So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

O'z formatini topolmagan o'zbek futboli... Yangiliklar

O'z formatini topolmagan o'zbek futboli...

Teglar :  PFLFormatSuperliga
OAVda PFLning keyingi mavsum uchun tayergarlik rejasi, PFL bayrog'i ostida musobaqalarda ishtirok etishni rejalashtirayotgan jamoalar uchun malum shartlar ishlab chiqilayotgani haqida qisqa bayonoti tarqaldi.

Bunda Superliga, Pro-liga va hattoki 2-liga borasida ham gap ketgan.

Aytib o'tilgan masalalar juda yaxshi eshitiladi, aslida! Ammo muammo shundaki vaziyatga real qarash avvalgi rahbariyatda ham bo'lgan-u, afsuski belgilab chiqilgan kamchiliklarni bartaraf qilishga kelganda hammasi to'xtab qoladi va oxirida unutiladi. Eng qizig'i qandaydir bir yangilik joriy etilsa ham bu yangilik hech futbolimizga singmaydi.
O'tgan yilgi o'zgarishlar, yani Oliy liganing Superligaga o'zgartirilganligi, butunlay yangi format asosida olib borilishi ko'pchilik tomonidan maqullangan edi, chunki yangicha qarash va yangicha yondashuv suv va havodek zarur edi. Rahbarlar ushbu yangilikni chuqur tahlildan keyin, halqaro tajribani o'rgangan holda tatbiq etilganini aytishdi.

Boshlanishida hammasi ko'ngildagidek yaxshi ketayotgandi – intriga ham bordek, muxlislar oqimi ko'paydi, kutilmagan hisoblar etarlicha bo'ldi. Ammo kuchli oltitalik aniqlanganidan keyin, hammasi orqaga qarab ketdi va hozirga kelib biz avvalgi yillarda bo'lganidek ikki jamoaning chempionlik uchun kurashini kuzatib turibmiz. Albatta, uchinchi o'rin uchun ham kurash bordek, lekin yuzaga kelgan bu kurash malum jamoalarning moliyaviy qiynchiligi oqibatida deyarli intrigasiz o'tmoqda.
Bu esa, o'z o'rnida joriy qilingan format va undagi qoidalar kutilgan natijani bermadi degani. Ayniqsa, oltin ochkolar qoidasi. Buni hamma tushunib turibdi va fikrimizcha PFL ham buni tan olgan.

Yuzaga kelgan bu vaziyat kelasi yil uchun yana yangi format va qoida joriy etilishini taqozo etadi. Lekin bu holat qachongacha davom etadi? Albatta, PFL izlanishda davom etmoqda, ammo shu o'rinda savol tug'iladi: nega biz etakchi mamlakatlar o'z vaqtida qo'llab ko'rib keyinroq voz kechgan formatni va qoidani joriy etdik? Demak, voz kechish uchun sabab bo'lgan va ushbu sababni endi biz o'zimizda his qilib turibmiz.



Taklif.
Xo'sh, endi nima qilish kerak?  Yangi format bizga zarur va Superliga 12 jamoa bilan kifoyalanishi shart. Son orqasidan quvdik, natija bo'lmadi, endi sifatni ham o'ylaylik. Bu fikr Superligadan ko'ra ko'proq ayanchliroq ahvoldagi Pro-ligaga taaluqli. Muxlislardan so'rasangiz, hatto hozir ham Pro-ligadagi A guruh bilan B guruhning farqini tushunmaydi va ular nima uchun bo'linganini anglolmaydi. Ayniqsa, quyi ligada ishtirok etayotgan bazi jamoalarning moliyaviy holati faqat odamni rahmini ifoda etadigan kulgini keltiradi.

Taklif shuki, Superligada ham, Pro-ligada ham bir hil 12 tadan jamoa ishtirok etsin. Nochor yoki majburiy ishtirokga mahkum etilgan jamoalar bo'lmasin. Jamoalarni tanlashda territorial principga asoslanib tanlash na sport principlariga, na umumiy holatga mos keladi.

Mayli, Xorazmda yoki Sirdaryodan jamoalar bo'lmasin, bu bilan biz zo'raki futboldan qutulamiz. Futbolchilar va murabbiylar pulsizlikdan, sharoit yo'qligidan qiynalishmaydi, muxlislar esa o'z jamoalarning mag'lubiyatlarni ko'rishmaydi. Qaytanga, ushbu regionlarda bolalar futboliga etibor kuchaytirilishi kerak. Tadbirkorlar pullarini shunga sarflashsin, zora bir nimaga yaraydi.

2-liga masalasiga kelsak, respublika kesimida 4 ta futbol mintaqasini shakllantirib, har birida 8 jamoa 4 davrada ishtirok etishadi. Bu 28 ta tur degani. Ikkinchi liga uchun yomon emas. Har bir mintaqa g'olibi, yani to'rtta jamoa Pro-ligaga chiqadi va bu o'z o'zidan Pro-ligada qolish uchun intrigani keltirib chiqaradi.



Xulosa.
Umuman olganda, hozirgi holatda PFL uchun jamoalarning kamroq bo'lishi yaxshiroq, chunki bunday holatda PFL o'z talablarini joriy qilishda nisbatan kamroq qiynaladi va ushbu talablarni bajara oladigan jamoalar samarali saralanib boradi.

Qanday qarorga kelinishidan qatiy nazar biz eksperimentlarni imkoni boricha tezroq tugatib yagona formatni shakllatirishimiz kerak. Biz, bugungi kunda, futbol davlati emasmiz, shunchaki bunga intilmoqdamiz. Bu uchun esa bizga avvalo, aytib o'tilganidek, kompakt ligalar zarur va vaziyat barqarorlashgan sari va suniylikdan qochgan sari ular soni avtomatik va tabiiy ravishda o'sib boraveradi.


Jasur Salomov

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика