So’nggi yangiliklar

00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  3 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисминиголга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  2 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  5 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  22 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  3 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  3 21:35Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:1  8 21:17Суперлига. "Олимпик" ҳамон "тирик" экан, ёш футболчилар "Локомотив" билан дуранг ўйнашди  6 21:10Ольмо "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши маълум бўлди  5 20:45"Челси" тез орада 60 млн евролик трансферни амалга оширади  5 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  1 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  1 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  1 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2

Oybek Qilichev - “Perak”dagi o'zbekistonlik ikkinchi futbolchi Yangiliklar

Oybek Qilichev - “Perak”dagi o'zbekistonlik ikkinchi futbolchi

Teglar :  Oybek QilichevPerak
Dekabrning eng so'ngi kunlarida “Bunyodkor”ning sobiq hujumchisi Vohid SHodiev Malayziyaning “Perak” klubi bilan ikki yillik bitim rasmiylashtirgani elon qilingan edi.

Kuni kecha “Perak”dagi o'zbekistonlik legionerlar soni ikkitaga etdi. Bir yildan buyon Eronning “Paykan” jamoasida to'p surib kelgan yarim himoyachi Oybek Qilichev Malayziya Superligasi vakili bilan shartnoma imzoladi. Oybekning ham shartnomasi muddati ikki yilni tashkil etadi.

“Perak” barcha yangi futbolchilarini jamoatchilikka tanishtirish marosimini Ipox shahridagi “Casuarina@Meru” otelida tashkil etdi.

27 yoshli Qilichev yangi jamoasi libosida ilk uchrashuvini o'tkazishga ham ulgurdi. “Perak” nazorat o'yinida premer-liganing PKNS klubini 2:0 hisobida engdi. Aytish joizki, Qilichev bellashuvni faol o'tkazdi va hammada anchagina yaxshi taassurot qoldirdi.

Malayziya Superligasi bahslari 13 fevral kuni start oladi.


- “Perak” boshlanajak mavsumda o'z oldiga jiddiy vazifalar qo'yayotgani menga manzur bo'ldi, - deydi Oybek Qilichev. – Men va Vohid SHodievdan tashqari, klubning qolgan ikki legionerlari - braziliyaliklar. Umid qilamanki, meni bu erga taklif qilgan bosh murabbiy SHamsul Saadning ishonchini to'la oqlab, biz barchamiz Ipox shahri muxlislariga mavsum mobaynida hali ko'plab quvonchli lahzalar tuhfa etamiz.

Qilichevning agenti Sanat SHaripovning aynan ushbu bitim va umuman Malayziya transfer bozoridagi vaziyat borasidagi fikrlari ancha qiziqarli chiqdi:
- Oybek iqtidorli futbolchi. Bir nechta poziciyalarda bir xil to'p sura oladi. “Perak” murabbiylari hujumdagi SHodiev va braziliyalik Elias tandemi ortidagi zonada Qilichevni o'ynatishmoqchi. Ular hujumkor yarim himoyachi rolini aynan Oybekka ishonib topshirishmoqchi. Ikki hamyurtimiz birga ekanliklari esa ularga ruhiy tarafdan katta foyda. Men futbolchilarimizga omad tilayman!


SHu o'rinda ko'pchilikning etiborini bir muhim narsaga qaratmoqchiman. Odatda bizning muxlislar Malayziya yoki Hindiston kabi mamlakatlar futbolini mensimaymiz. Ammo shu bugunga kelib bu noto'g'ri, menimcha. Ularning futboli, ayniqsa, klublar darajasidagi futboli, yani ichki musobaqalari jadallik bilan o'sib bo'ldi va yana o'syapti. Millionlar o'yini atrofidagi barcha jabhalar, ayniqsa, katta hajmdagi sarmoyalar bobida, futbolni ishqibozlarga zavqli va tomoshabop qilib tuhfa etish masalasida ular ancha oldinlab ketishdi. Stadionlarga har bir uchrashuvga 30-40 mingdan muxlislar tushishyapti. 12 dekabr kuni o'tgan Malayziya kubogi finalini “SHoh Alam” arenasida 80 mingdan ziyod ishqiboz tomosha qildi (yana 20 mingdan ortiq muxlis stadion darvozalari ortida qolib ketdi!). Natijalar ham sekin-asta kelyapti. Mana, masalan, mamlakatning amaldagi chempioni “Joxor Darul Tazim” klubi 2015 yili OFK kubogini qo'lga kiritdi. Bu Malayziya uchun Osiyo klublari o'rtasidagi turnirlardagi ilk sovrindir. Malayziya Superligasi va premer-ligasida Braziliya, Argentina, Serbiya, Xorvatiya, CHernogoriya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Liberiya, Mali, Kamerun, Kot-d’Ivuar va boshqa shu kabi o'lkalardan bo'lgan yuzga (!) yaqin saviyasi baland legionerlar to'p surishyapti.
Bizning ishchi guruhimiz bu erdagi turli maqomdagi o'yinlarni bevosita kelib kuzatib turadi: Malayziya milliy termasi, OFK kubogi, chempionat va kubok o'yinlarini stadionlarda turib ko'rib boramiz, tahlil qilamiz, bizning futbolchilar imkoniyatlarini solishtirib chiqamiz. Gaplarimga ishoning, bu erdagi kabi kuchli legionerlar rang-barangligi shu vaqtgacha O'zbekiston chempionatida bo'lmagan (balki, Rivaldo davri bundan mustasnodir). Biz ularning futbolini ichkaridan qanchalik yaxshi bilmasak, huddi shunday tarzda, bizning futbol ham, milliy terma jamoamizni hisobga olmaganda, ularga tamomila yot. O'zbekiston chempionati haqida ularda jo'yali tasavvur yo'q. Bu haqiqat va buni ochiqchasiga tan olish kerak.


Men o'z faoliyatimda Malayziya transfer bozorini endi-endi kashf etyapman. Bu erga biror bir futbolchi transferini amalga oshirish engil emasligini ko'pchilik baribir xayoliga yaqqol keltira olmaydi. 90-yillarda Malayziyaga Mustafo Belyalov, Azamat Abduraimov, Igor SHkvirin, Rustam Abdullaev kabi o'z davrida taniqli bo'lgan futbolchilarimiz kelishgan va jamoalarida etakchilar bo'lishgan. Keyin orada bizdan Malayziyaga hech kim bormay qo'ydi. Mana, so'ngi paytda aloqalar yana o'rnatilmoqda. Ammo bizdan borgan futbolchilar bu yurtda muqim o'rnashib olishga hozircha qiynalishmoqda. Sababi – yuqorida aytganimdek, bu erda xorijiy o'yinchilarga qo'yiladigan talab judayam kuchli. Mahalliylarga nisbatan legionerlardan ikki barobar emas, aksincha, uch-to'rt hissa ko'p samara so'ralyapti. Yaxshiki, malay xalqining mentaliteti bizniki bilan bir xil. Ular ham mehmondo'st, mehribon, muomalali xalq. Yani maishiy tarafdan o'zbek futbolchilari yangi muhitga moslashish degan muammoga duch kelishmayapti. Ular oldida faqat bitta, lekin eng muhim masala qolyapti, xolos – shunchaki chiroyli futbol ko'rsatish.
***
Eslatib o'tamiz, Jizzax futboli tarbiyalanuvchisi sanalmish Qilichev shu paytgacha quyidagi klublar sharafini himoya qilgan edi: “Traktor” Toshkent (2006-2007), “Paxtakor” (2008-2010, 2012-2013, 2014 yilning 2-yarmi), “Andijon” (2011), “Al-SHaab” BAA (2013/2014ning 2-yarmi) hamda “Paykan” Eron (2014/2015ning 2-yarmi - 2015/2016ning 1-yarmi).


 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика