O'yin vaqtida Blindga o'rnatilgan apparat ishlamay qoldi
28 avg 2020 17:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589301_original.jpg)
![](/upload/storage/589301_220.jpg)
O'yin vaqtida Blindga o'rnatilgan apparat ishlamay qoldi
"Ayaks" va "Gerta" jamoalari ishtirokidagi sinov-nazorat uchrashuvida yoqimsiz holat yuzaga keldi.
Uchrashuvning 79-daqiqasida niderlandiyalik himoyachi Deyli Blind maydonga yiqildi. Yotgan joyida u bir necha marta juda qattiq baqirgan va ko'kragini ushlab yotgan. Qayd etilishicha, futbolchiga o'rnatilgan yurak urishini nazorat qiluvchi kardioverter-defibrillyator ishlamay qolgan.
Quvonarli tomoni shundaki, Blind tezda o'ziga keldi va maydonni o'zi tark etdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida Erik ten Xag xavotirga o'rin yo'qligini, futbolchining hayotiga hech nima tasir o'tkazmayotganligini aytib o'tdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar