So’nggi yangiliklar

15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  0 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз, Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  2 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  14 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  1 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  15 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  3 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  25 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  3 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  39

Ozarbayjon poytaxtida IV “Islom birdamlik o'yinlari”ning boshlanishiga oz qoldi Yangiliklar

Ozarbayjon poytaxtida IV “Islom birdamlik o'yinlari”ning boshlanishiga oz qoldi

12-22 may kunlari Boku shahrida IV “Islom birdamlik o'yinlari” bo'lib o'tadi. Musobaqada 57 ta davlatdan uch mingdan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. O'zbekiston delegaciyasi “Islom birdamlik o'yinlari”da birinchi marta ishtirok etadi.

Aslida mazkur o'yinlarning dastlabkisi 2005 yilda Saudiya Arabistonida o'tkazilgan. Oradan to'rt yil o'tgach II “Islom birdamlik o'yinlari” Eronda o'tkazilishi kerak edi, ammo Eron va Arab davlatlari o'rtasidagi kelishmovchilik tufayli musobaqa bekor qilingan. Hisob bo'yicha uchinchi musobaqa 2013 yilda Indoneziyaning Pekanbaru shahrida tashkil etilgan. Mana endi IV “Islom birdamlik o'yinlari”ga Ozarbayjon poytaxti mezbonlik qilmoqda. 


Bokuda xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o'tkazish tajribasi bor. Zero 2015 yilda tarixdagi ilk Evropa o'yinlari ham aynan Kaspiy bo'yida, Boku shahrida tashkil etilgandi. Ana shu nufuzli musobaqada orttirilgan tajriba ozarbayjonlik qardoshlarimizga “Islom birdamlik o'yinlari”da ham qo'l kelishi shubhasiz.


Qolaversa, musulmon davlatlarining o'ziga hos spartakiadasi deya tarif berilayotgan bu safargi musobaqa uchun tashkiliy qo'mita birorta yangi obekt qurmadi. Aksincha Evropa o'yinlari uchun maxsus bunyod etilgan bir necha sport inshootlar infratuzilmasini yanada mustahkamlab o'yinlar uchun hozirlab qo'ydi. 


Bellashuvlar jami 16 ta sport inshootlarida bo'lib o'tadi. Bular qatorida Bokudagi Olimpiya stadioni, Tofik Baxramov nomidagi stadion, Geydar Aliev nomidagi sport arenasi, Gimnastika arenasi, “Baku Crystal Hall” sport saroyi, suv sporti turlari saroyi, “Bail Arena”, Boku tennis akademiyasi, “Dalga Arena”, “Serxedchi” sport saroyi va suv polosi arenalarini alohida takidlab o'tsa bo'ladi. 


Musobaqa 20 ta sport turi bo'yicha o'tkaziladi. SHuningdek, o'yinlar dasturiga para-atletika hamda para-dzyudo turlari ham kiritilgan. IV “Islom birdamlik o'yinlari”da O'zbekiston sharafini 103 nafar hamyurtlarimiz sportning 15ta turida himoya qilishadi.


Sportchilarimiz engil atletika, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi, karate, taekvondo, og'ir atletika, boks, gandbol, o'q otish, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, tennis, para-atletika va para-dzyudo turlari bo'yicha musobaqalarda ishtirok etadilar. Delegaciyamiz tarkibiga har bir sport turlari bo'yicha tajribali sportchilar qatorida yosh atletlar ham kiritilgan bo'lib, ular uchun Boku turniri yaxshigina tajriba maktabi vazifasini o'tab beradi.


SHuningdek yosh va umidli sportchilar qatorida Ivan Efremov (og'ir atletika), Rustam Djangabaev (og'ir atletika), Doston Yoqubov (og'ir atletika), Diyorbek O'rozboev (dzyudo), Gulnoza Matniyozova (dzyudo), Nigora Tursunqulova (taekvondo), Dmitriy SHokin (taekvondo), Nikita Rafalovich (taekvondo), Oksana CHusovitina (sport gimnastikasi), Anastasiya Serdyukova (badiiy gimnastika), Nadiya Dusanova (engil etletika), Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash), Magomed Ibragimov (erkin kurash), Ixtiyor Navruzov (erkin kurash), Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi), Vadim Skorovarov (o'q otish), Sabina SHaripova (tennis), Sadriddin Saymatov (karate), Aleksandr Svechnikov (para-atletika), Donier Saliev (para-atletika) va Sevinch Salaeva (para – dzyudo) kabi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari, jahon va Osiyo chempionati ishtirokchilari va sovrindorlari bor.


Etiborlisi, O'zbekiston IV “Islom birdamlik o'yinlari”ning asosiy favoritlaridan biri sanaladi. Boisi hamyurtlarimiz Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza, umumiy 13 ta medal bilan musulmon davlatlari orasida birinchi o'rinni egallashgani barchamizga yaxshi malum. SHunday ekan bizning sportchilarga qarshi bellashuvlarga raqiblarimiz alohida tayyorgarlik bilan chiqsalar ajab emas. 


Umid qilamizki yurtdoshlarimiz Boku arenalarida ham zafarli yurishlarini davom ettirib barchamizni xushnud etishadi. Eslatib o'tamiz, IV “Islom birdamlik o'yinlari”ning tantanali ochilish marosimi 12 may kuni Bokudagi Olimpiya stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика