Oz qoldi! Ibra qaytmoqda
26 dek 2019 21:24
Yangiliklar


Oz qoldi! Ibra qaytmoqda
Hujumchi Zlatan Ibragimovich erkin agent sifatida "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi.
38 yoshli shveciyalik futbolchi Milan klubiga o'tishga roziligini berdi. Bu haqda Janluka di Marcio xabar bermoqda.
Transfer bugun tunda yoki ertaga tongda rasmiylashtiriladi. Ibragimovich 2020 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolaydi va buni yana 1 yilga uzaytirish imkoni bo'ladi.
Zlatan 2010-2012 yillarda "Milan" tarkibida harakat qilgan. U so'nggi jamoasi bo'lib turgan "Los-Anjeles Gelaksi" tarkibida 2019 yilgi mavsumda 31 o'yinda 31 gol kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar