So’nggi yangiliklar

19:15Суперлига. "Қизилқум" – "Локомотив" 0:0 (матнли трансляция)  1 19:00Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» 0:0 (Матнли трансляция)  0 18:43"Манчестер Юнайтед" ва "Атлетико" "Болонья" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  7 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  4 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  2 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  1 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  7 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  2

"O'ylaymanki, "Paxtakor"ga qarshi bahsda kerakli natijaga erisha olamiz" – "Metallurg" "snayperi" Damir Temirov Yangiliklar

"O'ylaymanki, "Paxtakor"ga qarshi bahsda kerakli natijaga erisha olamiz" – "Metallurg" "snayperi" Damir Temirov

"Metallurg" safida birinchi davrada eng ko'p gol urgan futbolchi kim deb o'ylaysiz?

Bugungi kunda yarim himoyachilarning to'purar bo'lishi odatiy hol bo'lib qoldi. "Metallurg"da to'p tepayotgan yarim himoyachi Damir Temirovni bunga misol sifatida ko'rsata olamiz. Mavsumning dastlabki qismida jamoasining bir qator muhim gollariga mualliflik qilgan futbolchi qimmatli ochkolarni olib berdi. Superligada 3 ta, O'zbekiston Kubogida 2 ta, umumiy hisobda raqiblar darvozasiga 5ta to'p kiritdi. "Metallurg" Superligada 12 ta uchrashuvda 7 ta gol urgan bo'lsa, shularning 3 tasi Damir Temirovga tegishli bo'ldi. Oldinda "Paxtakor"ga qarshi qoldirilgan uchrashuv ham bor. Balki u o'zini hujumda sinab ko'rar? U saytimizga bergan intervyusida bu haqda to'xtalib o'tdi. 

- "Metallurg" "Lokomotiv" bilan qiyin uchrashuv o'tkazdi. Umuman olganda, jamoa raqiblaridan uch ochko olishga qiynalmoqda. 12 ta uchrashuvda 2 ta g'alaba, 7 ta durang, 3 ta mag'lubiyat...

- Juda ham qiziqarli va kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Jamoalar bir-biriga munosib qarshilik ko'rsatdi. Qisqasi, 6 ochkolik o'yinda 1 ochko oldik. "Metallurg" uchun bu durang mag'lubiyatga teng. 

- "Paxtakor" bilan uchrashuvga tayyorgarlik qanday ketyapti? 

- Raqib kim bo'lsa ham, g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Bunday iqlimdagi uchrashuvlardan so'ng tezroq tiklanishimiz kerak. Barchasi yaxshi ketyapti. O'ylaymanki, kerakli natijaga erisha olamiz. 

- O'zingizni sof hujumchi sifatida sinab ko'rish payti kelmadimi?

- Bunday niyatim yo'q. Murabbiy hujum chizig'iga qo'ysa, o'ynashga majbur bo'laman. Ammo bu chiziqda mendan samara kamroq chiqsa kerak. 

- Birinchi davradagi natijalar tarkib va yaratilgan sharoitlarga mosmi?

- Albatta, natijalarimiz qoniqarli emas. Biz g'alaba sari intilmoqdamiz. Mashg'ulotlarda ishlayapmiz. Natija esa Xudodan. 

- O'yin davomida juda kam vaziyatlar yaratilmoqda. Gollar ham kam. Murabbiy futbolchilardan nimani talab qilyapti? Futbolchilar murabbini qanchalik tushunishmoqda?

- Kamchiliklarimizni bilamiz. SHuning ustida ishlayapmiz. To'g'ri yo'ldamiz, harakatdan to'xtamasligimiz kerak. Ishonamanki, yorug' kunlar hali oldinda. Murabbiyga kelsak, u bizdan professional bo'lishimizni talab qilmoqda.

- Ikkinchi davrada nimani o'zgartirish kerak deb o'ylaysiz?

- Men bor etiborimni o'z ishimga qaratganman. Qolganini rahbariyat va murabbiylar shtabi hal qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Metallurg" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi 5-turning qoldirilgan o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Abdulaziz Iskandarov 

"Metallurg"dagi "snayper" haqida

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика