So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

O'zaro o'yinlar: Mashal - Qizilqum Yangiliklar

O'zaro o'yinlar: Mashal - Qizilqum

Amaldagi chempionat jadvalida yonma-yon borayotgan bu ikki jamoaning o'zaro uchrashuvlari doimo shiddatli va murosasiz kechadi.
Milliy chempionatlarimiz tarixida bu jamoalar hozirgacha 24 marotaba o'zaro ro'baro' kelishgan.

SHulardan oltitasida Qizilqum futbolchilari g'alaba qozongan bo'lsa, o'n bir o'yinda durang natija qayd etilgan. Qolgan etti uchrashuvda esa omad muborakliklarga kulib boqqan.

O'zaro o'yinlarda navoiyliklar Mashal jamoasi darvozasini 29 bor aniq ishg'ol etib, o'z darvozalari to'ridan 32 ta to'p olib chiqishgan.

Etiborlisi, hozirgacha o'tgan jami yigirma to'rt o'yinda jamoalarning to'plagan ochkolari soni ham xuddi shu ko'rinishda.  Qizilqum futbolchilari raqibidan tortib olgan ochkolari soni 29,  Mashal jamoasi hisobidagi ochkolar soni  32 tani tashkil etmoqda.

O'zaro uchrashuvlar statistikasidan ko'rinib turibdiki, bu jamoalarning navbatdagi o'yin oldidan imkoniyatlari deyarli teng.

O'tgan yili dastlabki davrada Navoiyda o'tgan bahsda har ikki jamoa azolari o'z darvozalari daxlsizligini (0:0) saqlab qolgan bo'lsa, mavsumning ikkinchi yarmida Muborakdagi o'yinda gazchilar kichik farq bilan (2:1) g'alaba qozongan edi.

Yana bir etiborli fakt, navoiyliklar hozirgacha o'zaro uchrashuvlarda o'z maydonidagidan ko'ra, safarda Muborakda o'tgan bahslarda ko'roq ochko jamg'arishgan. Jumladan, konchilar mehmonda o'tkazilgan jami 12 uchrashuvning beshtasida zafar quchishgan. 2002 yilgi mavsumning Muborakda bo'lgan uchrashuvida Qizilqum jamoasi raqibini 6:3, 2003 yilda o'tgan safardagi o'yinda esa 3:0 hisoblarida dog'da qoldirganligi diqqatga sazovordir.

Agar oxirgi turlarda  Qizilqum futbolchilarining muvaffaqiyatli to'p surayotganliklari,  Mashal jamoasining esa beqaror o'yin namoyish etayotganligini hisobga olsak, Muborakdagi bahs shiddatli kechishi aniq.

O'zaro uchrashuvlar

2002 yil

2002 yil 18 may. Mashal -  Qizilqum - 3:6

2002 yil 3 sentyabr. Qizilqum -  Mashal - 1:1

2003 yil

2003 yil 23 iyun. Mashal -  Qizilqum - 0:3

2003 yil 10 avgust. Qizilqum -  Mashal - 1:1

2004 yil

2004 yil 17 aprel. Mashal -  Qizilqum - 2:2

2004 yil 16 oktyabr. Qizilqum -  Mashal - 1:0

2005 yil

2005 yil 19 mart. Qizilqum -  Mashal - 0:1

2005 yil 7 noyabr. Mashal -  Qizilqum - 2:1

2006 yil

2006 yil 13 mart. Qizilqum -  Mashal - 1:1

2006 yil 11 noyabr. Mashal -  Qizilqum - 2:3

2007 yil

2007 yil 23 iyun. Mashal -  Qizilqum - 4:0

2007 yil 15 avgust. Qizilqum -  Mashal - 0:0

2008 yil

2008 yil 1 mart. Qizilqum -  Mashal - 0:0

2008 yil 23 noyabr. Mashal -  Qizilqum - 3:1

2009 yil

2009 yil 23 mart. Qizilqum -  Mashal - 1:1

2009 yil 30 oktyabr. Mashal -  Qizilqum - 6:1

2010 yil

2010 yil 29 may. Mashal -  Qizilqum - 0:2

2010 yil 14 avgust. Qizilqum -  Mashal - 1:1

2011 yil

2011 yil 9 aprel. Mashal -  Qizilqum - 0:0

2011 yil 1 oktyabr. Qizilqum -  Mashal - 0:1

2012 yil

2012 yil 20 iyun.  Mashal -  Qizilqum - 0:2

2012 yil 17 avgust. Qizilqum -  Mashal - 1:1

2014 yil

2014 yil 12 aprel. Qizilqum -  Mashal - 0:0

2014 yil 27 avgust. Mashal -  Qizilqum - 2:1
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика