So’nggi yangiliklar

00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 00:00КЖЧ. "Интер" - "Флуминенсе"  2 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  0 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  65 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  4 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  8 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  6 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  19

O'z yurtida qirolga aylangan CHiro Immobile Yangiliklar

O'z yurtida qirolga aylangan CHiro Immobile

Bu mavsum Ronaldudan deyarli uch barobar samaraliroq harakat qilmoqda.

CHiro Immobile — A Seriya qahramoni. U 14 o'yinda 17ta gol urishga erishdi va Italiya chempionatining boshqa yulduzlaridan sezilarli darajada ilgarilab ketdi (Lukaku 7ta, Krishtianu Ronaldu va Edina Djeko 11tadan gol urgan).

Immobile "Lacio" safida to'p tepayotganiga to'rt yil bo'ldi, lekin shu qisqa muddat ichida samaradorligi bilan klub afsonasiga aylanmoqda. SHu kungacha Immobile A Seriyaning har bir mavsumida 15tadan kam gol urmagan. U 2014/15 yildan buyon to'purarlar poygasida yuqori pog'onagacha chiqqan "Lacio"ning yagona o'yinchisi sanaladi (o'sha yili Miroslav Kloze (13 gol) ham ro'yxatda bor edi, lekin u 9-o'rinni band etgan). Immobilening jismoniy ko'rinishi — faqatgina o'z ustida ishlash natijasi emas. Immobile "Lacio"da o'zini erkin sezishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.


Indzagi va Immobile munosabati alo darajada. Jamoaviy tushlik vaqtida ular yonma-yon o'tiradilar, gollarni esa birgalikda nishonlaydilar

Italiya ommaviy axborot vositalarida yoritilgan barcha xabarlarni o'qib chiqsangiz ham, Simone Indzagi biror marta Immobilega qattiq gapirganiga guvoh bo'lmaysiz. Indzagi o'yinchisini juda yaxshi ko'radi va omma oldida hech qachon uning xatolari to'g'risida gapirmaydi.

Bosh murabbiy Immobile haqida aytgan so'nggi gaplari: "U "Sassuolo"ga qarshi bahsda penalti tepish vazifasini Luis Albertoga topshirdi. Ha, u ajoyib o'yinchi. Bu ishi faqat buyukligidan dalolat beradi — insonning barcha ishlari joyida bo'lsa, u buni boshqalarga ham ravo ko'radi".

Mavsum haqida: "Lacio"ning barcha ishlari o'ngidan kelayotgani meni quvontirmoqda. Kelgusida ham ana shunday o'yin namoyish etishimizni istayman. Kimdirni ajratish principlarimga to'g'ri kelmaydi, lekin Sergey (Milinkovich-Savich) va Immobile haqida alohida gapirmoqchiman. Ular atrofida butun bir jamoani birlashtira olgan haqiqiy etakchi. Immobile "Torino" darvozasiga dubl qilganidan so'ng: "U zo'r futbolchi. Munosabatlarimiz yaxshi, biroq shaxsan men uni kamdan-kam hollarda maqtayman".

Ammo guruch kurmaksiz bo'lmaydi deganlaridek, sentyabrda Immobile va Indzagi o'rtasidagi ideal munosabat barbod bo'lishiga bir bahya qoldi. Immobile "Parma" bilan uchrashuvda gol urganidan so'ng zaxiralar o'rindig'iga o'tirdi va bunga keskin norozilik bildirdi, mikst-zonada esa Indzagining bu qarorini tanqid qildi. Bir oydan keyin DAZN bilan bo'lgan intervyuda Immobile o'sha paytdagi gap-so'zlar ular o'rtasidagi oqibat yanada kuchayishiga sabab bo'lganini takidlab o'tdi.

Germaniya va Ispaniyadagi omadsizlikdan keyin Immobile mukammal muhitga keldi. Uning atrofida "Lacio" jamoasi shakllandi

Nemislarning o'zgacha xarakteri Immobileni g'azablantirardi — u 8 oy davomida "Borussiya"da to'p to'pdi, ammo birorta do'st topolmadi. Bu ham etmagandek, nemis matbuoti har bir bahsdan keyin u haqida salbiy fikrlar bildirardi. Ispaniyada esa Unai Emeri unga ishonmagani unga yoqmasdi. Immobile doim "Napoli" taklif bildirishini orziqib kutdi. Ammo yarim mavsumni "Torino"da o'tkazganidan so'ng, "Lacio" tufayli yana Italiyaga qaytishga muvaffaq bo'ldi. "Lacio" o'sha payt o'ziga xos o'yin tipini shakllantirdi: sxemaga ko'ra, CHiro Immobile asosiy o'yinchi edi. Indzagi butun bir jamoani Immobile atrofida tashkil topishiga yo'naltirgandi.


Quyida Immobile bu mavsum A Seriyada urgan gollarini tomosha qilishingiz mumkin. Ular bir-biriga juda o'xshaydi.








Bu gollar — Immobilening "Lacio"dagi sheriklari bilan birdamlikda harakat qilishi natijasi. CHironing ideal texnikasi yo'q, tez yugurish borasida ham unchalik yaxshi emas, yakka kurashda ham kamdan-kam gol uradi. Lekin u bu kamchiliklarini to'g'ri tanlangan poziciyasi orqali "yopib ketdi".

SHeriklari uning bu mahoratiga mukammal moslasha oldilar. A Seriya doirasidagi 9 golli uzatmaning 5tasida Luis Alberto aynan CHiroga pas bergan. To'rtta golli pasning bittasi Milinkovich-Savich tomonidan etkazib berildi. Korrea, Laccari, Lukaku, Lulich, Luis Felipe, Italiyaning bu mavsumida bittadan golli uzatma berganlar, ham to'pni aynan Immobilega oshirgandilar.

CHironing bunday o'yinida Indazgining hissasi katta. U o'zining eng yaxshi to'purarini ko'p toliqtirmaydi: Immobile mudofaa borasida sheriklariga yordam bermaydi (faqat top raqiblarga qarshi bahsdan tashqari). Indzagi shu yo'l bilan asosiy futbolchi kuchini tejaydi.

Indzagi bundan mamnun: "Menga jamoaning o'yini yoqadi. Prezident Lotito mendan yangi mavsumda nimalarni ko'rishni istayotganim haqida so'raganida, shunday javob berdim: "jamoaviy o'yin kuchayishini". "Lacio"da malum bir vaqtni o'tkazdim va bugungi kunga kelib, jamoa qanday o'yin ko'rsatayotgani to'g'risida o'zimga savol bera olaman. Hozirda himoya, ijodkorlik hamda imkoniyatlardan to'g'ri foydalanish borasidagi barcha narsa meni qoniqtimoqda.

Eng muhimi — Immobile Italiyada o'zini yaxshi his qilmoqda. Matbuot uni tanqid qilmayapti (bunga sabab ham yo'q), "Lacio" muxlislari uni deb aqldan ozishmoqda, jamoa uning atrofida qurilgan. Germaniya hamda Ispaniyada hammasi boshqacha edi. Ehtimol, shu sababli La Liga va Bundesligada omadi chopmagandir.

Immobile misolida biz alohida bir futbolchi bazan ona yurtiga qanchalik bog'liq bo'lishi mumkinligini ko'rdik. Avvallari Immobileni bu holat tashvishga solgan. Biroq hech bo'lmaganda, u o'z klubida qirolga aylangach, barcha narsadan zavqlanmoqda va "Lacio" bilan sovrinlar yutishni o'ylamoqda.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика