ko'rganman. Taklif bo'lgani yaxshi, lekin bu har ikkala tarafni ham qiziqtirishi va ikki tomonlama maqul kelishi muhim. CHunki har qanday murabbiy doim yuqoriga intilishga harakat qiladi. Yangi vazifa va chorlovlarni qabul qilishni yoqtiraman. Lekin vazifam hozirgidan ko'ra qiyinroq va marra kattaroq bo'lishi lozim.


O'zbek futboli deganda birinchi navbatda Mirjalol Qosimov ko'z oldimga keladi

- Rossiyalik do'stlarim o'zbek futboli haqida mendan so'rab turishadi. Qirg'iziston, O'zbekiston va Qozog'iston haqida, ularning imkoniyatlari borasida murojaat qilib turishadi. O'zbek futboli mutaxassislaridan Mirjalol Qosimov, Vadim Abramov va Samvel Babayanni bilaman. Ularning ishidan xabardorman. Kuchli va o'z uslubiga ega mutaxassislar. Mazkur murabbiylar orasidan klub va terma jamoa bilan muvaffaqiyatga erishgan, har ikkala frontda yaxshi natijalar qayd etgan mutaxassis bor. Bu esa oson ish emas. Qosimov, Abramov va Babayan yuqori darajadagi mutaxassislar deb bilaman. Ular o'zbek futbolini yuqoriga ko'tarishmoqda. 

O'zbek futboli deganda birinchi navbatda Mirjalol Qosimov ko'z oldimda gavdalanadi. SHackix, Jeparov yoki Pashininni ham bilaman. Lekin o'zbek futboli deganda uning bayroqdori deb Mirjalol Qosimovni tushunaman. Ham futbolchi, ham murabbiy sifatida yuqori darajaga chiqqan inson. Qolganlar keyingi o'rinda.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика